Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov
Download 2.41 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro audit (1)
4.5. Italiyada auditorlik faoliyati
Buxgalteriyaning birinchi nazariyotchilari Benedetto Kotruli (1458 yil) va mashhur matematik olim Luka Pacholi (1494), shuningdek, ularning izdoshlari hisoblanadilar. Buxgalteriya hisobi sohasidagi ushbu birinchi mualliflar ikki asosiy nazariy yo’nalishning asoschilaridir. Buxgalteriya hisobining tabiati to’g’risidagi masalani turli mualliflar qanday hal etganligidan qat’iy nazar ularning barchasi o’zlari oldida turgan amaliy va nazariy muammolarni hal etishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar. Ilmiy yo’nalishning rivojlanishi hisob oldida turgan maqsadlarning qayta baholanishiga olib keldi. Agar ilgari hisob oldida turgan yagona maqsad moddiy boyliklarning to’liq saqlanishini ta’minlashdan iborat bo’lgan bo’lsa, XIX asrning boshlariga kelib yangi maqsad - xo’jalik jarayonlarining samaradorligini aniqlash shakllandi, boshqacha qilib aytganda buxgalteriya hisobi nazorat va boshqarish quroli sifatida tushunila boshlandi. Ma’lumki, buxgalteriya hisobi bo’yicha birinchi ilmiy kitob mashhur italiyalik matematik Luka Pacholi (1445-1515 yillar) tomonidan yozilgan. Uning "Hisob varaqlari va yozuvlari to’g’risidagi risola"si 1494 yilda chop etilgan. 74 Bizning fikrimizcha, kitobning bunday nomlanishi asosli, chunki buxgalteriya hisobini auditdan ajratish noto’g’ri bo’lgan bo’lur edi. Chunonchi, ushbu kitobning "O’zing yuritayotgan yoki birovga ishonib topshirgan magazin hisobini yuritish tartibi va usullari, bu hisob alohida xo’jayinning asosiy kitobi va magazin kitoblarida qanday yuritilishi haqida" nomli 23-bobida magazin deganda ichki firma hisob-kitoblari yuritiladigan savdo firmasining filiali tushunilishi ta’kidlanadi. Hisob varaqalari tizimi (rejasi) to’g’risida fikr yuritar ekan, muallif hisob varaqalari kuzatish maqsadidan kelib chiqishini va shu sababli maqsad o’zgarishi bilan hisob varaqalari ham o’zgarishini uqtiradi. 1494 yilda L.Pacholi o’z kitobida shunday deydi: “Hisob varaqalari – bu savdogarning o’zi tomonidan o’rnatilgan tartibga amal qilishni ko’zda tutuvchi mohiyatdan boshqa narsa emas. Undan muvaffaqiyatli foydalanish natijasida savdogar o’zining barcha ishlari to’g’risida va ishlarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ketayotganligi to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi”. U o’z fikrini davom ettirar ekan shunday ta’kidlaydi: “Zaruriyatga qarab ushbu vosita, ya’ni hisob varaqalari tuzishga murojaat qilgin va doimo esda tut: bu hisob varaqalarini ko’paytirish yoki kamaytirish mumkin”. Shunday qilib, XV asrning oxirlariga keliboq, xo’jalik boyliklari dunyosida hisob varaqalari ustidan nazorat yuritish ayrim shartlarga amal qilishni taqozo etishi anglab etildi. Italyan olimi D.Massa (1850-1978 yillar) fikricha, uning uchun buxgalteriya hisobi nafaqat boshqarish, balki odamlarni boshqarish to’g’risidagi fan hisoblanadi. “Xo’jalik faoliyati natijalarini aniqlash, ushbu xo’jalik faoliyatining boshqaruv organi topshiriqlariga muvofiq kelishini ta’minlash uchun bajarilayotgan xo’jalikning barcha ishini nazorat qilish hisobchilikning maqsadi va vazifalariga kiradi”, - deb ta’kidlaydi Massa. Italyan olimi nazorat organi – buxgalteriyaning ma’muriyatdan to’liq mustaqil bo’lishi to’g’risida batafsil to’xtalib o’tgan. “... nazorat, - deb yozadi u, - bir tomondan, har bir hujjat to’g’risida ma’lumotga, ikkinchi tomondan, erkin harakat qilish uchun zaruriy mustaqillikka ega bo’lgan organga sodiq bo’lish uchun zarur. Agar nazorat ma’muriyat o’z bosimini o’tkaza oladigan yoki yanada yomonrog’i salbiy ta’sir 75 o’tkaza oladigan kishilarga sodiq bo’lsa, u holda nazoratning mo’’tadil ishlashiga hech qanday kafolat yo’q”. Mantiqan qaraganda, “mustaqil nazorat” deganda Massa auditorlikni nazarda tutayapti. 1874 yilda D.Massa Italiyada birinchi buxgalteriyaga oid jurnalni chop eta boshladi. Bu jurnal keyingi 30 yil davomida nashr etilib turdi. Boshqa italiyalik olim Fabio Besa (1845-1923 yillar) fikricha, hisobning maqsadi – baho berish, uning predmeti - boyliklar, buxgalteriya hisobining o’zi esa nazorat to’g’risidagi fandir. Xo’jalik jamiyatning bir qismi va u xo’jalikda band bo’lgan kishilar manfaatlari asosida bo’lib olingan. Har bir xo’jalikda F.Besta uch turdagi vazifani ajratib ko’rsatadi. “Xo’jalik nazorati korxonada ishlayotgan har bir ishchini o’z ixtiyoriga qarshi bo’lsa-da, halol bo’lishga majbur qilishi lozim. Hisobchilik xo’jalik nazorati to’g’risidagi fan bo’lishi lozim”. Buxgalteriya hisobi va xo’jalik nazoratini o’zaro tenglashtirar ekan, u uch xil nazoratni ajratib ko’rsatadi: dastlabki, joriy va keyingi. Garchi italiyalik olimlar asosan buxgalteriya hisobini rivojlantirish bilan shug’ullangan bo’lsalar-da, ammo ularning mulohazalarida auditni rivojlantirish bo’yicha ham fikrlar mavjud. Shaharlar, fabrikalarning rivojlanishi, shuningdek, savdo munosabatlarining kengayishi bilan tavsiflanuvchi 1600-1800 yillardagi iqtisodiy o’zgarishlar hisobga nisbatan yangi talablarni yuzaga chiqardi. Bu o’zgarishlar mulkka bo’lgan egalik huquqi va iqtisodiy ma’noda foyda va zararlarni aniqlashni asosiy masalaga aylantirdi. Audit ham eshitish jarayonidan yozma hujjatlarning batafsil tahliliga va tasdiq etuvchi guvohnomalar tadqiqotiga aylanib bordi. Download 2.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling