Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati aksiz so’zi
Aksiz solig'ini xisoblash tartibi
Download 18.36 Kb.
|
Yoqub Aksiz soligi
3 Aksiz solig'ini xisoblash tartibi
Maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladigan aksiz solig'ining miqdori O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.Tozalangan qsimlik (paxta) yog'i ishlab chiqaradigan korxonalar ularga xizmat ko'rsatadigan bankda belgilangan miqdorda xisoblab chiqarilgan aksiz solig'ini to'lash bo'yicha aloxida xisobvaraq ochadilar, u korxonaning ko'rsatilgan xisobvarag'iga xar o'n kunda, aksiz solig'ini to'lash muddatlaridan kechiktirmay o'tkaziladi.Davlat soliq xizmati tuman organlarining raxbarlari korxonalarga biriktirilgan moliya inspektorlari bilan xamkorlikda, ular bo'lmagan taqdirda esa tuman (shaxar) xokimiyatlarining moliya bo'limlari raxbarlari bilan xamkorlikda xisobot oyining yakunlari bo'yicha, xisobot oyidan keyingi oyning 3-kunidan kechiktirmay, aksiz solig'i bo'yicha boqimanda yoki ortiqcha to'lov summasini aniq ko'rsatgan xolda prognoz ko'rsatkichlarining bajarilganligi to'g'risida dalolatnoma tuzadilar. Aksiz solig'i bo'yicha prognoz ko'rsatkichlari bajarilgan va unga doir boqimanda bo'lmagan taqdirda korxonaning maxsus xisobvarag'ida to'plangan summa dalolatnoma asosida xisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladi. Belgilangan prognoz ko'rsatkichlari bajarilmagan yoki aksiz solig'i bo'yicha boqimanda bo'lmagan taqdirda etishmayotgan summa dalolatnoma asosida korxona xisobvarag'ida to'plangan summa xisobiga byudjetga undiriladi, to'plangan summaning qolgan qismi esa maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladi. O'simlik (paxta) yog'i ishlab chiqaruvchi korxonalarning maxsus xisobvaraqlarida to'plangan pul mablag'lari Qat’iyan maqsadga ko'ra ishlatiladi, Ya’ni maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladi. Soliq solishdan bo'shatib olingan mablag'lardan maqsadga ko'ra foydalanilmaganda korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar. Xar oyda, xisobot oyidan keyingi oyning 6-kunidan kechiktirmay, maxsus xisobvaraqda to'plangan mablag'lar konvertatsiyaga yo'naltiriladi. Konvertatsiyalangan mablag'lar ikki bank kuni mobaynida xukumat kafolati bilan jalb etilgan kreditlarni so'ndirishga yo'naltirilishi kerak. Soliq solishdan bo'shatib olingan mablag'lardan maqsadga ko'ra foydalanilmaganda korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladi. Xar chorakda, xisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan miqdorda xisoblab chiqarilgan aksiz solig'ining kelib tushishi va ko'rsatilgan mablag'larni kreditlarni so'ndirishga yo'naltirish to'g'risida xisobot taqdim etiladi. Aksiz solig'ini o'tkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shaxar moliya boshqarmalarining boshliqlari, Davlat soliq xizmati xududiy organlarining raxbarlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining qsimlik yog'i ishlab chiqaruvchi korxonalarga biriktirilgan moliya inspektorlari zimmasiga yuklanadi. Aksiz solig'ini xisobga olish unga doir aksiz solig'i O'zbekiston Respublikasi xududida to'langan xom ashyodan (maxsulotdan) aksizlanadigan tovar ishlab chiqarilgan taqdirda, xom ashyo (maxsulot) bo'yicha to'langan aksiz solig'i summasi ishlab chiqarish xarajatlariga kiritilmaydi, balki tayyor maxsulotning sotilgan xajmi bo'yicha byudjetga to'lanadigan aksiz solig'i summasini aniqlash chog'ida xisobga olinishi kerak. Xisobga olinadigan aksiz solig'i summasi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun aksizlanadigan xom ashyo (maxsulot) yetkazib beruvchilar xisobvaraq-fakturalarda yuklab jo'natilgan xom ashyo (maxsulot) bo'yicha aksiz solig'i summasini ajratib ko'rsatishlari kerak. Agar xarid qilinayotgan aksizlanadigan xom ashyo (maxsulot) bo'yicha aksiz solig'i summasi xisobvaraq-fakturada ajratib ko'rsatilmagan bo'lsa, u xisob-kitob yo'li bilan xisoblab chiqarilmaydi va tayyor maxsulot bo'yicha xisobga olinmaydi. Keyinchalik xisobga olinadigan, xarid qilinadigan aksizlanadigan xom ashyo (maxsulot) bo'yicha aksiz solig'i summasi aloxida ochiladigan "Xarid qilinadigan aksizlanadigan xom ashyo (maxsulot) bo'yicha aksiz solig'i" xisobvarag'ida xisobga olinadi va byudjetga to'lovlar bo'yicha qarzlarni xisobga olish xisobvarag'ining debetiga sotilgan maxsulot (soliq solinadigan aylanma) xajmiga to'g'ri keladigan xissada xisobdan chiqariladi. Tayyor maxsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, xisobot davri mobaynida xaqiqatda kelib tushgan vino materiallari uchun olingan xisobvaraq-fakturalarda ko'rsatilgan aksiz solig'i summasi xarid qilinadigan vino materiali bo'yicha mazkur tartibdan istisno tarzida xisobga kiritiladigan soliq summasi bo'lib xisoblanadi. Download 18.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling