Aksiyalarning qoʻllanishi va aksiyalar bozori oʻziga xos


Download 247.49 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi247.49 Kb.
#1563771
  1   2   3   4   5
Bog'liq
11111111,


Aksiyalarning qoʻllanishi va aksiyalar
bozori oʻziga xos xususiyatlari


Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisi- dagi qonunda belgilanishicha, aksiya – oʻz egasining aksiyadorlik ja- miyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻoz. Aksiyalar oddiy va imtiyozli aksiyalarga boʻlinadi.
Oddiy aksiya oʻz egasiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida oʻz ovozi bilan ishtirok etish huquqi, dividendlar olish va aksiyadorlik jamiyati tugutilganda mulkning bir qismiga ega boʻlish huquqini beruvchi qimmatli qogʻoz. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida aksiyador yoki uning vakolatchisi ishtirok etishi mumkin.
Oddiy aksiya egalari quyidagi huquqlarga ega:

  • ovoz berish huquqi yoki korporativ tuzilmani boshqarishda ishtirok etish. Oddiy aksiyalar egalariga aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishlarida va korporativ tuzilma faoliyatiga doir muhim qarorlar qabul qilishda ishtirok etish huquqini beradi;

  • korporativ tuzilma daromadlarida qatnashish yoki dividendlar olish huquqi. Dividend bu korporativ tuzilma daromadlarining qismi boʻlib, aksiyalar soniga qarab aksiyadolarga taqsimlanadi. Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar barcha soliqlar, kreditorlik majburiyatlar, obligatsiya boʻyicha foizlar va imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlangandan keyin toʻlanadi;

  • yangi emissiya qilingan aksiyalarni boshqa shaxslarga taklif etishdan oldin sotib olish huquqi afzalliklari. Bu huquqning afzalligi yangi emissiya qilingan aksiyalarni sotib olgan yangi aksiyadorlar oldida ularning ulushini himoya qilishdadir. Bunday huquq ayniqsa




nazorat hamda yirik paket aksiyalar egalari uchun muhimdir. Ushbu huquqdan foydalangan holda aksiyadorlar oʻzlarining kompaniyadagi ulushi miqdorida aksiyalarni sotib olishlari mumkin. Huquq afzalligi yana yangi aksiyalar ochiq bozorga chiqmasidan oldin nominal yoki bozor bahosidan arzon narxda aksiyador tomonidan xarid qilinishi mumkin. Buning natijasida bunday afzaliy huquq oldi sotdi obyekti boʻlishi mumkin;
– korporativ tuzilma tugatilishida mulk qismidan ulush olish huquqi. Kompaniyaning tugatilishi – bu kompaniya oʻz faoliyatini toʻxtatishi, barcha kreditorlar bilan qarzdorliklarni hisob kitob qilishi, qolgan mulkni aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlashi va boshqalar.
Ovoz huquqi – oddiy aksiya egalari uchun muhim xususiyat. Ammo xorijiy kompaniya oddiy aksiyalarini sotib olayotganda shunga eʼtibor berish lozimki, oddiy aksiyalarni chiqarayotganda kompaniyalar investorlarning ovoz huquqini cheklovchi yoki umuman rad etuvchi aksiyalarni ham emissiya qilishi mumkin. Aksincha, bunga qarshi koʻp ovozli, yaʼni bitta aksiya egasiga bir nechta ovoz huquqini beruvchi aksiyalar ham chiqarilishi mumkin (ayniqsa, chet el kapitali ishtirokidagi kompaniyalarda).
Umumiy holda aksiyadorlar huquqlariga quyidagilarni kiritish mumkin (4.1-rasm).

Aksiya – emissiyaviy qimmatli qogʻoz boʻlib, oʻz egasiga quyidagi huquqlarni beradi









AJ foydasidan dividend AJ faoliyatini boshqarishda




AJ faoliyatini boshqarishda qatnashish




AJ tugatilganda qolgan mulkga egalik qilish


Download 247.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling