Aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash muddatlarini maqbullashtirish. Reja


Aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etish


Download 44.25 Kb.
bet2/3
Sana12.10.2023
Hajmi44.25 Kb.
#1700032
1   2   3
Bog'liq
Aksiz solig`i

Aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etish.
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son) bilan Soliq kodeksiga aksiz soligʻi boʻyicha oʻzgartirishlar kiritildi.
Qarorda belgilanishicha, 2016 yil 1 yanvardan boshlab, aksiz soligʻi boʻyicha hisob-kitob har oylik asosda keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmay taqdim qilinadi hamda toʻlanadi.
Avval 2015 yilda aksiz soligʻi boʻyicha hisob-kitob har chorakda soliq davridan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay taqdim qilinardi. Bunda hisobot choragi mobaynida aksiz soligʻining taхmin qilinayotgan choraklik summasining uchdan bir qismi miqdorida har oyda joriy toʻlovlarni har oyning 25 sanasidan kechiktirmay amalga oshirish koʻzda tutilardi. Ushbu tartib 2015 yildan joriy qilingan.
Bu oʻzgartirish shu bilan asoslanadiki, joriy toʻlovlarni har oyda amalga oshirish hisobot choragining joriy oyida realizatsiya kamaygan yoki mavjud boʻlmagan taqdirda asossiz mablagʻlarni chiqarishga, tegishincha, chorakda aksiz soligʻini ortiqcha toʻlanishiga olib keladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni realizatsiya qilish hajmi soliq solish ob’yekti ekanligini hisobga olgan holda, qoʻshimcha qiymat soligʻi bilan oʻхshash jihatlari boʻyicha aksiz soligʻini haqiqatda realizatsiya qilingan hajmdan kelib chiqib toʻlashni joriy qilish taklif qilinmoqda. Qayd qilish lozimki, aksiz soligʻi toʻlovchilari uchun joriy toʻlovlarning mavjud emasligi – bu soliq toʻlashda muhim afzallik va yengillik.
Soliq kodeksining 230-moddasiga ko‘ra quyidagi operatsiyalar aksiz solig‘i solinadigan ob‘ekt hisoblanadi:
aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan: tovarni sotish (jo‘natish);
garov bilan ta‘minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan
aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirish; aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga
(muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni ulush qo‘shish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek ulush qo‘shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan aksiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish;
ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aksiz to‘lanadigan tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish.
Tekinga beriladigan aksizlanadigan mahsulot bo‘yicha quyidagilar soliq solish ob‘ekti bo‘lib hisoblanadi:
-aksiz solig‘ining qat‘iy stavkalari belgilangan alkogolli mahsulot, tamaki mahsulotlari, o‘simlik (paxta) yog‘i, etil spirti, pivo, vino bo‘yicha -sotilgan mahsulot hajmi natura ifodasida;
-boshqa aksizlanadigan mahsulotlar bo‘yicha soliq to‘lovchida tovarni berish paytida shakllangan narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan, biroq mazkur aksizlanadigan tovarni ishlab chiqarish bo‘yicha haqiqatda shakllangan xarajatlardan past bo‘lmagan qiymat.
Quyidagi aksizosti tovarlarga aksiz solig‘i solinmaydi:
aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga;
tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki avariyalar yuz berganda yordam ko‘rsatish uchun, insonparvarlik yordami va beg‘araz texnik ko‘mak sifatida, shuningdek xayriya maqsadlari uchun aksiz to‘lanadigan tovarlarni
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilishga;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga;
vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.
Aksizlanadigan tovarlar uchun soliq solish bazasi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
aksiz solig‘ining qat‘iy stavkalari belgilangan tamaki mahsulotlari, o‘simlik (paxta) yog‘i, etil spirti, pivo, kon’yak, aroq va boshqa alkogolli aroq mahsulotlari, filtrli va filtrsiz sigaretalar, neft mahsulotlari (benzin, dizel yoqilg‘isi va aviakerosin) bo‘yicha -sotilgan mahsulotning natural ko‘rinishidagi xajmi;
aksiz solig‘i to‘lanadigan boshqa mahsulotlar (zargarlik buyumlari, kumushdan qilingan oshxona buyumlari, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, “GM Uzbekistan” aktsionerlik jamiyati avtomobillari) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i hisobga olmagan holda, shartnomaviy narxlar bo‘yicha yuklab jo‘natilgan tovarning qiymatiga foiz hisobida.
Buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyodan mahsulotga aksiz solig‘ini hisoblash chog‘ida aksiz solig‘i solinadigan mahsulotni sotishga doir aylanma quyidagicha belgilanadi:
-aksiz solig‘ining qat‘iy stavkalari belgilangan mahsulot bo‘yicha tayyor mahsulotning fizik hajmidan kelib chiqib;
Ayrim rivojlangan davlatlarda, masalan, Frantsiyada aksizlar tovarlarning natural birligiga nisbatan qat‘iy stavkalarda belgilab qo‘yilgan. Jumladan, 1 litr vino uchun aksiz solig‘ining stavkasi 22 santimni, 1 litr shampan vinosi uchun 55 santimni, 1 litr pivo uchun esa 19,5 santimni tashkil qiladi.20
AQShda aksiz soliqlari Federal ahamiyatga ega bo‘lgan soliq hisoblanadi. Lekin ularning davlat budjeti daromadlarining hajmidagi salmog‘i nisbatan kichik. Aksiz solig‘i tamaki va alkogolli mahsulotlarga, transport xizmatlariga nisbatan joriy qilingan. Aksiz solig‘ining stavkasi 10 foizni tashkil etadi.
Buyuk Britaniyada aksiz soliqlari egri soliqlarning tarkibida salmog‘iga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘idan keyingi o‘rinni egallaydi. Aksiz solig‘i yoqilg‘i, alkogol va tamaki mahsulotlariga, transport vositalari va xizmatlariga nisbatan joriy qilingan. Uning stavkalari 10 foizdan 30 foizgacha oraliqda tebranadi.
Germaniyada aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlarning asosiy qismi Federal budjetga o‘tkaziladi, faqat pivoga nisbatan joriy qilingan aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar federal budjetga kelib tushmaydi. Aksiz solig‘ining stavkalari tovarlarning noto‘g‘ri birligiga nisbatan foizlarda va “evro”da belgilangan. Masalan, sug‘urta bitimlari bo‘yicha aksiz solig‘ining stavkasi sug‘urta polisi summasining 12 foiz miqdorida belgilangan. Shampan vinosiga nisbatan belgilangan soliq stavkasi 0,75 litr uchun 2 evroni tashkil qiladi.
Rossiya Federatsiyasida 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab, soliq kodeksining 2-qismini kuchga kiritilishi munosabati bilan aksizlarni qo‘llash doirasi sezilarli darajada kengaytirildi, ya‘ni an’anaviy aksiz solig‘i to‘lovchilar qatoriga ulgurji savdo tashkilotlari ham kiritildi.
Rossiya Federatsiyasida aksiz solig‘ining davlat budjeti daromadlarining manbai sifatidagi roli juda muhim bo‘lib, u aksiz soliqlari bo‘yicha tushum summalarini Federal budjet daromadlari tarkibidagi salmog‘ini yuqori ekanligida namoyon bo‘ladi. Masalan, 2003 yilda aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlarning Rossiya Federal budjeti daromadlari tarkibidagi salmog‘i 9,6 foizni tashkil qildi.
.Aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar.
Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi:
aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida;
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablag‘lari hisobiga, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni import qilishga.
aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi qonun hujjatlarida belgilanadi;
vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.



Download 44.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling