Akbar bahromov shavkat sharipov manzura nabiyeva


-rasm. O‘lkamiz tog‘larida yashaydigan hayvonlar:  1 2 3 47-rasm


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/43
Sana28.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1728973
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
4-tabiatshunoslik

48-rasm. O‘lkamiz tog‘larida yashaydigan hayvonlar: 
1
2
3
47-rasm. O‘lkamiz tog‘larida uchraydigan yirik qushlar: 
2
3
1


Ulardan qor barsi va malla sug‘ur xalqaro «Qizil 
kitob»ga kiritilgan. 
O‘lkamizning tog‘li hududlari noyob o‘simlik va 
hayvonlarga boy. Shuning uchun bunday joylarda 
qo‘ riq xonalar tashkil etilib, ular nazoratga olin gan.
O‘rmonlar
Yer yuzida katta maydonlarni egallagan daraxtzor-
lar borki, unda daraxtlar zich bo‘lib o‘sadi. 
o‘rmon
O‘rmonlarda qarag‘ay, qayin, archa, kedr, eman, 
yong‘oq kabi daraxtlar o‘sadi. O‘rmonda buta va o‘t-
lar ham o‘sadi.
O‘zbekiston hududida tog‘, to‘qay va cho‘l o‘rmonlari 
yong‘oqzorlar, pistazorlar va boshqalar tog‘ o‘rmonla-
rini tashkil etadi. Tog‘ o‘rmonlarida qayin, terak kabi 
daraxtlar ham o‘sadi. Bunday o‘rmonlar o‘lkamizning 
tog‘li hududlarida katta maydonlarni egallagan.
To‘qay o‘rmonlarida jiyda, turang‘il, shumtol kabi 
daraxtlar o‘sadi. To‘qay o‘rmonlari daryolarning sohil-
larini va daryo hosil qilgan orollarni egallagan.
Qizilqumning ayrim joylarida saksovullardan iborat 
bo‘lgan cho‘l o‘rmonlari ham uchraydi.
Yovvoyi hayvonlarning ko‘p qismi o‘rmon larda ha-
yot kechiradi. O‘rmonlarda ayiq, bo‘ri, tulki kabi yirik 
hayvonlar yashaydi.


49-rasm. 
3 – cho‘ldagi saksovul o‘rmoni. 
1
2
3
Havoni kislorod bilan boyitishda o‘rmonlarning 
ahamiyati juda kattadir. O‘rmonlar yog‘och-taxta za-
xirasi hamdir. Binolarni qurishda, mebel va boshqa 
buyumlarni yasashda, asosan, o‘rmon daraxtlari ish-
latiladi. Qog‘ozlar ham o‘rmon daraxtlarining mahsuli 
hisoblanadi. 
O‘rmonlar egallagan maydonlar kamayib ketsa, 
ta biat ga jiddiy zarar yetadi. Buning oldini olish maq-
sadida o‘rmonlar egallagan maydonlarning keskin 
qisqarib keti shiga yo‘l qo‘ymaslik, kesilgan daraxtlar 
o‘rniga ko‘chatlar ekib, o‘rmonni tiklash zarur.
Keyingi paytlarda o‘rmondagi kesilgan daraxtlar 
o‘rniga uning ko‘chatlari ekilmoqda. Ba’zi joylarda, 
ayniqsa, Orol dengizining qurigan o‘rnida ko‘chatlar 
ekilib, sun’iy o‘rmonlar tashkil etilmoqda.
Daftaringizga o‘rmonlarning ahamiyatini, qanday so-
halarda ishlatilishini yozing.


o‘rmon, tog‘ o‘r mo ni, to‘qay 
o‘rmoni, cho‘l o‘rmoni.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling