Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Aksiyadorlarning o‘zlariga tegishli aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqini amalga oshirish tartibi


Download 132.97 Kb.
bet23/59
Sana13.05.2023
Hajmi132.97 Kb.
#1457128
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
Bog'liq
AJ togrisidgi qonun

45-modda. Aksiyadorlarning o‘zlariga tegishli aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqini amalga oshirish tartibi
Jamiyat aksiyadorlarni o‘zlariga tegishli aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi borligidan, qaytarib sotib olish bahosi va uni amalga oshirish tartibidan xabardor etishi shart.
Ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar kiritilgan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarga yetkaziladigan xabar ushbu moddaning birinchi qismida aytib o‘tilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lmagan aksiyadorlardan jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi borligi va bunday huquqni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi axborot jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi vujudga kelishiga sababchi bo‘lgan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kechi bilan 7 kun ichida ularga yuboriladi.
Aksiyadorning o‘ziga tegishli aksiyalarni qaytarib sotib olish to‘g‘risidagi yozma talabi aksiyadorning yashash manzili (joylashgan manzili) va u qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar sonini ko‘rsatgan holda jamiyatga yuboriladi.
Aksiyadorlarning o‘zlariga qarashli aksiyalarni jamiyatning qaytarib sotib olishi to‘g‘risidagi talablari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kechi bilan 45 kun ichida jamiyatga taqdim qilinmog‘i lozim.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan muddat tugaganidan so‘ng jamiyat qaytarib sotib olish talabini qo‘ygan aksiyadorlardan aksiyalarni 30 kun ichida sotib olishi shart.
Jamiyat aksiyalarni, ushbu Qonunga muvofiq, ovoz berish natijasida aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni kun tartibiga kiritgan holda umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarda ko‘rsatilgan bahoda sotib oladi. Jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishga ajratadigan mablag‘larning umumiy summasi aksiyadorlarda o‘zlariga qarashli aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishiga sababchi bo‘lgan qaror qabul qilingan kundagi jamiyat sof aktivlari qiymatining o‘n foizidan oshib ketishi mumkin emas. Qaytarib sotib olish talabi qo‘yilgan aksiyalarning umumiy soni jamiyat yuqorida belgilangan cheklashlarni inobatga olgan holda qaytarib sotib olishi mumkin bo‘lgan aksiyalar sonidan oshib ketgan taqdirda aksiyadorlardan aksiyalar qo‘yilgan talablarga mutanosib ravishda qaytarib sotib olinadi.
Jamiyat qayta tashkil etilgan taqdirda u qaytarib sotib olgan aksiyalar ularni qaytarib sotib olish chog‘ida muomaladan chiqariladi.
Ushbu Qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda jamiyat qaytarib sotib olgan aksiyalar jamiyatning tasarrufiga tushadi. Mazkur aksiyalar ovoz huquqini bermaydi, ovozlarni sanash chog‘ida hisobga olinmaydi, ular bo‘yicha dividendlar yozilmaydi. Bunday aksiyalar qaytarib sotib olingan paytidan e’tiboran uzog‘i bilan bir yil ichida realizatsiya qilinishi lozim, aks holda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi mazkur aksiyalarni muomaladan chiqarish yo‘li bilan jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.

Download 132.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling