Akramova zuxraxon jahongir qizining


Download 97.24 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi97.24 Kb.
#1513988
1   2   3
Bog'liq
Akramova Z. qishloq xo`laligi mustaqil ish

3. Asosiy tushunchalar. Qishloq xo„jaligini joylashtirish – bu alohida tur mahsulotlar ishlab chiqarishning mamlakatni respublika, viloyat va tumanlar bo`yicha taqsimlash bo`lib, jarayon uzoq davom etuvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga`ko`ra o`zgaruvchan bo`ladi. Qishloq xo`jaligini joylashtirish tamoyillari:
 qishloq xo`jaligi mahsulotlari birligiga uni ishlab chiqarish hajmini
O`stirishdagi mehnat va mablag`lar sarfini minimallashtirish;
 bozor talablarini hisobga olish;
 hudud iste‘molchilarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan o`zini-o`zi
ta‘minlash darajasining mehnatni hududlararo va xalqaro bo‗linishi bilan
bog`liqligini hisobga olish;
 qishloq xo`jaligi va sanoat rivojlanishining optimal mutanosibligi;
 transport xarajatlarini qisqartirish, yo`l tarmoqlarining rivojlanishi, temir
Yo`l masofalarining, suv yo`llarining yetarlicha uzunligi hisobga olish;
 mamlakatning oziq-ovqat mustaqilligini ta‘minlash;
 mahsulotlar ishlab chiqarishning doimiy o`sishi uchun uni mehnat sarfi
kamayishiga erishiladigan hududlarda amalga oshirishni hisobga olish.
Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirishning asosiy
mezoni - mehnat sarfini maksimal darajada tejashdir. Ishlab chiqarishni joylashtirish omili - bu xo`jalik obyekti (korxona) yoki respublika tarmog`i, iqtisodiy hudud, shuningdek hududiy ishlab chiqarish majmualari joylashadigan kuchlar yig`ilgan joyni hisobga olishdir. Qishloq xo`jaligini joylashtirishning asosiy omillari:
 hududning tabiiy potensiali (yer bilan ta‘minlanganlik);
 qishloq xo`jaligi ekinlarining tarkibiy o`zgarishlari va mahsulot
diversifikatsiyasini hisobga olgan holda joylashtirish;
 mahsulot sotish bozorlariga nisbatan xo`jaligining joylashgan o`rni;
 xom-ashyolarni saqlash va transport vositalari bilan ta‘minlanganlik
darajasi;  aholining tabiiy, tarixiy malakalarini hisobga olgan holda hududning ish
bilan ta‘minlanganligi;
 ilmiy-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini
modernizatsiyalash;
 hududda mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi.
Korxonaning joylashish o`rni - qishloq xo`jaligini joylashtirishning muhim
omillaridan biri bo`lib, tarmoqlar mahsulotlari saqlanish va transportirovka
qilinish xususiyatlari bilan farqlanishi sababli bu omilni yetkazib berish,
transport yo`llari, saqlash joylari, qayta ishlash korxonalarining joylashuvi kabi
omillar bilan bir vaqtda ko`rib chiqish lozim.Qishloq xo`jaligini ixtisoslashtirishning iqtisodiy ahamiyati:
1. Moddiy va moliyaviy resurslarni raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqarishga jamlash (konsentratsiyalash) imkonini beradi.
2. Ilmiy-texnika taraqqiyoti, tarmoq rivojlanishining sanoat yo`liga o`tishi
uchun zarur sharoit yaratadi.
3. Mehnatni tashkil etish shaklini mukammallashtirishga imkon beradi.
4. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi oshishiga yordam beradi.
Qishloq xo`jaligida ixtisoslashuv shakllari:
 Zonalar bo`yicha ixtisoslashuv - bu mehnatning geografik bo`linishi. U
qishloq xo`jaligining hududiy joylashuvini aks ettiradi.
 Xo`jaliklararo ixtisoslashuv - bu o`zida qishloq xo`jaligi tovar ishlab
chiqaruvchilar orasida mehnatining ijtimoiy taqsimlanishini aks ettiradi.
 Xo„jalik ichidagi ixtisoslashuv - bu mehnatning xo`jalik ichidagi bo`limlar
(bo`linmalar, sexlar, fermalar) orasida bo`linishi.
 Tarmoq ichida ixtisoslashuv - turli korxonalarga jamlangan bir bosqichdagi
yakuniy mahsulot keyingi bosqichdagi ishlab chiqarish uchun dastlabki
bo`ladigan texnologik sikllarni alohida bosqichlarga bo`lib tashlashga
asoslanadigan ixtisoslashuv.
Iqtisodiy ahamiyatiga ko`ra qishloq xo`jaligi tarmoqlari:
Asosiy tарmоqlar deyilganda, xo`jalik iqtisodiyotida muhim rol o`ynaydigan va
tovar mahsulotda eng ko`p taqqoslama og`irlikka ega bo`lgan tarmoqlar
tushuniladi. Qo`shimcha tarmoqlar- asosiy tovar mahsulotiga o`xshaydi, lekin ular xo`jalik iqtisodiyotida kamroq ahamiyatga ega, u asosiy tarmoqlarning rivojlanishiga
yordam beradi. Yordamchi tarmoqlar notovar, asosiy va qo`shimcha tarmoqlar rivojlanishiga yordam beradi, masalan, ozuqa ishlab chiqarish.
Xulosa. Men ushbu mustaqil ish tayyorlash davomida qishloq xo`jaligi kooperatsiyasi haqida ma`lumotlarga ega bo`ldim. Ushbu malumotlar kelgusi ish jarayonimda qo`llayman.


Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Abdullayev A.A., Aybeshov X.A. Fermer xo`jaligi iqtisodi. T.:
Aloqachi, 2008. 172.
2. Abdug‗aniyev A., Abdug‗aniyev A.A. Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti:
Darslik. T.: O`zbekistan Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg`armasi,
2011, 244.
3. A.SH. Bekmurodov va bosh. Qishloq xo‗jaligida iqtisodiy islohotlar va
fermerlik harakatlari. T.: TDIU, 2006, 59.
4. Oripov M.A. O`zbekiston dehqonchiligida infratuzilma xizmatlari
Ko`rsatishni rivojlantirish. T.: Fan, 2007. 192.



Download 97.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling