Akademiy a isxakov


-§. XII jadval qonuni bo‘yicha vorislik


Download 1.65 Mb.
bet67/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

2-§. XII jadval qonuni bo‘yicha vorislik


XI I jadval qonuniga binoan marhumning fuqarolik vorislari uch navbat asosida tashkil topgan.


Birinchi navbatdagi vorislarga marhumning bolalari, eri yoki xotini, vafot etgan bolalaridan qolgan nevaralari, o‘g‘ il yoki qiz- farzand qilib olinganlari, agar nevaralariga, ya’ni vafot etgan farzandining barcha o‘g‘il va qizlariga, ya’ni butun oilasiga, marhum o‘lgan taqdirda ularning otasi yoki onasi ti rik bo‘lganda, boshqa vorislar qatorida teng asosda olishi lozim bo‘lgan meros ulushi ularga qoldiriladi va bu ulushni barcha oila a’zolari bo‘ lib olishi mumkin bo‘ lgan.
Bu munosabatda taqdim etish huquqi qo‘ llanilgan. Taqdim etish huquqi deganda, meros ochilgan kunga qadar vafot etgan voris huquqlarining boshqa shaxslarga o‘tishi tushunilgan.
Ikkinchi navbatdagi vorislarga agar o‘zining bolalari, ota- onasi yoki bolalarining bolalari, ya’ni nevaralari va farzandli kka olingan bolalari bo‘lmagan taqdirda agnatlar kiritilgan, ya’ni vafot etgan shaxsning aka-ukalari, opa-singillari, onasi va yaqinlari, agar ular ham bo‘ lmasa, bunday vaqtda uzoqroq bo‘ lgan agnat qarindoshlari chaqirilgan.
Uchinchi navbatdagi vorislarga to‘liq asosda tushuncha beril- magan va tez orada bu navbatdagi vorislik munosabatlari qo‘ llanilmay qolgan.

Qonun asosidagi vorislik asosan agnatlar oilasiga mo‘ ljallangan bo‘lganligi uchun pretorlar o‘z ediktlari orqali qon-qarindoshlik munosabatlarini yaqinlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi va unga erishishga muvaffaq bo‘ lib, tez orada agnatlar qavm- qarindoshlari o‘ rniga qon- qarindoshlik bilan bog‘liq bo‘ lgan kognatlar kirib keldi.




3-§. Pretorlar huquqi bo‘yicha vorislik




Pretorlar huquqining mohiyati shundan iboratki, ular vorislik munosabatlaridagi agnatlar qavm-qarindoshchiligi o‘rniga qon- qarindoshlik bilan bog‘liq bo‘lgan kognatlar vorislik munosabatlarini keltirib chiqardi. Pretorlar o‘z ediktlarida vorislik munosabatlarini navbatga bo‘ lib o‘rganganlar. Lekin ba’zi adabiyotlarda pretorlik huquqi bo‘yicha vorislikni yettita navbatga bo‘lganlar1. Umuman vorislik yetti qismga bo‘lingan bo‘lsa ham, mazmuni jihatidan to‘rtta navbatdagi vorislik bilan tenglashadi.
Birinchi navbatdagi vorislarga vafot etgan shaxsning to‘g‘ri chiziq bo‘yicha bog‘ liq bo‘ lgan bolalari hamda o‘z bolalariga tenglashtirilgan barcha shaxslar, hamda emansiðatsiya asosida ozod bo‘ lgan va farzandlikka berilgan bolalari, lekin ular vafot etgan shaxsning o‘limiga qadar o‘z xo‘jayinidan ozod bo‘lgan shaxslar hisoblangan. Demak, rim huquqida birinchi bo‘ lib agnatlar qavm- qarindoshlari bilan kognatlar qavm-qarindoshlarining aralashib ketishi yuzaga kelgan.
Ikkinchi navbatdagi vorislar fuqarolik vorislari (jus civile) ni to‘liq asosda qabul qilib olgan, ya’ni asosan agnatlar vorislik munosabatlaridan tashkil topgan.
Uchinchi navbatdagi vorislarga kognatlar yetti pushti, ya’ni yetti avlodi bilan bog‘ liq qon-qarindoshlari kiritilgan.
To‘ rtinchi navbatdagi vorislarga asosan patronning oilasi, bolalari hamda keyingi navbatlarda patronning qavm-qarindoshlari ham vorislar (meros oluvchilar) bo‘ lib hisoblangan.


1 Ä î æäåâ Ä. Â. Ðè ì ñê î å ÷àñò í î å ï ðàâ î : Ó÷åá í èê äëÿ âóç î â / Ï î ä ðåä. Â. Ñ. Í åðñåñÿ í öà. — Ì ., 1997. — Ñ. 575.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling