Aksiyalarning qoʻllanishi va aksiyalar bozori oʻziga xos


Download 247.49 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi247.49 Kb.
#1563771
1   2   3   4   5
Bog'liq
11111111,

Qatnashish huquqi mavjud imtiyozli aksiyalar – egasiga daromad olish huquqi (qoʻyilgan kapitalga qatʼiy foiz tariqasida belgilangandan yuqori qoʻshimcha dividendlar olish) va jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini (aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ovoz berish) beradi. Aniqrogʻi, bunday imtiyozli aksiyalar oddiy aksi- yalar kabi boʻlib qoladi. Odatda, bunday aksiyalar aksiyadorlik kapi- talda tegishli ulushga ega boʻlgan aniq aksiyadorlar uchun chiqariladi.
Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalar – korporatsiyalar qayta chaqirib olinadigan imtiyozli aksiyalarni emissiya qilganda, ularni nominalga nisbatan ustama bilan qayta chaqirib olish huquqini oʻzida qoldiradi.
Qayta chaqirib olinmaydigan prefaksiyalar ularni muomalaga chi- qargan korporatsiya faoliyat yuritayotgan muddatgacha soʻndiril- maydi. Shu bilan, qayta chaqirib olinmaydigan prefaksiyalar oʻz navbatida shakllangan kapital tarkibini belgilangan bir muddatga muzlatib qoʻyadi.
Qayta chaqirib olinadigan imtiyozli aksiyalarga xos xarakterli belgilari quyidagilar:

  • aksiya egasi prefaksiyani qayta sotib olish holatida yuzaga keladigan noqulayliklar uchun oʻzgacha qoplama sifatida boʻlgan aniq premiyaning mavjudligi (odatda, katta boʻlmaydi). Odatda, qayta chaqirib olish toʻgʻrisida emitent 30 kun oldin ogohlantiradi (misol uchun, kumulyativ qayta chaqirib olinadigan preferensial aksiyalar ularni chiqargan kompaniya xohishiga koʻra ogohlantirgandan keyin

30 kundan oshmagan muddat ichida istagan vaqtda qisman toʻlab boriladi). Toʻlanish tartibi toʻlov, yaʼni qoplash sanasida aksiya qiymatiga aniq belgilangan premiya va qoplanmagan barcha preferensial dividendlar summasi qoʻshiladi va toʻlanadi;
– koʻpgina qayta chaqirib olinadigan aksiyalarni qayta chaqirib olish sharti – qayta sotib olish uchun yoki maxsus jamgʻarilgan fond mavjudligidir. Bunday jamgʻarilgan fond mavjudligi kompaniya aksiyalarni qayta sotib olish uchun bozorda bunday aksiyalarning aniq belgilangan sonini kelishilgan narxda sotib olish yoʻli orqali yillik toʻlovlarni amalga oshirish uchun taʼminot manbai boʻladi;


– qayta chaqirib olinadigan preferensial aksiyalar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish kafolat taʼminoti. Bunday taʼminot retrek- tiv prefaksiyalarni muomalaga chiqarish yoʻli orqali erishiladi.
Shunday qilib, aksiyani xarid qilish yoʻli orqali qimmatli qogʻozni qayta chaqirib olish turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi – nominalga nisbatan yuqori bahoda sotib olish (yoki premiya bilan); ikkinchi – qayta sotib olish uchun shakllantirilgan maxsus jam- gʻarilgan fond orqali; uchinchi – retrektiv prefaksiyalarni muomalaga chiqarish.
Aksiyalarni qaytarib sotib olish maqsadida maxsus jamgʻarila- digan fond tashkil etilishi mumkin. Qayta sotib olish fondini shakllantirishdan maqsad – bu fond narxlar pasayishi holatida amor- tizator rolini bajaradi, misol uchun, aksiyalar muomalaga chiqaril- ganda tasdiqlangan narxning pasayib ketgan holat. Bunday oldindan shakllangan fond yordamida kompaniya ushbu aksiyalarni toʻliq yoki qisman sotib olish mumkin. Qayta sotib olish fondi mavjud boʻlgan aksiyalarni sotib olishning ijobiy tomoni shundaki, u aksiyalarni har yili qisman qoplash (qayta sotib olish) yoʻli orqali qimmatli qogʻozlar bozori muntazam koʻmaklashadi. Imtiyozli aksiyalar ikkilamchi bozorda oldindan kelishilgan bahoda sotib olinadi.
Qayta sotib olish fondi funksiyasiga xos vazifani jamgʻarilgan fond bajaradi: har yili kompaniya sof tushumdan belgilangan foiz tariqasida aksiyalarni qayta sotib olish uchun bir qancha yillar mobaynida mablagʻ jamgʻarib boradi. Qayta sotib olish fondi singari jamgʻarilgan fond ham amortizator rolini bajaradi. Ammo, qayta sotib olish fondidan farqli oʻlaroq, jamgʻarilgan fond faqatgina narxlar pasayishi natijasida zararni qoplashdan tashqari, aksiyadorlarga aksiyalarni oʻz nominal yoki haqiqiy bahosidan yuqori, dividend toʻ- lovlarni ham mujassamlashtirgan narxda sotish uchun ragʻbatlantiradi.

Download 247.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling