Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Download 2.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/174
Sana18.10.2023
Hajmi2.41 Mb.
#1707809
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

Auditorlik standartlarining
ahamiyati  


136 
3. Standartning mohiyati
4. Amaliy ilova. 
Umumiy qoidalarda quyidagilar aks ettiriladi: 
- mazkur standartni ishlab chiqishning maqsadi va zarurligi; 
- standartlashtiriladigan ob’ekt; 
- standartning qo’llanilish (amal qilish) sohasi; 
- boshqa standartlar bilan o’zaro aloqasi. 
Xalqaro Audit Standartlari – XAS (International Standards of Auduting – 
ISAs) Buxgalterlarning Xalqaro Federatsiyasi BXF (International Federation 
Accountants – IFAC) tarkibidagi Auditorlik Amaliyoti bo’yicha Xalqaro Komitet 
– AAXK (International Auditing Practice Committee - IAPC) tomonidan ishlab 
chiqiladi. IFAC 1977 yil 7 oktyabrda tashkil topgan. Ushbu Federatsiyaga 
dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatlarning, shu jumladan, O’zbekistonning ham, 
milliy buxgalterlik jamoat tashkilotlari a’zo bo’lib kirgan.
Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq auditorlik faoliyatining asosiy 
tamoyillari quyidagilardan iborat: halollik, haqqoniylik, mustaqillik, maxfiylik va 
puxta bilimga egalik (kompetentlilik).
Standartlashtiriladigan har bir ob’ekt bo’yicha 100 ta raqam (pozitsiya) 
berilgan. Standartlash ob’ektlari 11 ta bo’lgani uchun jami 1100 standart ishlab 
chiqilishi mumkin. Amaliyotda bunday miqdordagi standartlar uchun ehtiyoj 
bo’lmaganligi sababli ularning ko’pchiligidan foydalanilmaydi. Masalan, 
«Rejalashtirish» (300-399) deb nomlangan standartlash ob’ekti uchta standartdan 
iborat: 300-«Rejalashtirish», 310-«Biznesni bilish», 320-«Auditda muhimlik». 
Demak, rejalashtirish masalalari bo’yicha yana 7 ta standart qabul qilish mumkin. 
Bundan tashqari, har bir standartga 10 tagacha substandart ochish mumkin.
Xalqaro audit standartlari xalqaro miqyosda auditorlik faoliyatining sifati va 
mavqeini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu standartlar va me’yorlar bir 
qancha sohalar bo’yicha ishlab chiqiladi: 
a) audit bo’yicha xalqaro me’yorlar; 
b) boshqaruv hisobining xalqaro amaliy qoidalari; 


137 
v) jamoat sektori bo’yicha xalqaro me’yorlar. 
IFAC hisob va auditga doir barcha faoliyatini o’zining qo’mitalari orqali 
tashkil etadi va amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda bular jumlasiga: auditorlik 
amaliyoti bo’yicha qo’mita, o’qitish bo’yicha qo’mita, etika (axloq) bo’yicha 
qo’mita, moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi bo’yicha qo’mita, rejalashtirish 
bo’yicha qo’mita, jamoat sektori bo’yicha qo’mita va boshqalar kiradi. 
Butun dunyo auditorlari mazmunan o’xshash ishni bajarsalarda, har bir 
mamlakatda auditorlik faoliyatini tashkil etish o’zining milliy xususiyatlariga ega 
bo’lishi mumkin. Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari va me’yorlari esa u 
yoki bu mamlakatning milliy standartlari va me’yorlarini bekor qilmaydi. 
Ko’plab mamlakatlar (O’zbekiston 1999 yildan boshlab) o’zlarining milliy 
standartlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqmoqdalar. Ular IFACning 
asosiy talablarini ta’minlash zaruratiga yo’naltirilgan o’z auditorlik uslubiyatiga 
ega. 
Auditorlik standartlari 4 xil bo’ladi: 
1. Auditning umumiy standartlari; 
2. Auditning ishchi standartlari
3. Hisobot standartlari; 
4. Maxsus standartlar. 
Auditning umumiy standartlariga quyidagilar kiradi: 
- Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy
tamoyillar; 
- Auditni o’tkazishga rozilik haqida auditorlik tashkilotining xat majburiyati. 
Auditning ishchi standartlariga quyidagilar kiradi: 
- Auditni rejalashtirish; 
- Auditorlik dalillar; 
- Auditni hujjatlashtirish; 
- Tavakkalchilik va ichki nazoratni baholash; 
- Buxgalteriya hisobotida o’zgarishlar bo’lganida auditorning hatti-harakati; 
- Ekspert xizmatidan foydalanish; 


138 
- Auditorlik tanlash; 
Hisobot standartlariga quyidagilar kiradi: 
- Moliyaviy hisobotni tekshirganligi xususida auditorlik hisoboti; 
- Buxgalteriya hisoboti to’g’risida auditorlik xulosasini tuzish tartibi; 
- Auditorlik xulosasini imzolash sanasi va buxgalteriya hisoboti tuzilgan va 
taqdim qilingandan keyingi sanadan yuz beradigan voqealarni aks ettirish. 
Bu standartlarda auditorlik tekshiruvini o’tkazish hamda auditorlik xulosasini 
tuzishning asosiy qoidalari ifodalanadi. Bular yordamida auditor auditorlik 
tekshiruvining hajmi va ko’lamini, shuningdek, muayyan uslubini tanlashi 
mumkin. Shu bilan birgalikda audit standartlari auditorlik tekshiruvi sifatini 
baholovchi mezon bo’lib xizmat qiladi.
Maxsus standartlarga quyidagi standartlar kiradi: 
- Maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha auditorlik hisobot; 
- Istiqbolli moliyaviy ma’lumotlarni tekshirish; 
- Moliyaviy hisobotning sharhi bo’yicha kelishuv; 
- Moliyaviy hisobotga taalluqli amallarni bajarish bo’yicha kelishuv; 
- Moliyaviy ma’lumotlarning kompilyatsiyasi bo’yicha kelishuv. 

Download 2.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling