Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Koreya Respublikasida auditorlik faoliyati


Download 2.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/174
Sana18.10.2023
Hajmi2.41 Mb.
#1707809
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

5.3.Koreya Respublikasida auditorlik faoliyati 
2009 yil sentabr oyi ma’lumotlariga ko’ra Koreya Respublikasida 17 272 ta 
aktsionerlik kompaniyalari, shundan 1756 tasida davlat ulushi bo’lgan 
kompaniyalarda tashqi audit tekshiruvi o’tkazilgan.
Xalqaro CRA sertifikati bor mutaxassislar soni 2009 yil sentyabr oyi 
holatiga 12 378 nafarni tashkil etgan. Shundan, auditorlik firmalari tomonidan 
yollangan CRA soni esa 7 069 nafarni tashkil etgan. 2009 yil sentyabr oyi holatiga 
audit firmalari soni 110 tani tashkil etgan. 
Audit firmalarining xizmat ko’rsatishdan olgan daromadlari 1.531 mlrd 
Koreya voni yoki bo’lmasa $1.3mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.
Koreya Respublikasida auditorlik faoliyati bo’yicha amalga oshirilgan ishlar 
1980 yil 
“Aktsionerlik kompaniyalarida tashqi audit to’g’risida” Qonun 
qabul qilindi.
1981 yil 
Moliyaviy hisobotlar ko’rib chiqila boshlandi.
1989 yil 
Auditorlik kasbi axloqiy qoidalari ishlab chiqildi.
1990 yil 
Auditorlarning sifat nazorati tizimi tasdiqlandi.
1990-1995 
yillar 
6 yil davomida 140 ta auditor attestatsiyadan o’tkazildi.
2003 yil 
Moliyaviy hisob ustidan ichki nazorat hamda auditorlarning 
auditorlik faoliyatiga taalluqli bo’lmagan sohalarda boshqa 
xizmatlar ko’rsatishi borasida ta’qiqlar o’rnatildi.
Bugungi kunda Koreya Respublikasi auditorlik faoliyatida quyidagi 
muammolar mavjud: 
- 110 ta auditorlik tashkilotining sifat nazoratini tekshirish uchun 20 dan 
ortiq nazoratchi kerak;
- yangi nazoratchilarni yollash va yoki mavjud guruhni yangi sifat nazorati 
guruhiga aylantirish kabi mammolar. 


101 
Bunguni kunda mavjud 110 ta auditorlik firmalaridan 23 tasi auditorlik 
tekshiruvlarining 81%ini o’tkazadi. Qolgan 77 ta firma esa 19 % tekshiruvni 
o’tkazadi.
Keyingi yillarda Koreya Respublikasi audit tizimiga xalqaro auditorlik 
kompaniyalarining kirib kelishi jadallik bilan rivojlanib bormoqda. 

Download 2.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling