Akkumulatorni zaryadlash


Kuchlanish qiymati o’zgarmas


Download 130.44 Kb.
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi130.44 Kb.
#1277874
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Mavzu

Kuchlanish qiymati o’zgarmas





1.56-rasm. Akkumulatorlar batareyasini kuchlanish o’zgarmas bo’lganda zaryadlash: a) ulanish sxemasi, b)tavsifnomasi



bo’lganda zaryadlash. Zaryadlashning bu usuli avtokorxona va zaryadlash stansiyalarida kam qo’llanadi va u, asosan, avtomobilda o’rnatilgan akkumulatorni generator yordamida qo’shimcha zaryadlab turishda ishlatiladi. Bu usulda, akkumulatorlar o’zgarmas tok manbaiga parallel ravishda ulanadi (1.56-rasm, a).
Tok manbaining kuchlanishi 12 V li akkumulatorlar batareyasi (yoki 6 elementli) uchun 14,4 V bo’lishi, ya’ni har bir elementga 2,4 V to’g‘ri kelishi kerak. Kuchlanish maxsus moslamalar (avtomobilda-kuchlanish rostlagichi) yordamida rostlab turiladi va voltmetr orqali nazorat qilinadi.
Zaryad zanjiridagi tokning maksimal qiymati generator quvvatiga va akkumulatorlar batareyasining razryadlanganlik darajasiga bog‘liq bo’lib quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:



Iz
U g Eb
Rb .

Bunda Ug - generatorning rostlangan kuchlanishi, V; Eb - batareyaning EYUK, V; Rb - batareyaning ichki qarshiligi, Om.


Zaryadlash jarayonining boshlang‘ich davrida, generator kuchlanishi - Ug bilan razryadlangan akkumulatorning EYUK Eb orasidagi farq katta bo’lishi hisobiga, zaryad tokining qiymati nisbatan yuqori qiymatlarga ega bo’lishi (1.56- rasm,b) va (1,0-1,5) C20 gacha yetishi mumkin. Akkumulator zaryadlana



boshlagandan so’ng uning EYUK Eb orta boradi, natijada zaryadlash toki keskin kamayadi va zaryadlash oxirida qiymati 0 ga yaqinlashadi. Tokning qiymati zaryadlash jarayonining boshlang‘ich qismida katta bo’lganligi sababli akkumulatorzaryad vaqtining birinchi 3-4 soatida sig‘imining 80-90% zaryadlanadi.
Kuchlanish o’zgarmas bo’lganda zaryadlashning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • zaryadlash toki avtomatik ravishda kamayib borganligi sababli, uni doimo nazorat qilish va rostlab turish zarurati yo’q;

  • zaryadlash jarayoni oxirida tok qiymati juda kichik bo’lganligidan, elektrolitdan gaz ajralib chiqishi ham juda sust sodir bo’ladi va bu plastinalarning aktiv massasini va panjaralarini yemirilishdan saqlaydi;

  • zaryadlashga har xil sig‘imga ega bo’lgan akkumulyatorlarni qo’yish mumkin, zaryadlash tokining qiymati har bir akkumulatorning razryadlanganlik darajasiga ko’ra avtomatik ravishda qaror topadi.

Yuqorida keltirilgan afzalliklarga qaramasdan, akkumulyatorlarni zaryadlashning bu usuli - yordamchi usul hisoblanadi. Chunki, uning yordamida akkumulyatorlarni oxirigacha to’la zaryadlab bo’lmaydi. Bundan tashqari, tok qiymatini rostlash imkoniyati bo’lmaganligi uchun, bu usul bilan plastinalari sulfatlanib qolgan akkumulyatorlarni tiklab bo’lmaydi.



Download 130.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling