Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni tashkil etishning ilmiy
Download 0.94 Mb.
|
BMI 123
III bob bo`yicha xulosaBozor iqtisodiyoti sharoitda aksiyadorlik jamiyatida dividend siyosatini ishlab chiqish korporativ boshqaruvning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Dividend siyosatining asosiy maqsadi mulkdorlar tomonidan foydaning joriy iste‟mol qilinishi va uning kelajakdagi o`sishi o`rtasida optimal mutanosiblikni o`rnatishdan iborat. Dividendlar sohasidagi siyosatni kuzatuv kengashi shakllantiradi. Shuni nazarda tutish lozimki, aksiyalarni xarid qilishdan asosiy maqsad dividendlar olish hisoblanadi. Birinchidan keyingi yillardagi milliy korxonalarni isloh etish natijasida korporativ sektor iqtisodiyotidagi umumiy muammolar bevosita mulkdorlar, aksiyadorlar va menejerlar o`rtasidagi manfaatlar qaramaqarshiliklarini o`zida ifodalovchi korporativ boshqaruv tizimidagi mavjud muammolarga ham bevosita bog`liq bo`lmoqda. Buni hususiylashtirishdan so`nggi biznes muhitida “xo`jalik demokratiyasi”ni shakllantirish bilan bog`liq iqtisodiy va huquqiy hamda ijtimoiy muammolar ta’sirida hamon mahalliy aksiyadorlik korxonalarida yuqori korporativ boshqaruvni shakllanmaganligi bilan izohlash mumkin. Ikkinchidan bizning fikrimizcha, hozirgi sharoitda aksariyat yirik aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni rivojlanib borayotgan bo`lsada, ularni jamiyat hayotiagi ta’sirchanligi sezilarli emasdir. Korporativ boshqaruvni rivojlatirish orqali nafaqat kompaniya nufuzi ko`tarilishiga erishiladi, balki, uning aksiyadorlari, menedjerlari va mehnat jamoasi a’zolari o`rtasidagi ixtiloflar ham bartaraf etiladi, sog`lom muhitning vujudga kelishi ular taraqqiyotining bosh omiliga aylanadi. Uchinchidan korporativ boshqaruvning kompleks mexanizmi: korporativ strategiya, korporativ boshqaruvni, moliyaviy va axborot shaffofligi, aksiyadorlar, kreditorlar va boshqa qimmatli qog`ozlar egalari huquqlarini himoya qilish tizimining mavjudligi kabi tarkibiy elementlarni o`z ichiga olib, ularning har biri korporativ boshqaruvning samaradorligi uchun ahamiyatlidir. Korporativ boshqaruvning kompleks mexanizmi: korporativ strategiya, korporativ boshqaruvni, moliyaviy va axborot shaffofligi, aksiyadorlar, kreditorlar va boshqa qimmatli qog`ozlar egalari huquqlarini himoya qilish tizimining mavjudligi kabi tarkibiy elementlarni o`z ichiga olib, ularning har biri korporativ boshqaruvning samaradorligi uchun ahamiyatlidir. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling