Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga takliflar kiritish


Download 132.97 Kb.
bet34/59
Sana13.05.2023
Hajmi132.97 Kb.
#1457128
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59
Bog'liq
AJ togrisidgi qonun

70-modda. Jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga takliflar kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida bir foiziga ega bo‘lgan jamiyat aksiyadorlari (aksiyadori) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin uzog‘i bilan 30 kun ichida, basharti jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va jamiyat taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko‘rsatishga haqli.
(70-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga masala uni qo‘yish sabablarini, masalani taklif etayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) nomini, unga tegishli aksiyalarning soni va turini ko‘rsatgan holda yozma ravishda kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzodlar ko‘rsatish, shu jumladan o‘zining nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risida taklif kiritilganda nomzodning ismi, basharti nomzod jamiyat aksiyadori bo‘lsa, unga tegishli aksiyalarning soni va turi, shuningdek nomzodni ko‘rsatgan aksiyadorlarning ismi, ularga tegishli aksiyalarning soni va turi ko‘rsatiladi.
(70-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat kuzatuv kengashi tushgan takliflarni ko‘rib chiqishi hamda ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddat tugaganidan so‘ng uzog‘i bilan 15 kun ichida ularni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida yoki mazkur kun tartibiga kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart. Aksiyador (aksiyadorlar) kiritgan masala aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga, shuningdek ko‘rsatilgan nomzodlar jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilishi shart, quyidagi hollar bundan mustasno:
aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatga rioya etmagan bo‘lsa;
aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egasi bo‘lmasa;
ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa;
takliflar ushbu Qonunning yoki boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lmasa.
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi dalil-isbotli qarori ana shu masalani kiritgan yoki taklif taqdim etgan aksiyadorga (aksiyadorlarga) qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uzog‘i bilan uch kun ichida yuboriladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
(70-moddaning to‘rtinchi qismi birinchi xatboshisi, beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)

Download 132.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling