Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov
Ozarbayjonda auditorlik faoliyati
Download 2.41 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro audit (1)
6.4. Ozarbayjonda auditorlik faoliyati Ozarbayjon Respublikasida auditorlik faoliyati zaruriy me’yoriy-huquqiy hujjatlar bazasida shakllantirilgan. 1994 yil 16 sentyabrda “Auditorlik xizmati to’g’risida” gi Ozarbayjon Respublikasi qonuni qabul qilindi, shu bilan milliy audit vujudga kelish va shakllanish jarayoni faollashdi. Bugungi kunda Ozarbayjonda audit o’tkazish va tashkil etish bo’yicha audit bazasining huquqiy tizimi Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasida, Ozarbayjon 116 Respublikasi qonunlarida, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti farmonlarida, Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida, Ozarbayjon Respublikasi Parlamenti qarorlarida, milliy audit standartlarida, shu bilan birga auditorlar professional etikasi va ichki hujjatlarda aks etadi. Auditorlik xizmati faoliyati davlat boshqaruvini Ozarbayjonda qonunchilikka muvofiq 1996 yil 4 apreldan o’z faoliyatini boshlagan Auditorlar Palatasi amalga oshirmoqda. Shu vaqtgacha Auditorlar Palatasi davlatda auditorlik faoliyati boshqaruvini aniq belgilovchi 43 milliy audit standartlarini va 30 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorladi va qabul qildi, mutaxassislarni doimiy o’qitishni olib boradi va auditor sertifikatini olish uchun imtihonlar o’tkazadi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun jismoniy shaxslar, mahalliy va xorijiy shaxslarga litsenziya berish bilan shug’ullanadi. Ozarbayjon Respublikasida mazkur faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida ichki audit me’yorlari va standartlarini mukammallashtirish va qayta ko’rib chiqish, ichki auditorlar manfaatlarini himoya qilish va kasbiy mustaqilligini ta’minlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida 1999 yil 26 iyunda Ozarbayjon Auditorlar palatasining murojaati asosida xalqaro ichki auditorlar Instituti boshqaruv kengashi qarori bilan MDH mintaqasida birinchilardan bo’lib “Ozarbayjon-Audit” nomi ostida Institut bo’limi tashkil etildi. 2001 yil Ozarbayjon davlat auditida amaliy harakatlarning boshlanishi bilan belgilanadi. 7 dekabrda Milliy Majlis qarori bilan “Hisob palatasi to’g’risida”gi qonunda ko’zda tutilgan etti auditordan to’rttasi Hisob palatasi boshlig’i o’rinbosari etib tayinlandi. 2002 yil boshlanishidan vujudga kelgan huquqiy sharoit natijasida auditorlar Palatasi to’laqonli oliy davlat moliyaviy nazorat organi bo’ldi. 1996-2007 yillarda Auditorlar palatasining bevosita qatnashuvi bilan “Auditorlik xizmati to’g’risida”gi qonun va “Ozarbayjon Respublikasi auditorlar palatasi to’g’risida”gi qarorga, shu va boshqa qonunchilik hujjatlariga turli xil xarakterdagi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. 1994 yilda qabul qilingandan so’ng o’zining huquqiy asoslarini topgan, asosida milliy auditorlik qonunchiligi tamoyillari yotuvchi “Auditorlik xizmati 117 to’g’risida”gi qonun va 25 dan ortiq qonun va kodekslar shu bilan birga davlat prezidenti tomonidan imzolangan buyruq va qarorlarda (15 ga yaqin) iqtisodiyotda auditni tadbiq qilish zaruriyati va amal qilish sohasi kengayishi tufayli o’zgartirishlar kiritildi. Auditorlar Palatasi mustaqil moliyaviy organ hisoblanadi, auditorlik xizmati rivojlanishi va davlat boshqaruvini tashkillashtirishni amalga oshiradi, mulkdorlarning mulkiy huquqini, davlat manfaatlarini, xo’jalik sub’ektlari va auditorlar huquqlarini himoya qiladi, respublika qonunchilik hujjatlarining ishlab chiqilishini, mustaqil auditorlar va auditorlik tashkilotlarining o’z faoliyat talablariga rioya qilishini nazorat qiladi. Palata qonunchilik va ijro hukumatiga hisobot beruvchi tashkilot emas. Bugungi kunda auditorlar Palatasining asosiy vazifasi respublikada auditorlik faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshiradi. Auditorlar Palatasi bajaradigan majburiyatlarga quyidagilar kiradi: - Litsenziya berishda imtihonlar o’tkazish qoidalari va belgilangan imtihon hay’ati tarkibini tasdiqlash va qayta ko’rib chiqish; - Auditorlik tashkilotlari va mustaqil auditorlarga litsenziya berish va ularning ishlari ustidan nazoratni amalga oshirish; - Audit o’tkazish bo’yicha standartlar, yo’riqnomalar, takliflar va metodik ko’rsatmalar tayyorlash; - Takroriy auditorlik nazoratini o’tkazish; - Xo’jalik sub’ektlari mulklari qoshida xususiylashtirish baholarining ishonchliligi to’g’risida auditorlik xulosasini berish; - Auditorlik xizmatini takomillashtirish va rivojlantirish bo’yicha takliflar tayyorlash. Auditorlar palatasi mustaqil auditorlar va auditorlik tashkilotlari o’tkazadigan audit sifatini tekshiradi. Mustaqil auditorlar va auditorlik tashkilotlari va ularning buyurtmachilari o’rtasidagi turli xarakterdagi bahslarni ko’rib chiqadi; Palata vakolatiga kiruvchi ba’zi auditorlik masalalarini hal qiladi; audit masalalari bo’yicha xorijiy davlatlarda Ozarbayjon Respublikasi manfaatlarini himoya qiladi. 118 Tashqi nazorat ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: ichki sifat nazorati auditi tizimini baholash; auditorlar o’tkazadigan audit sifatini nazorat qilish. Tashqi auditni amalga oshiruvchi uslub va yo’nalishlarni Hisob Palatasi va Auditorlar palatasi tasdiqlagan dasturlar va qo’llanmalar bilan boshqariladi. Takroriy auditni Hisob Palatasi va Ozarbayjon Respublikasi Auditorlar Palatasi yoki xo’jalik sub’ektlari talabi bo’yicha ularga vakillik qiluvchi auditorlar; Hisob Palatasi va Auditorlar Palatasi tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Takroriy auditni oldin audit o’tkazgan auditor amalga oshirishi mumkin emas, lekin zaruriyat yuzasidan ular ham bu maqsadga jalb etilishi mumkin. Yuqori sifatli audit o’tkazishni ta’minlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat: Malakali auditorlarni professional darajada tayyorlash; auditorlik tashkilotlarida samarali nazorat sifati tizimini tayyorlash va qabul qilish; tashqi nazorat tizimining mavjudligi. Auditor audit dasturi va rejasini tuzmagan, ishchi va yakuniy hujjatlar bo’lmagan hollarda audit o’tkazish sifatsiz bo’lishi mumkin. Ba’zi hollarda ikki yil ichida tashqi nazorat sifatini ketma-ket bitta auditorga o’tkazishiga yo’l qo’yilmaydi. Munozaralarni hal etish maqsadida, qaror qabul qilish jarayonida yuzaga keluvchi xato va kamchiliklar, moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirishda namoyon bo’luvchi va auditorlik xizmatini ko’rsatish davomida audit sifatini o’zida mujassam qilgan, Auditorlar palatasida auditorlik kasbiy etikasi bo’yicha komissiya qarorlar qabul qilgan. Mazkur Komissiya baholash sifatida ob’ektivlikni ta’minlovchi auditorlik kasbi vakillaridan tashkil topadi. Shu tarzda Hisob Palatasi va Auditorlar Palatasi auditorlar javobgarligi darajasi va sifatsiz ishlar bo’yicha da’volarga barham beradi va auditorlar javobgarligi doirasida bahsli masalalarni bartaraf qiladi; zaruriy hollarda intizomiy komissiyaga sanktsiya qo’yiladi; Ozarbayjon Respublikasi qonunchilik hujjatlari va audit standartlariga muvofiq keluvchi nazorat qilinayotgan va nazorat qilinadigan talablarga rioya qilinishiga to’g’ri baho berish; sifat nazorati doirasida tekshiruvni ob’ektivligini ta’minlash. Auditorlar palatasi o’z vazifalari va majburiyatlarini o’n etti xodimdan va turli 119 kasbdagi komissiyadan iborat apparat yordamida bajaradi. Uning tarkibini asosini esa asosan auditorlik faoliyati vakillari tashkil etadi. Bugungi kunda Palataga 50 mustaqil auditor, 36 mahalliy auditorlik tashkiloti, shu bilan birga besh xorijiy auditorlik tashkiloti vakili va filiallari kiradi. Ozarbayjon Respublikasi auditorlar Palatasi beshta xalqaro va mintaqaviy auditorlik tashkiloti (“Evroosiyo” auditorlar va buxgalterlar mintaqaviy federatsiyasi, Ukraina; Ichki auditorlar Xalqaro Instituti (IIA), Kvebek, Kanada; Auditorlar va Bugalterlar Xalqaro Federatsiyasi (EFAA), Madrid, Ispaniya; Xalqaro auditorlar va buxgalterlar Federatsiyasi (IFAC); Auditorlar va bugalterlarni sertifikatsiyalashtirish Evroosiyo Kengashi, Baku) a’zosi hisoblanadi va turli mamlakatlar auditorlik palatasi bilan o’zaro hamkorlik to’g’risida 15 memorandum, kelishuv va protokollar imzolandi. Shunisi ahamiyatga molikki, Auditorlar palatasi etakchi vazirliklar va davlat muassasalari bilan bir qatorda quyidagi davlat dasturlarini bajarishga jalb qilingan: - Korruptsiyaga qarshi kurash bo’yicha davlat dasturi (2004-2006 y.); - Davlat mulkini boshqarishni takomillashtirish bo’yicha davlat dasturi; - Korruptsiyaga qarshi kurash bo’yicha milliy strategiya (2007-2011 y.). Auditorlar Palatasi 2007 yilda auditorlik faoliyatini takomillashtirish bilan bog’liq ikkita qonunni ishlab chiqdi va qabul qildi: - “Ichki audit to’g’risida qonun”, mazkur qonunning asosiy mazmuni: ichki audit tashkilotlari; o’z-o’zini boshqaruvchi ichki audit; auditor huquqi va majburiyatlari; ichki audit bilan shug’ullanish; javobgarlik me’yori; davlat boshqaruvi va ichki auditorlik faoliyatini muvofiqlashtirish; - “Auditorning fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida Qonun”, ushbu qonunda quyidagilarga asosiy e’tibor qaratiladi: auditor fuqarolik javobgarligini sug’urta qilinish hollari; auditorning fuqarolik javobgarlikdan ozod qilinishi; sug’urta qiluvchi va sug’urta qilinuvchining huquq va majburiyatlari; sug’urta shartnomasi va guvohlik; sug’urta summasini aniqlash, sug’urta to’lovlari va badali; sug’urta summasini olish uchun murojaat qilish qoidalari; zararni qoplash; sug’urta to’lovini amalga oshirishda rad etish uchun asos; sug’urta 120 qilinuvchining imtiyozlari; sug’urta rezervi va qonunni buzganlik uchun javobgarlik. Mazkur qonunchilik hujjatlari ilg’or jahon amaliyotini hisobga olgan holda davlatda ichki auditni tadbiq etishda muhim rol o’ynaydi. Ichki auditorlar vazifalariga quyidagilar kiradi: foydalanilgan mulk mablag’larini nazorat qilish; shaxsiy chiqimlarga yo’l qo’ymaslik; ma’lumotning ishonchliligini tasdiqlash; qaror qabul qilish uchun dasturdan foydalanish; xo’jalik operatsiyalarini to’g’ri bajarilishini nazorat qilish; moliyaviy faoliyat samaradorligini tahlil qilish va samaradorlikni oshirish bo’yicha takliflar berish; boshqaruv tizimi to’g’risida ma’lumotlar sifatini baholash. Ichki auditorlar amalga oshiruvchi vazifalar ichida quyidagilar etakchilik qiladi: - Buxgalteriya va operativ hisob tahlili bo’yicha takliflar tayyorlash; - Tekshiruv ishonchliligi va moliyaviy sifat, ishlab chiqarish ma’lumotlari haqida korxona boshqaruvidan (direktorlar kengashi) axborot olish; - Hisobot tuzish va tashkilotlar operatsiyalarini amalga oshirish asosini tashkil etuvchi va ularga rioya qiluvchi qo’llanmalar, qonun, rejalar, qoidalar tizimini shakllantirishda ishtirok etish; - Tashkilot aktivlarining metodlarga rioya qilinishini tekshirish va zarur hollarda ularning mavjudligini tasdiqlash; - Resurslardan foydalanish samaradorligini baholash; - Amalga oshirilayotgan operatsiyalar, dasturlar, maqsadlar va topshiriqlar natijasini tekshirish; - Oldin olib borilgan korxonalarni tashqi va ichki auditorlik tekshiruvlari jarayonida yuzaga kelgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha qabul qilinayotgan qarorlar bajarilishini nazorat qilish; - Tashkilotlarda olib boriladigan ichki va tashqi auditorlik tekshiruvi materiallari tahlili, tizimlashtirish va umumlashtirish, ularning natijasida boshqaruv uchun takliflar tayyorlash. Ichki audit xizmati tashkilotini tuzishda ichki audit bo’limi haqida majburiy 121 nizom, ichki auditorlarni o’qitish, professional me’yor va standartlarni qabul qilishga e’tibor qaratiladi. Ozarbayjon Respublikasida auditorlik faoliyatining muntazam rivojlanishi va Auditorlik Palatasi qarorlari, topshiriqlarining bajarilishi jiddiyligiga qaramasdan bir qancha muammolar kelib chiqmoqda: - majburiy audit sub’ektlarida auditdan bosh torish uchun qonunchilikda ta’sir doiraning yo’qligi; - audit sifatini oshirish va auditor kadrlarini tayyorlash sifatini oshirish zarurati; - auditor imidjini oshirish, uning nufuzining jamoatchilik tomonidan tan olinishi; - auditorlik xizmati bozorida g’irrom raqobatning mavjudligi. Ozarbayjon Respublikasi auditorlik faoliyatining bugungi kunda ahamiyatliligi shundaki, ichki bozorni xorijiy auditorlik tashkilotlari (“Katta to’rtlik” filiallari va vakolatxonalari) egallab olgan. Sanab o’tilgan muammolarni bartaraf etish uchun Auditorlar palatasi auditni isloh qilish kontseptsiyasini qayta ishlab chiqdi. Maqsad aniq yo’nalishlarni shakllantirishda, bozor iqtisodiyoti sharoitida tuzilgan audit tizimi va huquqiy- me’yoriy bazani mukammallashtirish va rivojlantirish hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagilarni bajarish lozim: - audit huquqiy-me’yoriy bazasini takomillashtirish; - jahon tajribasiga mos keluvchi audit tizimini qayta tashkil etish; - xalqaro shaklda audit kadrlarining tayyorlash va kadrlar bilan ta’minlash tizimini qayta tashkil etish; - auditorlik xizmati sifatini ko’tarish va ularning ustidan nazoratni takomillashtirish; - shu bilan birga davlat organiga vakillik qiladigan va xo’jalik sub’ektlari bilan bog’liq audit boshqaruv tizimini qayta tashkil etish. Auditorlar Palatasi auditorlik faoliyatini rivojlantirish uchun “Auditorlik xizmati to’g’risidagi” Ozarbayjon Respublikasi qonuniga o’zgartirish rejasini 122 hukumat ko’rib chiqishi uchun kiritdi. Kiritilayotgan o’zgartirishlar quyidagicha bo’lib, auditorlik faoliyati boshqaruviga tegishlidir: - auditorlik tashkiloti boshqaruvchisi faqatgina auditor bo’lishi mumkin; - auditorlik tashkilotida uchta auditordan kam bo’lmagan shtatdan iborat bo’lishi kerak; - auditorlik tashkiloti istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilgan bo’lishi mumkin, ochiq aktsionerlik jamiyati ko’rinishidagi tashkilot bundan mustasno; - auditorlik tashkiloti davlat tizimi muassasasi bo’lishi mumkin emas. Auditor litsenziyasini olish uchun quyidagilar talab qilinadi: - oliy iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy ma’lumot (yoki Ozarbayjon Respublikasida tan olinadigan xorijiy oliy ta’lim muassasasi diplomi); - mutaxassisligi bo’yicha 5 yillik uzluksiz tajriba, shundan bir yili auditorlik xizmati bo’yicha; - boshqa mutaxassislik bo’yicha oliy ma’lumot bilan buxgalteriya hisobi va audit sohasida 8 yillik uzluksiz tajriba. Auditning to’laqonli rivojlanishini ta’minlashda asosiy omillardan biri, xalqaro talablar darajasida faoliyat olib borishga qodir bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini doimiy oshirib borish hisoblanadi. Bu auditorlar Palatasi oldida turgan topshiriqlar oldida ahamiyatsiz emas. Mutaxassislar tayyorlash dasturida asosiy e’tibor uchta muhim yo’nalishga qaratilgan: Xalqaro tajribani hisobga olgan yangi dastur asosida oliy ta’lim muassasasi bazasida oliy ma’lumotli auditor va buxgalter mutaxassislarini tayyorlash; auditor bo’lishni xohlovchi oliy ma’lumotli shaxslarni xalqaro tajribani o’zida jamlagan maqsadli dastur bo’yicha qisqa muddatda qayta tayyorlash; professional auditorlar malakasini muntazam oshirib borish. Auditorlar malakasini oshirish va tayyorlash ba’zi bir kechiktirib bo’lmaydigan vazifalarni bajarishni talab qiladi. Birinchi navbatda imtihonlarga tayyorlov kurslari dasturlari va auditor darajasini olish uchun imtihonlar o’tkazish zamonaviy talablarini xalqaro tajribani hisobga olgan holda muntazam takomillashtirish kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling