Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
29/62
ma'lumotnoma ayirboshlash uchun asos bo'ladi.
57-modda. Dividendlar to'lash
mumkin bo'ladigan aksiyalar
Dividendlarni e'lon qilish to'g'risida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazish
uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reestrida qayd etilgan aksiyadorlar dividend olish huquqiga
ega.
Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar ustav
fondining boshlang'ich miqdoriga muvofiq tarzda, mavjud aksiyalarning to'la summasi bo'yicha,
aksiyalarning davlatga tegishli, haqi to'lanishi to'g'risidagi qaror qabul qilinayotgan paytda sotilmay qolgan
qismini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
58-modda. To'lanmagan va
olinmagan dividendlar
Emitent aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi belgilagan muddatlarda dividendlarni o'z aybi bilan to'lamagan
taqdirda to'lanmagan va to'liq olinmagan dividendlar yuzasidan Markaziy bank belgilagan takror
moliyalash stavkalari bo'yicha penya yoziladi.
Aksiyadorlikdorlik jamiyati e'lon qilgan dividendlarni to'lashni aksiyador sud tartibida talab qilishga haqlidir.
Rad etilgan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan tartibda to'lovga
qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot bo'lgan deb e'lon qilish tadbiri qo'llaniladi.
60-modda. Dividendlar
to'lashdagi cheklashlar
Jamiyat:
jamiyat ustav fondining hammasi to'lab bo'linguncha;
agar dividendlar to'lanadigan paytda jamiyatda to'lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) belgilari bo'lsa yoki
dividendlar to'lash natijasida jamiyatda shunday belgilar paydo bo'lsa;
jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va zaxira fondlari summasidan kam bo'lsa, aksiyalar bo'yicha
dividendlar to'lash (e'lon qilish) to'g'risida qaror qabul qilishga haqli emas.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling