Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov
Frantsiyada auditorlik faoliyati
Download 2.41 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro audit (1)
4.4. Frantsiyada auditorlik faoliyati Frantsiyada buxgalteriya hisobi va auditning iqtisodiy jihatlari shakllanishining tarixiy yo’li frantsuz maktabining to’rt nafar yirik olimlari - Jan Gustav Kursel-Senel, Leon Sey, Adolf Gilbo va Ejen Per Lestelarning ilmiy ishlari uchun ham xarakterlidir va uni ikki asosiy yo’nalishda ko’rib chiqish mumkin: a) unsurlarning turlari bo’yicha: kapital, boyliklar, amortizatsiya, uchinchi shaxs, natijalar; b) tarixiy davrlar bo’yicha: korxonaning tashkil topish davrida, korxonaning faoliyat ko’rsatishi jarayonida va moliyaviy natijalarni aniqlash davrida. Taniqli frantsuz olimi Leon Sey fikricha, buxgalteriya hisobi kelajak uchun yo’l ochib bermaydi, ammo qaysi yo’ldan yurganligimizni va qaerda turganligimizni ko’rsatib beradi. Buxgalteriya hisobida eng asosiysi - bu nazorat. "Nazorat asosida, - deb yozadi L.Sey, - ishonchsizlik yotadi va bu ishonchsizlik ishonch bilan o’lchanmaydi"; nazoratda eng muhimi - "o’z narxi" - tannarx hisoblanadi. Qaerda raqobat bo’lsa, qaerda bozor narxlarning doimiy o’zgarishini bilsa, tannarx xo’jalik hayotining asosiy ko’rsatkichiga aylanadi. Qaerda sotiladigan mahsulotga preyskurant o’rnatilgan bo’lsa, kalkulyatsiya kerak emas. Shunday qilib, L. Sey o’sha vaqtlardayoq audit va bozorning "narxini tushungan". 71 Frantsuz ilmiy g’oyalarining haqiqiy gullab-yashnashi ikki muallif asarlari bilan bog’liq. E.Leste va A. Gilbo hisobning uch funktsiyasi doktrinasini ilgari surdilar: - maxsus mantiqni ishlab chiqish, ob’ektlarni tasniflashtirish va hokazolar bilan bog’liq hisobchilik funktsiyasi; - sinfiy manfaatlarni qiyoslovchi ijtimoiy funktsiyasi; - hisob axborotlari yordamida xo’jalik jarayonlarini boshqarish imkoniyatini beradigan iqtisodiy funktsiyasi. Bu funktsiyalar "boshlang’ich hisobchi" nomli maxsus konstruktsiya yordamida amalga oshiriladi. "Boshlang’ich hisobchi" deganda ular "o’ziga xos bo’lgan majburiyatlar natijasida o’zining mulki va xo’jalik operatsiyalari ta’sirida mulkning o’zgarishi to’g’risida hisobchilik ishlarini yurituvchi shaxs"ni tushunadilar. 1867 yilda Angliyada majburiy audit o’rnatilganidan besh yil keyin xuddi shunday qonun Frantsiyada ham qabul qilindi. Mazkur qonunda "hisoblar bo’yicha komissarlar" nomli maxsus taftishchilar tomonidan aktsioner jamiyatlar balanslari majburiy tekshirilishi va ularga baho berilishi lozimligi ko’rsatilgan. Mulkdor- kapitalistlar tobora kamroq bevosita ishlab chiqarish va moliyaviy ishlar bilan shug’ullana boshladilar. Ular bu ishlarni yollangan xizmatchilarga topshirar edilar yoki qandaydir jamiyatning aktsiyalari yoki obligatsiyalariga egalik qilganliklaridan oladigan daromadlari evaziga yashovchi rantelarga aylanib bordilar. Qimmatli qog’oz egalari uchun aktsioner jamiyatlarda hisob va hisobotni taftish qiluvchi buxgalter-auditorlar korxonaning moliyaviy barqarorligi va uning faoliyatidan olinadigan daromadlar to’g’risida ishonchli ma’lumotlarning kafolati bo’lib hisoblanar edilar. Frantsiyada ko’zga ko’ringan buxgalter-taftishchilardan biri Eduard Minno edi. Barcha jihatlarni qat’iy belgilash istagi Frantsiyada buxgalteriya kodeksini va shundan kelib chiqqan holda buxgalteriya huquqining yangi tarmog’ini yaratishda o’z ifodasini topdi. Lui Rashu va J.Oktor fikricha, kodeksda kasbning yuridik ta’rifi va tomonlarning (buxgalter va yollovchi) majburiyatlari o’z aksini topishi, ya’ni bu AQShdagi buxgalterning etik kodeksidek bo’lishi lozim edi. Ikkinchi 72 jahon urushidan keyin qator Evropa mamlakatlarida (GFR, Frantsiya, Shvetsiya, Belgiya, Daniya Lyuksemburg) buxgalteriya hisobi, shu jumladan auditning qat’iy va batafsil tartibga solish tizimi kiritildi. Shu sababli yaqin kelajakda huquqning maxsus tarmog’i - buxgalteriya huquqining barpo etilishini kutish mumkin edi. Hisobning qat’iy tartibga solish tizimining joriy etilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsad - transmilliy korporatsiyalarning manfaatlarini ta’minlashdan iborat edi. 1942 yilda Frantsiyada buxgalter-ekspertlar va attestatsiyaga ega buxgalterlar Palatasi barpo etildi (ikkinchi toifa buxgalterlar buxgalter-ekspertlar ega bo’lgan barcha huquqlarga ega emas edilar). Uch yildan so’ng buxgalter-ekspertlar Palatasi faoliyati hukumat dekreti bilan tartibga solindi. Bu palata iqtisodiyot va moliya vazirligi himoyasi ostida faoliyat ko’rsatadi. Auditorlik faoliyatini takomillashtirish bo’yicha boshqa milliy buxgalter-auditorlar jamiyatlari ham katta ishlarni amalga oshirdilar. Xususan, 1945 yilda tashkil etilgan buxgalter-ekspertlar va attestatsiyadan o’tgan buxgalterlar frantsuz jamiyati o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’ydi: davlat oldida ijtimoiy manfaatlarni himoya qilish, majburiyatlarni vijdonan va malakali tarzda bajarish, kasbning manfaatlarini himoya qilish, hisob, taftish, nazorat va audit ixtisosliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash. Bu jamiyat muntazam ravishda se’zdlar chaqirdi va bu s’ezdlarda mutaxassislar uchun katta qiziqish uyg’otadigan eng muhim muammolar muhokama qilindi, s’ezd materiallari asosida hisob, huquqiy masalalar, auditorlik tekshirishlarini o’tkazish uslubiyati bo’yicha tavsiyalarni o’zida jamlagan hisobotlar nashr etildi. S’ezd materiallaridan buxgalter-taftishchilar o’zlarining amaliy faoliyatlarida foydalanar edilar. Buxgalter-ekspertlar va attestatsiyadan o’tgan buxgalterlar frantsuz jamiyati organlari tomonidan ikki darajada - milliy va mintaqaviy darajada boshqarilar edi. Frantsiyada auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi va o’z tarkibiga mintaqalardagi auditorlar va auditorlik firmalarini birlashtirigan "Frantsiya hisob varaqalari bo’yicha komissarlar milliy Kompaniyasi" barpo etildi. Frantsiya auditorlari va auditorlik firmalari o’z a’zolik badallarini mintaqaviy bo’linmalarga, mintaqaviy bo’linmalar esa hisob varaqalari 73 bo’yicha Komissarlar Milliy Kompaniyasiga o’tkazib beradilar. Bu va boshqa barcha talablar Frantsiyada qonun bilan mustahkamlangan va ularni bajarish majburiy hisoblanadi. O’z tarkibiga 24 kishi va 8 nafar o’rinbosarlarni jam qilgan Oliy Kengashni yashirin ovoz berish yo’li bilan bir yil muddatga Prezident saylaydi. Bundan tashqari milliy darajada auditorlik majburiyatlarini bajarishga ruxsat berilgan shaxslar ro’yxatini yuritish bilan shug’ullanuvchi qo’mita, Oliy Kengash faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi intizom palatasi va nazorat organlari faoliyat ko’rsatadi. Mintaqaviy darajada departament Kengashlari, departament Kengashlari faoliyati ustidan nazorat yurituvchi departament intizom qo’mitalari va nazorat organlari tashkil etilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, nazorat organlari tarkibiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tayinlangan hukumat komissiyalari ham kiradi. Download 2.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling