Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Depo hisobvarag‘idan ko‘chirma


Download 132.97 Kb.
bet25/59
Sana13.05.2023
Hajmi132.97 Kb.
#1457128
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
Bog'liq
AJ togrisidgi qonun

48-modda. Depo hisobvarag‘idan ko‘chirma
Depo hisobvarag‘idan ko‘chirma aksiyadorning aksiyalarga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlaydigan, depozitariy tomonidan beriladigan hujjatdir.
Aksiyadorga uning aksiyalarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi depozitariy aksiya egasining yoki uning qonuniy vakilining talabiga binoan ikki ish kuni ichida depo hisobvarag‘idan ko‘chirma berishi shart. Qimmatli qog‘ozlar egasi depo hisobvarag‘idan ko‘chirmaga o‘ziga oid bo‘lmagan axborotni, shu jumladan boshqa qimmatli qog‘ozlar egalari hamda ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarning soni to‘g‘risidagi axborotni kiritishni talab qilish huquqiga ega emas.
Depo hisobvarag‘idan ko‘chirma bergan shaxs unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligi uchun javobgardir. Depo hisobvarag‘idan ko‘chirma berish tartibi, ko‘chirmaning shakli va mazmuniga oid talablar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Davlat vakiliga depo hisobvarag‘idan ko‘chirma berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(48-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
49-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish shartlari va tartibi
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish aksiyadorlik jamiyatining yoki qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining topshirig‘i asosida markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. Reyestrning qaysi sanaga shakllantirilishi reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqda ko‘rsatiladi.
Aksiyadorlik jamiyati jamiyatning aksiyadorlari reyestrini shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqlarda imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar haqida markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat vakilini jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritish haqidagi yozuv, davlat vakilini tayinlash to‘g‘risidagi tegishli qaror ilova qilingan holda, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga bildirish asosida amalga oshiriladi.
(49-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish rad etilgan taqdirda, markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi reyestrni shakllantirish rad etilganligi to‘g‘risidagi asoslantirilgan bildirishnomani topshiriq kelib tushgan paytdan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yuboradi.
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish rad etilganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
(49-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 132.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling