Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov
Bosh auditor quyidagilardan qaysi biri uchun ma’suldir?
Download 2.41 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro audit (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17. Moliyaviy hisobotning auditida qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko’rib chiqish qaysi XAS bilan tartibga solinadi
- BOB. AUDITNING ISHCHI STANDARTLARI 10.1. Auditorlik dalillar va ularni olish usullari
16. Bosh auditor quyidagilardan qaysi biri uchun ma’suldir?
А. Auditorlik jarayoni natijalariga tayyorgarlik, ularni amalga oshirish va hujjatlashtirish B. Auditorlik xulosasi tarkibiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan audit natijalari to’g’risida auditorlik tashkiloti rahbarni xabardor qilish С. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan joriy nazorat ishlarini tashkil etish va olib borish D. Auditorlik tekshiruvi rahbarini tayinlaydi va auditga yo’naltirilgan mutaxassislar guruhini tuzadi 17. Moliyaviy hisobotning auditida qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko’rib chiqish qaysi XAS bilan tartibga solinadi? А. 250-XAS B. 220-XAS С. 530-XAS D. 630-XAS 18. Qonunlar va me’yoriy hujjatlar to’g’risida umumiy tushuncha olish uchun, odatda, auditordan quyidagilar talab qilinmaydi? А. Kassani tekshirish B. Sub’ekt faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan qonunlar va me’yoriy hujjatlar to’g’risida rahbariyat bilan so’rovnoma o’tkazish 234 С. Sud da’volari va choralarini aniqlash, baho berish va hisobga olish bo’yicha qabul qilingan siyosat va muolajalar to’g’risida rahbariyat bilan suxbat o’tkazish D. Faoliyat qonunlarga va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligiga oid sub’ektning siyosati va muolajalari to’g’risida rahbariyat bilan so’rovnoma o’tkazish Tayanch tushunchalar Moliyaviy hisobot auditining maqsadi, auditorning mijoz oldidagi xat- majburiyati, oferta, tekshirish o’tkazishda shartnoma, biznesni bilish, auditning ishchi hujjatlari, aldash va xato, auditor ishi sifati. 235 X BOB. AUDITNING ISHCHI STANDARTLARI 10.1. Auditorlik dalillar va ularni olish usullari Auditorlik tekshiruvi davomida auditor chiqaradigan qarorlarining asoslanganligini ko’rsatish uchun dalil yig’adi. Tekshirish davomida yig’ilgan va tahlil qilingan ma’lumotlar auditorning qaror qabul qilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi va auditorlik dalillari deyiladi. Auditorlik dalillari nafaqat auditorlarga, balki ushbu dalillardan asosiy foydalanuvchilar qatoriga kiradigan korxona rahbariyati uchun ham juda zarur hisoblanadi. Korxona rahbariyati uchun axborotlar tarkibi mansabdor shaxslarning bajaradigan funktsiyalariga qarab aniqlanadi. Masalan, korxona mulkdorlari, ta’sischilari hamda rahbari uchun avvalo mablag’larning miqdori hamda likvidligi, soliqqa oid munosabatlar, foydaning taqsimlanishi, dividendlarning hisoblanishi kabi ma’-lumotlar zarur bo’ladi. Menejerlar uchun esa asosan foydaning miqdori va me’yori, tannarx hamda rentabellik, korxonaning to’lovga qobiliyatlilik darajasi kabi ma’lumotlar zarur. Bevosita korxonadan moliyaviy manfaat mavjud tomonlarga auditorlik xulosasi bilan tasdiqlangan tashkilotning moliyaviy hisoboti ishonchli ma’lumotlari taqdim etiladi. Boshqa tashqi foydalanuvchilarga soliq to’lovlari, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar xususidagi ma’lumotlar taqdim qilinishi mumkin. Barcha tomonlarning axborotga bo’lgan talabini qondirish maqsadida auditor korxona moliya-xo’jalik faoliyatini, uning moliyaviy hisobotini tekshiradi. Bunday vaziyatda auditordan auditorlik dalillari va isbotlarini olish talab etiladi. Auditorlik tekshiruvi davomida yig’iladigan hujjatlarning miqdori cheklanmagan. Auditor o’zining malaka talablaridan kelib, buxgalteriya hisobotining ishonchliligini tasdiqlovchi isbot va dalillarning miqdorini mustaqil holda belgilaydi. Auditorlik dalillari, agarda hujjatlar va aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlarning haqiqiy holati bilan tasdiqlanganda, ishonchli hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling