Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati aksiz so’zi
Download 18.36 Kb.
|
Yoqub Aksiz soligi
Mavzu: Aksiz solig’i REJA:
2 Aksiz solig'ining moxiyati,to'lovchilari va uning obyekti 3Aksiz solig'ini xisoblash tartibi AKSIZ SOLIG‘INING IQTISODIY MOHIYATI Aksiz so’zi (фр. accise, от лат. accido — обрезаю) lotincha «accido» (kesib olmoq, kesmoq) so’zidan olingan bo’lib, ma’nosi soliqqa tortish maqsadida idishdagi ichimlik miqdorini o’lchash uchun foydalaniladigan maxsus cho’pdagi kertma belgini anglatgan. Aksiz solig’i bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega, jumladan, u ommaviy xaridorgir tovar va xizmatlar hamda zeb-ziynat buyumlarning muayyan doirasiga nisbatan qo’llaniladi. Ammo rivojlangan mamlakatlarda esa aksiz solig’i umumiy soliq siyosatining muhim tarkibiy qismi bo’lib, byudjet daromadlarini to’ldirish maqsadida joriy etilgan bo’lsa, respublikamizda amal qilayotgan aktsiz solig’ining umumiy tamoyillari jihatidan boshqa davlatlardagidan deyarli farq qilmaydi. Chunki mulkchilik shaklidan qat’iy nazar aksiz solig’iga tortilishi belgilangan tovarlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar aksiz solig’i to’lovchilari hisoblanadi. Aksiz solig’i 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashma va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan 1992 yildan boshlab joriy etildi. Uning qo’shilgan qiymat solig’idan farqli tomoni shundaki, u ayrim turdagi tovarlar qamrab olgan bo’lib, bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo’llanilmaydi. Aksiz solig’i individual xarakterga ega bo’lib, faqat aksiz osti tovarlarga nisbatan qo’llaniladi. Bunday tovarlar aksiz solig’I qo’llaniladigan tovarlar ham deyiladi. 2 Aksiz solig'ining moxiyati,to'lovchilari va uning obyekti Soliqlar to'g'risidagi qonunlarning to'g'ri qo'llanilishi ustidan nazorat O'zbekiston Respublikasining "Davlat soliq xizmati to'g'risida"gi Qonuniga, O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Aksiz solig'i bilvosita soliq ko'rinishida byudjetga kiritiladigan (olinadigan), narxda va qo'shilgan qiymat solig'i solish bazasida xisobga olinadigan sof daromadning bir qismidir. Aksiz solig'i stavkalari va aksizlanadigan tovarlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda soliq to'lovchilarga O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq Qo'mitasi tomonidan etkaziladi.Aksiz solig'i to'lovchilari Aksizlanadigan tovarlar ishlab chiqaradigan, mulkchilik shaklidan qatxi nazar, yuridik shaxslar aksiz solig'i to'lovchilari xisoblanadi. Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo'jalik yuritishida yoki tezkor bosh-qaruvida mol-mulki bo'lgan va o'z majburiyatlari bo'yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va xisob-kitob varag'iga ega bo'lgan aloxida korxonalar xam tushuniladi. Soliq solish obyekti Aksizlanadigan tovarlar uchun soliq solish obyekti bo'lib quyidagilar xisoblanadi: aksiz solig'ining Qat’iy stavkalari belgilangan alkogolli maxsulot, tamaki maxsulotlari, qsimlik (paxta) yog'i, etil spirti, pivo, vino materiallari bo'yicha - sotilgan maxsulot xajmi natura ifodasida; boshqa aksizlanadigan maxsulotlar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ini xisobga olmasdan, yuklab jo'natilgan tovarning shartnomaviy narxlar bo'yicha qiymati (o'z ichiga aksiz solig'i summasini oladi). Tekinga beriladigan aksizlanadigan maxsulot bo'yicha quyidagilar soliq solish obyekti bo'lib xisoblanadi: aksiz solig'ining Qat’iy stavkalari belgilangan alkogolli maxsulot, tamaki maxsulotlari, qsimlik (paxta) yog'i, etil spirti, pivo, vino materiallari bo'yicha - sotilgan maxsulot xajmi natura ifodasida; boshqa aksizlanadigan maxsulotlar bo'yicha soliq to'lovchida tovarni berish paytida shakllangan narxlar darajasidan kelib chiqib xisoblangan, biroq mazkur aksizlanadigan tovarni ishlab chiqarish bo'yicha xaqiqatda shakllangan xarajatlardan past bo'lmagan qiymat. Buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyodan maxsulotga aksiz solig'ini xisoblash chog'ida aksiz solig'i solinadigan maxsulotni sotishga doir aylanma quyidagicha belgilanadi: aksiz solig'ining Qat’iy stavkalari belgilangan maxsulot bo'yicha tayyor maxsulotning fizik xajmidan kelib chiqib; boshqa maxsulotlar bo'yicha tayyor maxsulotni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatidan va buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyo qiymatidan kelib chiqib. Aksiz solig'i summasi quyidagi formulalar bo'yicha aniqlanadi: Suvsiz etil spirtining 1 litri uchun aksiz solig'ining Qat’iy stavkalari belgilangan maxsulot bo'yicha maxsulot birligiga alkogolli maxsulot (kam spirtli vino, shampan vinosidan tashqari) (F x A) / 100, bunda: F - tayyor maxsulot tarkibidagi spirt (o'tkirligi), foizlarda (undan spirt tayyorlangan xom ashyo turidan qatxi nazar); A - aksiz solig'ining Qat’iy stavkasi, qlchov birligiga so'mlarda. Tayyor maxsulot birligiga aksiz solig'ining Qat’iy stavkalari belgilangan maxsulot bo'yicha (kam spirtli vino, shampan vinosi, vino materiallari, etil spirti, pivo, qsimlik (paxta) yog'i va tamaki maxsulotlari) S x A, bunda: S - tegishli qlchov birliklarida sotilgan maxsulotning fizik xajmi; A - aksiz solig'ining Qat’iy stavkasi, qlchov birligiga so'mlarda. Boshqa aksizlanadigan maxsulotlar bo'yicha (O x A) / 100, bunda: O - o'z ichiga aksiz solig'ini oladigan narx, QQSsiz; A - aksiz solig'i stavkasi, foizlarda. Aksiz markalari bilan markalangan tovarlar bo'yicha aksiz solig'i belgilangan tartibda xisoblab chiqiladi. Bunda aksiz markalarining nominal qiymati aksiz solig'ini to'lash xisobiga kiritilmaydi. Aksiz solig'ini xisoblab chiqishning xususiyatlariAlkogolli maxsulot bo'yichaAlkogolli maxsulot bo'yicha belgilangan tartibga muvofiq byudjetga to'lanadigan aksiz solig'i summasi belgilangan stavkalar bo'yicha xisoblab yozilgan soliq summasi bilan "O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XK maxsus xisobvarag'iga o'tkaziladigan soliq summasi o'rtasidagi ayirma sifatida belgilanadi. "O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XKga o'tkaziladigan aksiz solig'ining miqdori, shuningdek mazkur tartib tatbiq etiladigan alkogolli maxsulotlarning ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi. Alkogolli maxsulot ishlab chiqaradigan korxonalar ularga xizmat ko'rsatadigan bankda "O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XKga o'tkaziladigan, belgilangan stavka bo'yicha xisoblab chiqilgan aksiz solig'ini to'lashga doir maxsus xisobvaraq ochadilar, bu soliq korxonaning ko'rsatilgan xisobvarag'iga xar o'n kunda, aksiz solig'ini to'lash muddatlaridan kechiktirmay o'tkaziladi. "O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XKga tegishli bo'lgan aksiz solig'i summasi, basharti korxona alkogolli maxsulotga doir aksiz solig'i bo'yicha to'lovlarning belgilangan prognozlarini bajargan va unda ko'rsatilgan soliq turi bo'yicha boqimandalar mavjud bo'lmasa, kompaniyaning maxsus xisobvarag'iga yo'naltiriladi. Download 18.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling