PROLONGATSIYA – zayom, veksel va shartnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirish.
QAROR – davlat organi yoki mansabdor shaxsning oʻz vakolati doirasida muayyan maqsadga erishish yoʻlida qabul qiladigan va biror oqibat keltirib chiqaradigan hujjat.
RENTA – mulk egalarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmasdan yer, mol-mulk, kapitaldan muntazam oladigan daromadi;
RENTABELLIK - korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligi.
SOLIQ – davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi.
SERTIFIKAT - davlat organlarining moliyaviy majburiyati, zayomi
SUG’URTA - tabiiy ofatlar, har xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi.
TADBIRKORLIK - oʻz tavakkalchiligi ostida amalga oshiriladigan, mulkka egalik qilish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishdan muntazam ravishda daromad olishga qaratilgan mustaqil faoliyat sanaladi.
TA’TILLAR - xodimlarga ish joyi (lavozimi) va ish haqi saqlangan holda har yili dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun beriladigan vaqt.
USTAV - muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, korxona, tashkilotning tuzilishi, vazifasini yoʻnaltirib turadigan asosiy qonunqoidalar majmui,
ULGURJI SAVDO - katta partiyalarda tovar va mahsulotlarni oʻz mulkiga sotib olib, isteʼmolchilarga sotuvchi savdo turi.
VALYUTA - chet mamlakatlarning xalqaro muomalada qoʻllanuvchi pullari, shuningdek shu mamlakatlarning pul birligida ifodalangan va xalqaro hisob-kitoblarda foydalaniladigan kredit va toʻlov hujjatlari
XUSUSIY KAPITAL –kompaniyalarni sotib oladigan va qayta tuzadigan, cheklangan sheriklik sifatida tashkil etilgan investitsiya fondlarini anglatadi.
XUSUSIY MULK - ayrim sohibkorlarga qarashli yo’llanma mehnatga asoslangan va oʻz egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.
YURIDIK SHAXS - fuqarolik huquq va majburiyatlarining subʼyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar va shaxslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |