Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik


Download 132.97 Kb.
bet26/59
Sana13.05.2023
Hajmi132.97 Kb.
#1457128
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
Bog'liq
AJ togrisidgi qonun

50-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik
Aksiyadorlik jamiyati, transfer-agent, markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilari jamiyat aksiyadorlari reyestridagi ma’lumotlarning to‘liqligi hamda to‘g‘riligi uchun solidar javobgar bo‘ladi va o‘zlarining harakatlari yoki harakatsizligi bilan aksiyadorga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
51-modda. Qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchisi
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilari depozitariylardir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi va “Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat № 1911, 25.02.2009-y.).
(51-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
52-modda. Aksiyalarni saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalarni saqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida amalga oshiriladi.
(51-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
VI BO‘LIM. DIVIDENDLAR
53-modda. Dividend
Oldingi tahrirga qarang.
Dividend foydaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan, qayta investitsiya amalga oshirilganidan so‘ng aksiyadorlik jamiyati ixtiyorida qoladigan, aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishi kerak bo‘lgan qismidir.
(53-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Jamiyat aksiyalarning har bir turi bo‘yicha e’lon qilingan dividendlarni to‘lashi shart.
Aksiyadorlar jamiyatining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan dividend pul mablag‘lari yoki boshqa qonuniy to‘lov vositalari bilan to‘lanishi mumkin.
Dividend aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 132.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling