Aksiyalarning qoʻllanishi va aksiyalar bozori oʻziga xos


Download 247.49 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi247.49 Kb.
#1563771
1   2   3   4   5
Bog'liq
11111111,

Nokumulyativ imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanmagan divi- dendlarni jamgʻarib borish mumkin emas. Agar aksiyadorlik jamiyati nokumulyativ imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlashni eʼlon qilmagan boʻlsa, aksiyadorlar hech qanday kompensatsiya (aksiya uchun qoplamalar)siz dividendlarni yoʻqotadi.
Konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalar imtiyozli aksiyalar aniq bir turini oddiy aksiyalarga almashtirish yoki jamiyat ustavida belgilangan muddatda imtiyozli aksiyalar bir turini ularning egalari talabi bilan boshqa turiga almashtirishni nazarda tutadi. Bunday holatda, jamiyat ustavida konvertlanadigan imtiyozli aksiyalarni chiqarish davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasigacha ushbu aksiyalarni almashtirish tartibi, shu jumladan, soni, qaysi aksiya turiga (kategoriyasi) almashtirilishi, almashtirish boshqa shartlari va boshqalar aniq belgilanishi lozim. Chiqarilgan birinchi konvertlana- digan imtiyozli aksiyalar joylashtirib boʻlgandan soʻng jamiyat ustavida tasdiqlangan nizom oʻzgartirilishi mumkin emas.
Agar konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalar oddiy aksiyalarga almashtirilsa, jamiyat ustavida ushbu aksiyalar boʻyicha ovoz berish huquqi nazarda koʻrilishi mumkin. Bunday imtiyozli aksiya egasining ovoz berish huquqi, unga tegishli aksiyalarning oddiy aksiyalarga almashtirganda soni miqdorida oddiy aksiyalar ovoz berish huquqi soniga teng boʻladi.
Konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalarni obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga almashtirish mumkin emas, aksiyalar bundan mustasno.
Qaytarib olish huquqi mavjud imtiyozli aksiyalar – bunday ak- siyalar emitentga aksiyani egasini oldindan ogohlantirmasdan qayta sotib olish huquqini beradi. Aksiyalarni qayta sotib olish aksiyadorlik jamiyatlari uchun qulay, investorlar uchun esa noqulay. Bunday aksiyalarni sotish maqsadida emitent investorlarni odatda, ushbu aksiyalarga asosiy kapitaldagi premiya miqdoridan yuqori premiya taklif qilish orqali jalb qiladi. Premiya – oʻz navbatida, aksiyalarni
qayta sotib olish imkoniyati uchun mukofot sifatida qaraladi. Odatda, qayta sotib olish uchun emitent 30 kun oldin ogohlantiradi.

Download 247.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling