IQTISODIY SANKSIYA - bir mamlakat (yoki mamlakatlar guruhi) tomonidan boshqa bir mamlakatga (yoki mamlakatlar guruhiga) qarshi qoʻllanilgan jazo.
ISH HAQI - mehnatga pul shaklida toʻlanadigan haq.
JAMG’ARMA – harajatlardan, chiqimlardan orttirib, tejab toʻplangan pul.
KODEKS - ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir turdagi sohasini tartibga soluvchi sistemalashtirilgan yagona qonun hujjati.
KORRUPSIYA - mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot.
LITSENZIYA – vakolatli davlat organlari tomonidan ichki savdo harakatlarini olib borish uchun beradigan ruxsatnoma.
LIZING - bu kreditning pulsiz shakli boʻlib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq toʻlab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish.
LIMIT - bir oʻzgaruvchiga bogʻliq ikkinchi oʻzgaruvchi birinchi oʻzgaruvchining oʻzgarish jarayonida A songa cheksiz yaqinlashsa, A soni ikkinchi oʻzgaruvchi miqdorning limiti deyiladi.
MEHNAT KODEKSI - mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui.
MOLIYA – markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.
NAFAQA - mehnat stajiga koʻra, muhtoj odamlarga, bolalikdan nogiron, yolgʻiz qariya va yolgʻiz nogironlarga, mehnatga vaqtinchalik qobiliyatsizlarga - davlat, korxona, muassasa va ayrim shaxslar tomonidan beriladigan pul.
OMONAT – mijozning maʼlum bir shartlar asosida bankka qoʻygan pul mablagʻlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |