Akslantirishlar va ularning xossalari


Kurs ishining dolzarbligi


Download 255.78 Kb.
bet2/16
Sana14.10.2023
Hajmi255.78 Kb.
#1701636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Akslantirishlar va ularning xossalari

Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekistоn Respublikasida amalga оshirilayotgan ta’lim sоhasidagi islоhоtlar o‘ziga xоs jamiyati hayotini yangilashda muhim o‘rin tutadi.Tarixiy haqiqat shu narsani e’tirof etadiki, jamiyat, ijtimoiy – siyosiy hayotdagi har qanday o‘zgarish fan maorif, ta’lim tarbiya strukturasiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘z kelajagini milliy ravnaqini o‘ylagan har qanday xalq, har qanday tuzum eng avval ta’lim – tarbiya maskanlari, ziyolilar haqida qayg’uradi. Ma’rifat ishini rivojlanishining eng muhim bo‘g’imlaridan biri, samarali nazorat usullarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqlashtirishdir. Respublikamizning mustaqillikka erishishi bizni jahon fani va ma’rifatining eng ilgari fikrlariga hamkor qildi. Jamiyatni ijtimоiy iqtisоdiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyotining asоsi bugungi kunda ta’lim muassasalarida taxsil оlayotgan yoshlarning bilim darajasi va egallagan ko‘nikmalariga bоg‘liq.Oliy ta’limda ta`lim olayotgan iqtidorli o`quvchilarni maqsadli tayyorlash va ularning noyob iste`dodini ro`yobga chiqarish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnalogiyalarni joriy etish zarurati paydo bo`ladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da qayd etilganidek: «Oliy ta’lim o`quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste`dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo`nalishlari bo`yicha o`z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o`zlaridagi noyob iste`dodni ro`yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratildi». Ushbu yo`nalishlarda dunyoning turli mamlakatlari mutaxassislari kabi Respublikamiz mutaxassislari ham samarali izlanishlar olib bormoqda. Ular tomonidan turli tavsiyalar, maxsus psixologik, pedagogik testlar, iqtidorli o`quvchilarni maqsadli tayyorlashga mo`ljallangan maxsus o`quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar, o`quv ijodiy, tarbiyaviy muammolar yechimlari ishlab chiqilmoqda.Ma`lumki, oliy ta’lim o`qitishning boshidan oxirigacha matematik masalalar o`quvchilarga matematik tushunchalarni to`g`ri shakllantirishga, uni o`rab turgan muhitning o`zaro aloqadorligining turli tomonlarini chuqurroq aniqlashga yordam beradi, o`rganilayotgan nazariy qoidalarni qo`llanish, kuzatilayotgan hodisalarda har xil sonli bog`lanishlarni o`rnatish imkonini beradi. Shu bilan birga masalalar yechish o`quvchi tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi. Bu kurs ishida ham algebra fani uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘phadlar tushunchasi va ular ustida amallar , teoremalar haqida yozilgan.

Download 255.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling