Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

Nomi 
Soni 
CIPA sertifikatini qo’lga kiritganlar (2014 yil 1 yanvar oyi holatiga) 
51 
CAP sertifikatini qo’lga kiritganlar (2014 yil 1 yanvar oyi holatiga) 
1681 
O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarda ichki audit qonun va me’yoriy hujjatlarga asosan tashkil qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qimmatli qog’ozlar bozorini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2006 yil 27 sentyabrdagi PQ-


391 
475-son qaroriga, hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“Ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va 
davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qaroriga muvofiq aktivlarining 
balans qiymati 1 mlrd. so’mdan ortiq bo’lgan korxonalarda ichki auditni tashkil 
etishga qo’yiladigan yagona talablarni hamda uning ishini tashkil etishning 
metodologik asoslarini belgilash maqsadida «Korxonalardagi ichki audit xizmati 
to’g’risida Nizom» qabul qilindi. Hozirgi kunda ushbu Nizom xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarda ichki auditni tashkil qilish tartibi ko’rsatilgan me’yoriy hujjat 
hisoblanadi. 
Bizga ma’lumki, ichki audit korxonaning Kuzatuvchi kengashining qarori 
bilan korxonaning ichki auditi bo’limi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki audit 
xizmati- mazkur Nizom talablari hisobga olingan holda korxona Kuzatuvchi 
kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditni amalga 
oshiradigan tarkibiy bo’linmasi. Demak, ichki audit xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning Kuzatuvchi kengashi tomonidan tashkil qilingan tarkibiy bo’linma 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Ichki auditni amalga oshirishda ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga ega:
 ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo’ladigan masalalar bo’yicha 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, 
boshqaruv organlari qarorlari, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan 
nusxalari va boshqa hujjatlarni), xo’jalik yurituvchi sub’ekt mansabdor va 
ma’sul shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish; 
 ichki auditni o’tkazishga ko’maklashish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
tegishli mutaxassislarini jalb etish.
Ichki auditni amalga oshirishda ichki audit xizmati quyidagilarga majbur:
 ichki auditni amalga oshirishda qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya 
qilish; 
 belgilangan talablarda hisobotlar tuzish; 
 moliya va statistika ko’rsatkichlarining ishochliligini tekshirish; 


392 
 ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotlarning maxfiyligiga rioya 
qilish; 
 xo’jalik yurituvchi sub’ektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari 
tomonidan zarar etkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu 
haqda darhol xo’jalik yurituvchi sub’ektning kuzatuvchi kengashiga xabar 
berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish; 
 aktivlarni xatlovdan o’tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o’z 
vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish. 
Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis 
hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin. 
Xo’jalik yurituvchi subektlarda ichki auditni tashkil qilishda ichki audit 
xizmati xodimlari quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak: 
 auditorning malaka sertifikatiga; 
 O’zbekistn Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida, yoxud O’zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi 
ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat muassasasida olingan oliy 
ma’lumotga, oxirgi o’n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, 
moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, 
o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish.
«Korxonalardagi ichki audit xizmati to’g’risida Nizom»ga muvofiq ichki 
audit xizmati xodimlari soni ichki audit maqsadlariga samarali erishish va uning 
vazifalarini hal etish uchun etarli bo’lishi kerak.
Ichki audit xizmatiga tegishli auditor sertifikatiga ega bo’lgan uning rahbari 
boshchilik qiladi. 
Har yili ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati xarajatlarining yillik 
smetasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
kuzatuvchi kengashiga taqdim etadi. 
Ichki audit xizmati xodimlarining kasb darajasi tegishli litsenziyaga ega 
bo’lgan ta’lim muassasalarida muntazamlilik asosida ularning malakasini oshirish 
vositasida saqlanishi kerak. 


393 
Ichki audit xizmati xodimlari xo’jalik yurituvchi sub’ekt kuzatuvchi kengashi 
tomonidan har yili attestatsiyadan o’tkazilishi kerak. 
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini xalqaro darajada 
rivojlantirish maqsadida ko’pgina me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bular 
jumlasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi 
”Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular 
ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida”gi PQ–
615-sonli Qarori, “Auditorlik tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish 
yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ–907-sonli Qarori, “2011-
2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini 
oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor 
yo’nalishlari to’g’risida”gi Qarori. 26.11.2010., PQ-1438-son, shuningdek 
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012 yil 2 apreldagi 90-sonli buyrug’i 
bilan tasdiqlangan «Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi 
to’g’risidagi nizom» (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 
yil 12 mayda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2361) va boshqalar. Ushbu 
hujjatlarning qabul qilinishi O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini 
yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 
Respublikamizda bozor infratuzilmasi izchil ravishda takomillashtirilib 
borilishi 
natijasida 
auditning 
qonuniy 
asoslari 
shakllantirildi. 
Auditorlik xizmatlari bozorini takomillashtirish bo’yicha qator qarorlar qabul 
qilinishiga qaramasdan oxirgi yillarda auditorlik faoliyatining jadal rivojlanishi 
kuzatilmayapti, auditorlik kasbining halqaro miqyosdagi faoliyatga uyg’unlashuvi 
past darajada qolmoqda, qabul qilingan chora-tadbirlarning natijalari yangi 
raqobatbardosh auditorlik tashkilotlari sonining o’sishini etarli darajada ta’minlay 
olmayapti.  
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning xalqaro audit rivojlanishining 
zamonaviy tendentsiyalariga mosligi jihatdan tanqidiy o’rganish, xalqaro 
amaliyotni va chet mamlakatlar qonunchiligini tahlil qilish, buxgalterlar va 
auditorlarning professional hamjamiyati, auditorlik tashkilotlari vakillari bilan 


394 
muhokamalar qilish auditorlik faoliyatini tartibga solishning amaldagi tizimini 
takomillashtirish 
zarurligini 
taqqoza 
qilmoqda. 
Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston 
Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi qaror loyihasi ishlab chiqildi va uning asosiy mazmuni auditorlik 
xizmatlari bozorining axborotlar ochiqligini, uning barqaror amal qilishini va 
auditor kasbi nufuzining oshishini ta’minlaydigan xalqaro amaliyotning zamonaviy 
talablarini hisobga olgan holda auditorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga 
solish tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan. Bular o’z navbatida auditorlik 
xizmatlari bozorining barqaror rivojlanishiga va oqibatda respublikamizda 
ishbilarmonlik muxitining sifat jihatdan yaxshilanishiga asosiy omil bo’lib xizmat 
qiladi.
Qaror loyihasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 
yanvardagi PF-5308-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda 
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 
harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va 
texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi 
doirasida ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 
oktyabrdagi PF-4848-sonli Farmonida nazarda tutilgan auditorlik tashkilotlari 
ko’rsatayotgan xizmatlar sifati va taqdim etayotgan xulosalarining haqqoniyligi 
uchun javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan ular faoliyatining huquqiy asoslarini 
takomillashtirishga yo’naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishning mantiqiy davomi 
hisoblanadi. Loyihada taklif etilayotgan normalar auditorlik faoliyatini tartibga 
solishning 
ilg’or 
xalqaro 
amaliyoti 
printsiplariga 
asoslangan. 


Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling