Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) qo’mitalari
Download 2.41 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro audit (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil auditorlarning xalqaro tashkilotlari
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) qo’mitalari
Auditorlik amaliyoti bo’yicha qo’mita O’qitish bo’yicha qo’mita Etika (axloq) bo’yicha qo’mita Moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi bo’yicha qo’mita Rejalashtirish bo’yicha qo’mita Jamoat sektori bo’yicha qo’mita 43 standartlarning loyihasini ko’rib chiqishda ishtirok etadi. Mazkur tashkilot 1976 yilda tuzilgan bo’lib, unga Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Kanada, Daniya, Finlandiya, Frantsiya, Germaniya, Gretsiya, Islandiya, Irlandiya, Italiya, Yaponiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Portugaliya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQSh davlatlari a’zo hisoblanishadi. Auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqishda xalqaro tash-kilotlardan tashqari mintaqaviy tashkilotlar ham ishtirok etishi mumkin. Buxgalteriya hisobi va auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqishda eng faol ishtirok etadigan mintaqaviy tashkilot Evropa iqtisodiy hamjamiyati hisoblanadi. Ushbu tashkilot 1957 yilda tuzilgan bo’lib, uning tarkibiga Belgiya, Daniya, Frantsiya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Portugaliya kiradi. Evropa iqtisodiy hamjamiyati unga a’zo mamlakatlarning hisob va audit tizimlarini standartlashtirish maqsadida 5 ta direktiva ishlab chiqqan. Bu direktivalardan ko’zlangan asosiy maqsad mazkur tashkilotga a’zo mamlakatlarning milliy hisob va audit tizimlarini bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat. Chunki, Evropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlarning milliy hisob va audit tizimlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Irlandiyada buxgalteriya hisobi va audit ma’lumotlari asosan investorlar uchun mo’ljallanadi hamda hisob va audit ma’lumotlari boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qo’llaniladi. Germaniya, Lyuksemburg va Belgiyada esa hisob va audit ma’lumotlari, asosan, bank muassasalariga yo’naltirilgan. Frantsiyada esa yagona unifikatsiyalangan hisob va audit tizimi mavjud bo’lib, u davlat rejalashtirish tashkilotlarini ma’lumot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida Evropa iqtisodiy hamjamiyatining direktivalari ishlab chiqilgan. Masalan, 1984 yil 10 aprelda qabul qilingan 8-direktivada Evropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar auditorlariga qo’yiladigan malakaviy talablar belgilangan bo’lib, barcha mamlakat auditorlariga qo’yiladigan talablar unifikatsiyalashtirilgan. 44 1979 yilda tuzilgan Buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha Afrika Kengashi ushbu qit’a mamlakatlarida mavjud milliy hisob va audit tizimlarini bir xil asosga keltirishga xizmat qiladi. Ushbu tashkilotga Afrika qit’asidagi 27 mamlakat birlashtirilgan. Lotin Amerikasidagi mamlakatlarning milliy hisob va audit tizimlarini standartlashtirish maqsadida Amerika mamlakatlari buxgalterlari assotsiatsiyasi tuzilgan bo’lib, uning tarkibiga 21 ta davlat kiradi. Ushbu tashkilot har 2-3 yilda yirik anjumanlar o’tkazadi hamda uning natijasiga ko’ra, ilmiy uslubiy qo’llanmalar chop etadi. Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari buxgalterlari assotsiatsiyasi Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur va Tailand davlatlari a’zolaridan tashkil topgan. Ushbu tashkilot faqatgina buxgalterlarning malakasini oshirish bilan cheklanib qolmasdan, balki milliy hisob tizimlarini bir-biriga muvofiqlashtirish bo’yicha ham ishlar olib boradi. Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari buxgalterlari konfederatsiyasi tarkibiga 20 dan ortiq davlat kiradi. Ushbu tashkilotning maqsadi mintaqada buxgalteriya hisobi va auditorlik kasbini rivojlantirishni muvofiqlashtirishdan iboratdir. Tashkilot endilikda milliy hisob va audit tizimlarini uyg’unlashtirishga asosiy e’tiborini qaratmoqda. 3.2. Mustaqil auditorlarning xalqaro tashkilotlari Evropada buxgalterlar va auditorlarning ikkita professional tashkiloti salmoqli o’rin egallaydi. Bu buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha xalqaro komitet – BHSXK (International Accounting Standarts Committie – IASC) va Evropa ekspert buxgalterlarining federatsiyasi EEBF (Federation des Experts Somptables Europeen - FEE). FEE 1987 yil 1 yanvarda tashkil topgan va shtab- kvartirasi Bryusselda joylashgan. Milliy an’analar, shuningdek auditorlar jamoat tashkilotlari ham auditorlik faoliyatining barpo bo’lishi va rivojlanishida juda katta rol o’ynaydi. Masalan, Amerikadagi qasamyod qilgan buxgalterlar instituti – AQBI (American Institute of 45 Certified Public Accountants – AICPA) AQShda auditorlik faoliyatining rivojlanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. Unga quyidagi majburiyatlar yuklangan: qasamyod qilgan buxgalterlar uchun professional talablarni belgilash; buxgalteriya hisobi va audit bilan bog’liq mavzularda tadqiqotlar o’tkazish va asarlar chop qilish; ma’muriyat uchun maslahat xizmatlari; soliqqa tortish sohasidagi maslahat xizmatlari va boshqalar. Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga ko’plab boshqa muassasalar, assotsiatsiyalar va institutlar ham ta’sir ko’rsatgan. Ulardan har biri ma’lum vazifalarni bajarish uchun yaratilgan bo’lib, ularda auditorlik faoliyatiga juda ham xilma-xil yondoshuvlar mavjud. Shubhasiz, eng muhimlaridan biri qimmatli qog’ozlar va birja operatsiyalari bo’yicha komissiya - QQBOK (Securities and Exchange Comission – SEC) bo’lib, u moliya bozorining rivojlanishi uchun mas’ul hisoblanadi. Bulardan tashqari, AQShda markaziy hisob boshqarmasi (yoki umumiy buxgalteriya hisoboti boshqarmasi) – MHB (General Accounting Office - GAO) ham mavjud. Bu federal hukumat qonunchilik shohobchasining idoradan tashqari xizmati bo’lib hisoblanadi. O’zbekistonda bu borada Hisob Palatasi tashkil etilgan. GAO faqat AQSh Kongressi oldidagina mas’ul hisoblanadi. Unga bosh nazoratchi rahbarlik qiladi, u Kongress oldida hisobot beradi. GAO auditor xodimlarining asosiy majburiyati – aynan Kongress uchun auditor-larni tasdiqlash funktsiyasini bajarishdir. AQShning har xil hukumat muassasalari Kongress uchun moliyaviy axborotlarning ayrim turlarini (shu jumladan, byudjet mablag’larining sarflanishi, davlat buyurtmalarining bajarilishi haqida ham) vaqti-vaqti bilan taqdim qilib turadi. Ular tomonidan tayyorlangan axborotlarning katta qismi Kongressga taqdim qilinishidan oldin GAO mutaxassislari tomonidan auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi. Hukumat muassasalarining xarajat va daromadlari qonun hujjatlari bilan belgilanganligi sababli, ushbu auditorlik tekshiruvlar mazmuni – buxgalteriya hisoboti bilan yakunlangan an’anaviy audit emas, balki muvofiqlik auditidir. GAO auditorlarining boshqa maj-buriyatlari ham, asosan, mustaqil auditorlik firmalari 46 mutaxassislariniki kabi bajariladi. AQShdagi auditorlarni birlashtirib turgan, yuqorida sanab o’tilgan tashkilotlardan tashqari, quyidagilarni ham keltirish mumkin: 1. Buxgalterlarning Amerika Assotsiatsiyasi – BAA (American Accounting Association – AAA). Bu tashkilot asosan buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy tahlil o’qituvchilarini birlashtiradi. 2. AQSh buxgalterlarining milliy assotsiatsiyasi – ABMA (National Association of Accountants – NAA). Bu moddiy ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida, notijorat tashkilotlarda, banklarda, sug’urta kompaniyalarida va boshqalarda ishlaydigan buxgalterlarning idoradan tashqari assotsiatsiyasidir. 3. Moliya xodimlari instituti – MXI (Financial Executives Institute – FEI). U asosan moliyaviy direktorlar va bosh buxgalterlarni birlashtiradi. 4. Davlat muassasalari buxgalterlarining assotsiatsiyasi – DMBA (Association of Government Accountants – AGA). Ushbu assotsiatsiyada davlat (federal, ayrim hollarda munitsipial) muassasalari, xizmatlar va agentliklarning buxgalterlari birlashadilar. 5. Kompyuterlashtirilgan audit bo’yicha mutaxassislar asso-tsiatsiyasi – KAMA(EDP Auditors Association) va boshqalar. Angliyada qasamyod qilgan buxgalterlarni birlashtiruvchi, quyidagi asosiy tashkilotlar mavjud: 1. Angliya va Uels qasamyod qilgan buxgalterlarining instituti – AUQBI(The Institute Chartered Accountants in England and Wales – ICAEW, yoki ACA, yoki FCA); 2. Diplomli buxgalterlarning jamoat assotsiatsiyasi – DBJA (The Chartered Association of Certified Accountants – CACA yoki ACCA, FCCA); 3. Buxgalter-tahlilchilarning jamoat instituti – DBJA (The Chartered Institute of Management Accountants – CIMA, yoki ACMA, FCMA); 4. Milliy moliya va buxgalteriya hisobi jamoat instituti – MMBHJI (The Chartered Institute of Public Finance and Accountancy- CIPFA, yoki IPFA); 5. Shotlandiya qasamyod qilgan buxgalterlar instituti (The Institute of 47 Chartered Accountants of Scotland–ICAS, yoki CA); 6. Irlandiya qasamyod qilgan buxgalterlari institut (The Institute of Chartered Accountants of Ireland –ICAI, yoki FCA). Download 2.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling