Akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi va elektrolit zichligini aniqlash


Download 254.62 Kb.
bet4/4
Sana10.11.2023
Hajmi254.62 Kb.
#1763238
1   2   3   4
Bog'liq
2-amaliy mashgulot

E0 qn (0 84 Q 2510-3) , V ( 2.5 )
Bunda: n - akkumulyator batareyasidagi bankalar soni.

Agar bu ko‘rinishdagi akkumulyator batareyasining voltmetr yordamida o‘lchangan EYUK nol ga teng bo‘lsa - bir yoki bir necha akkumulyator bankasida zanjirning uzilishi mavjud bo‘ladi; agar o‘lchangan EYUK 10 V ga teng bo‘lsa - bu bir akkumulyator bankasida to‘la qisqa tutashuv yoki bir necha bankada qisman tutashuv borligining belgisidir.



Laboratoriya ishi o‘tkazish borasida yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga va o‘lchov natijalariga asoslanib tekshirilayotgan akkumulyator batareyasining plastinalari orasida tutashuv bor-yo‘qligi aniqlanadi va hisobotdagi jadvalga yozib qo‘yiladi.



  1. Akkumulyatorning razryadlanganlik darajasini kuchlanish orqali aniqlash

Akkumulyator barateyalarining razryadlanganlik darajasini kuchlanish orqali aniqlash uchun LE-2, LE-3 belgili yuklama sanchqilari yoki E108, E107 (elementlararo ulagichlari yashirin bo‘lgan akkumulyator batareyalari uchun) belgili akkumulyator sinov asboblari ishlatiladi.


E108 belgili akkumulyator sinov asbobi, sig‘imi 40....190 Asoat bo‘lgan akkumulyator batareyalarining ishga yaroqliligini tekshirish imkonini beradi.
Tekshirishni boshlashdan avval sinov asbobdagi kontakt gaykalar yordamida akkumulyator batareyasining sig‘imiga mos keladigan yuklama qarshiliklarini zanjirga ulanadi. Tekshirish vaqtida sinov asbobi oyoqchalarining uchi akkumulyatorning tashqariga chiqarilgan shtirlariga qattiq bosiladi (2.2-rasm) va 5 sekund oxirida voltmetr ko‘rsatkichiga qarab kuchlanish aniqlanadi.
Har bir bankadagi kuchlanishni o‘lchab, hisobotdagi jadvalga yoziladi. Kuchlanish haqidagi ma'lumotlar va quyida keltirilgan jadvalga asosan, akkumulyator batareyasining har bir bankasining razryadlanganlik darajasi aniqlanadi va hisobotga yozib qo‘yiladi.



5 sekund oxiridagi kuchlanish, V

1,8....1,7

1,7....1,6

1,5....1,4

1,4 va undan kam

Razryadlanganlik darajasi, %

0

25

50

100

E107 belgili sinov asbobi yordamida elementlararo ulagichi yashirin bo‘lgan batareyalarning kuchlanishini o‘lchaganda, umumiy kuchlanishning qiymati 8,9 V dan kam bo‘lsa akkumulyator batareyasi nihoyat darajada razryadlangan yoki unda jiddiy nosozlik mavjud bo‘ladi.


O‘lchovlar jadvali





Ko‘rsatkichlar

Akkumulyatorlar batareyasining bankalari

1

2

3

4

5

6

1.

Elektrolit satxi , mm



















2.

Elektrolit temperaturasi, oS



















3.

Elektrolitning mavjud tempe-raturadagi zichligi, kgG’ m3



















4.

Elektrolitning 250S ga keltirilgan zichligi, kgG’m3



















5.

Akkumulyatorning elektrolit zichligi bo‘yicha aniqlangan razryadlanganlik darajasi, %



















6.

Akkumulyatorning elektrolit zichligi orqali hisoblangan EYUK, V



















7.

Akkumulyatorning voltmetr yordamida o‘lchangan EYUK, V



















8.

Plastinalar orasida qisqa tutashuv bor-yo‘qligi



















9.

Akkumulyator kuchlanishi, V





















10.

Akkumulyatorning kuchlanish bo‘yicha aniqlangan razryadlanganlik darajasi, %



















"Akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi va elektrolit zichligini aniqlash" ishi bo‘yicha tekshiruv savollari





  1. Akkumulyatorlar batareyasining avtomobildagi vazifasi.

  2. Ko‘rg‘oshin-kislotali akkumulyatorlar batareyasining tuzilishi va ularni beligilash.

  3. «Xizmat ko‘rsatilmaydigan» akkumulyatorlarining tuzilishi va ularni ishlatishining o‘ziga xos tomonlarini tushuntiring

  4. «Kam xizmat ko‘rsatiladigan» akkumulyatorlarining tuzilishi va ularni ishlatishining o‘ziga xos tomonlarini tushuntiring

  5. Akkumuyatorlar batareyalarida zaryad va razryad vaqtida sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar va ularni mohiyatini tushuntiring.

  6. Akkumulyatorlardagi elektrolit zichligining razryad va zaryad vaqtida o‘zgarish sabablari va mohiyati.

  7. Akkumulyatorlar batareyasining sig‘imi nima va u qanday omillarga bog‘liq?

  8. Akkumulyatorni razryadlanganlik darajasini zichlik orqali qanday aniqlanadi?

  9. Akkumulyatorni razryadlanganlik darajasi kuchlanish orqali qanday aniqlanadi?

  10. Akkumulyatorlar batareyasini saqlash tartibini tushuntiring

Download 254.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling