Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni tashkil etishning ilmiy
Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ko`rsatkichlari tahlili
Download 0.94 Mb.
|
BMI 123
Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ko`rsatkichlari tahliliKorxonaning moliyaviy-iqtisodiy ko`rsatkichlarini tahlil qilishda avvalombor bir tonna tola ishlab chiqarish xajmini tahlil qilish zarur. Shuning uchun biz korxonada ishlab chiqarish jarayonlari natijasini hisobot materiallaridan foydalanib tahlil qilamiz. 2020 yil Hisobot davrida 1 tonna xomashyo narxi 976,2 ming so`mni tashkil qilgan. Qayta ishlashdan olinadigan mahsulot chiqishi 33,2 foizni tashkil etadi, 1 tonna qayta ishlashdan olinadigan mahsulotga xomashyo sarfi 2,9 mln. so`mni, ikkilamchi mahsulot narxi 376,0 ming so`m, Qayta ishlash xarajatlari 413,4 tayyorlov xarajatlari 190,9, jami tannarx 3168,7 ming so`m, davr xarajatlari 293,6 ming so`m, sotish xarajatlari 16,6 boshqaruv organini saqlash xarajatlari 334, moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar 79,5 daromad solig`i 13,7 sof foyda 23,0 mln.so`m, rentabellik (tannarxga nisbatan) 0,73 foizni tashkil etgan. 2022 yilga kelib ko`rsatkichlar quyidagicha oshganini ko`rishimiz mumkin: 1 tonna xomashyo narxi 1,1 mln. so`mni tashkil qilgan. Qayta ishlashdan olinadigan mahsulot chiqishi 33,1, 1 tonna, qayta ishlashdan olinadigan mahsulotga xomashyo sarfi 3,4 mln. so`m, ikkilamichi mahsulot narxi 0,5 mln. so`m, qayta ishlash xarajatlari 0,5 mln. so`m, tayyorlov xarajatlari 0,2 mln. so`m, jami tannarx 3,5 mln. so`m, davr xarajatlari 0,3 mln. so`m, sotish xarajatlari 0,2 mln. so`m, boshqaruv organini saqlash xarajatlari 0,3 mln. so`m, moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar 0,1 mln. so`mga oshgan, daromad solig`i 0,2 mln. so`m, sof foyda 1,2 mln. so`m, rentabellik (tannarxga nisbatan) 0,72 ga oshgan. Yillar kesimida berilgan ma’lumotlar asosida korxonadagi iqtisodiy o`sish, xamda ishlab chiqarish jarayoni xarjatlari taxlili undagi sifat ko`rsatkichlarini oshirish va sotish xajmini kengaytirish orqali, korxonaning moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlarini kamaytirish orqali sof foyda bilan chiqish mumkin. Korxondagi ishlab chiqarish jarayonida bir tonna mahsulotga ketgan xarajatlarni aniqlash orqali uning foyda yoki zarar bilan chiqishini belgilab beradi va shu orqali xaridorlarni o`ziga jalb qilishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jaryonidagi xarajatlarni qisqartishlari orqali foyda olish va undagi foydani taqsimlash natijasida yangi ish o`rinlarini tashkil etish va korxonaning moliyaviy salohiyatini oshirish, shu bilan bir qatorda mahsulot turlarini ko`paytirish ham mumkin. Yillar kesimida energiya resurslarini tejash tannarxga nisbatan 2020 yilda 11 foizga qisqartilgan, 2022 yilga kelib 10 foizga etgan. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling