Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi axborot


Download 132.97 Kb.
bet33/59
Sana13.05.2023
Hajmi132.97 Kb.
#1457128
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
Bog'liq
AJ togrisidgi qonun

69-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi axborot
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar berish tegishli axborotni matbuotda e’lon qilish hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi rasmiy e’lon qilingan sanadan 30 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestri asosida ularga bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyati aksiyadorga va davlat vakiliga bildirishnomani mustaqil ravishda yoxud jamiyat va qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi o‘rtasida tegishli xizmatlar ko‘rsatilishi uchun tuziladigan shartnomaga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi orqali yuborishga haqli.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish muddati jamiyat ustavida belgilab qo‘yiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlariga va davlat vakiliga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi bildirishnoma yig‘ilish o‘tkaziladigan sanadan kamida 10 kalendar kun oldin yuborilishi kerak.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
jamiyatning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy;
jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sana;
umumiy yig‘ilishning kun tartibiga kiritilgan masalalar;
umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborot (materiallar) bilan aksiyadorlarni va davlat vakilini tanishtirish tartibi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyatning yillik moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashining yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, shartnomani qayta tuzish yoki uni bekor qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashi hamda taftish komissiyasi a’zoligiga (taftishchiligiga) nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jamiyat ustaviga kiritiladigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar loyihasi yoxud jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi kiradi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi majburiy bo‘lgan qo‘shimcha axborot (materiallar) ro‘yxati qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilab qo‘yilishi mumkin.
(68 va 69-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)

Download 132.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling