Akt soxasida iqtisodiyotning vazifalari, iqtisodiy qonunlar
Download 34.98 Kb.
|
Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil va sintez usuli
- Makroiqtisodiy tahlilda
- Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli.
- Pozitiv va normativ usullar.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar: Ilmiy abstraksiya usuli - voqea hodisalarning tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali belgilari e’tibordan chetlashtirilib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga tegishli belgilarga e’tiborni qaratishdir. Tahlil va sintez usuli. Tahlil – bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir. U ikki darajada amalga oshiriladi. Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va boshqa iqtisodiy sub’ektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga qaratilgan xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Makroiqtisodiy tahlilda milliy iqtisodiyotning holati, faoliyat qilishi va natijalari tadqiqot qilinadi. Iqtisodiy resurslarni to‘liq band qilish, inflyasiyani jilovlash va iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash orqali iqtisodiy o‘sishga erishish muammolari bu tahlil obyektdir. Qisqacha aytganda, makro-iqtisodiy tahlilda milliy xo‘jalik, uning alohida sektorlari (davlat, kooperativ, xususiy) va jahon xo‘jaligi o‘rganiladi. Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy ta’siri asosida umumiy xulosalar chiqarishdir. Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Tarixiylik dalili iqtisodiy fanlarda ham tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib qo‘yadi. CHunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida ro‘y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi. Foydalaniladigan usullar ichida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi, xususan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Induksiya va deduksiya usuli. Induksiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko‘rishni anglatasa deduksiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro‘y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi. Pozitiv va normativ usullar. Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning real hayotdagi holatini qanday bo‘lsa shu holicha aks ettiradi. Masalan, O‘zbekistonda ishsizlik 2012 yilda 0,6 foizni tashkil qildi. Respublikada narxlarning o‘sishi o‘tgan 2011 yilda 7,0 foizdan oshmadi va h.k. Normativ usul hodisa va jarayonlarning qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalardir. Masalan, ishsizlikning tabiiy darajasi 2,5 foizdan oshmasligi kerak. Real ish haqining o‘sishi narxlarning o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lishi zarur va h. k.Download 34.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling