Akkumulatorni zaryadlash


Akkumulatorlarni zaryadlashning boshqa usulari


Download 130.44 Kb.
bet5/5
Sana06.04.2023
Hajmi130.44 Kb.
#1277874
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Mavzu

Akkumulatorlarni zaryadlashning boshqa usulari


Amaliyotda akkumulatorlarni zaryadlashning boshqa, masalan, baravarlashtiruvchi, jadallashtirilgan va impuls usullari ham qo’llaniladi.


B a r a v a r l a sh t i r u v ch i zaryadlash, asosan, uzoq muddat davomida ishlatilgan akkumulatorlarning alohida bankalarida elektrolit zichligi va razryadlanganlik darajasi har xil bo’lib qolish hollarini bartaraf qilish uchun qo’llaniladi. Bu usulda ham zaryadlash tokining qiymati o’zgarmas bo’lib, akkumulator sig‘imining (0,05-0,1) C20 qismini tashkil qiladi. Baravarlashtiruvchi zaryadlash akkumulatorning hamma plastinalaridagi aktiv massani to’la tiklash va ularda hosil bo’lgan sulfatlanish o’choqlarini bartaraf qilish maqsadida amalga oshiriladi. Baravarlashtiruvchi zaryadlash hamma akkumulatorbankalaridagi elektrolit zichligi va kuchlanishi 3 soat mobaynida bir xil o’zgarmas qiymatga ega bo’lguncha davom ettiriladi va odatdagi zaryadlash usullaridan ancha ko’proq vaqt oladi.
J a d a l l a sh t i r i l g a n zaryadlash kuchli razryadlangan akkumulatorlarning qisqa vaqt ichida ish qobiliyatini tiklashi uchun ishlatiladi. Bu usulda tok qiymati akkumulator sig‘imining 0,7C20 qismini tashkil qilishi mumkin. Zaryadlash toki qanchalik katta bo’lsa, zaryadlash vaqti shunchalik kam bo’ladi. Masalan, zaryad tokining qiymati 0,7 C20 bo’lganda - 30 min, 0,5C20 bo’lganda - 45 min, 0,3C20 bo’lganda - 90 min. Jadallashtirilgan zaryad davomida doimo elektrolit temperaturasini nazorat qilib turish zarur va u 450C ga yetganda zaryadlashni darhol to’xtatish kerak.
Akkumulyatorlarni i m p u l s usulida zaryad qilish uchun oxirgi yillarda ishlab chiqilgan ЗУ-7 belgili turdagi moslama ishlatiladi. Impuls usulida akkumulatorlar quyidagi tartibda zaryadlanadi: 300 sekund davomida batareya nominal tok bilan zaryadlanadi, so’ngra 100 sekund davomida 100 mA tok bilan razryadlanadi. Bu jarayon avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Shunday "zaryadlash-razryadlash" davrining 80 tasidan keyin zaryadlash moslamasi batareyadan avtomatik holda uziladi. Mutaxassislarning fikricha, impuls usuli zaryadlash sifatini yaxshilashga, plastinalar sulfatlanib qolish darajasini kamaytirishga va natijada, akkumulatorlarning xizmat muddatini ikki baravar oshirishga yordam beradi.
Download 130.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling