Akkumulatorni zaryadlash


Download 130.44 Kb.
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi130.44 Kb.
#1277874
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Mavzu

PbSO4


  • 2H

2O PbO2
 4H SO


4
Zaryad jarayonining yakuniy tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.

2PbSO4  2H2O PbO2  2H2SO4




Muhim xulosa: Akkumulator zaryad qilinganda elektrolit tarkibidagi zichligi katta bo‘lgan (1,83 g/sm3) sulfat kislotaning H2SO4 miqdori dastlabki holatiga tiklanadi, ya’ni ortadi, zichligi kichik bo‘lgan (1,0 g/sm3) suv H2O esa qo‘rg‘oshin ikki oksidi PbO2 va sulfat kislota H2SO4 hosil qilish uchun sarflanadi, ya’ni uning miqdori kamayadi.

Demak, zaryad jarayonida elektrolitning zichligi ortadi


Musbat va manfiy plastinadagi aktiv moddalarning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish jarayoni tugagandan so‘ng elektrolit zichligi o‘zgarmay qoladi. Bu akkumulatorda zaryad jarayoni tugaganligining alomatidir. Zaryad davom ettirilsa akkumulatorlarda ikkilamchi jarayon boshlanadi, ya’ni elektrolit tarkibidagi suv kislorod va vodorodga parchalana boshlaydi. Bu gazlar elektrolit tarkibidan xavo pufakchalari ko‘rinishida ajralib chiqib, elektrolitning “qaynash” tasavvurini hosil qiladi. Bu ham zaryad jarayoni tugaganligining bir belgisi hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan akkumulatorning razryad va razryad



jarayonlarining tahlilidan quyidagi qonuniyat aniqlandi:
Akkumulatorni razryadlash vaqtida sulfat kislota plastinalarga singadi va suv ajralib chiqadi, natijada elektrolitning zichligi kamayadi (1,09...1,15 g/sm3 ). Zaryadlanish vaqtida esa bu jarayonning teskarisi sodir bo‘ladi, ya’ni suv yutiladi va sulfat kislota ajralib chiqadi, elektrolitning zichligi ortadi (1,25...1,31 g/sm3 ).
Bundan juda muhim xulosa kelib chiqadi - elektrolitning zichligi akkumulatorning razryadlanganlik darajasini belgilovchi omillardan biridir.



Download 130.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling