Akt soxasida iqtisodiyotning vazifalari, iqtisodiy qonunlar


Download 34.98 Kb.
bet2/11
Sana31.07.2023
Hajmi34.98 Kb.
#1664005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari

Hamdo‘stlik davlatlari va xususan Rossiya Federatsiyasida chiqarilayotgan turli darsliklarda mazkur fanning predmeti bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’riflar berilmoqda. Ularning birida fanning predmeti «Ratsional xo‘jalik yuritish tizimining tarkibiy evolyusiyasini, haqiqiy boylikni va jamiyatning ayrim a’zolari va guruhlarining farovonligi, iqtisodiy o‘sishning omillari va qonuniyatlarini o‘rganadi»1, deb ko‘rsatilsa boshqasida cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xulq-atvorini o‘rganadi», deyiladi2.Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to‘g‘risida bildirilgan bu barcha fikrlardan ko‘rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darsliklarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganishga alohida ustuvorlik berilsa, «Ekonomiks» yo‘nalishidagi kitoblarda asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyoviy buyumlarga bo‘lgan munosabatini, iqtisodiy xatti-harakatini o‘rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida iqtisodiy vosita va ne’matlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun–qoidalarini yoki kishilarning iqtisodiy xatti-harakatini o‘rganishdan iborat. Iqtisodiy munosabatlar – bu iqtisodiy ne’matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan turli xil aloqa va munosabatlardir. Iqtisodiy munosabatlarning aniq namoyon bo‘lish shakllari qo‘ydagilar:

  • Iqtisodiy hodisalar: ishsizlik, inqiroz, inflyasiya, bandlik va h.k.
  • Iqtisodiy jarayonlari: ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, taqsimlash, ayriboshlash, iste’mol va h.k.
  • Iqtisodiyot nazariyasini shartli ravishda mikro va makroiqtisodiy nazariyalaga ajratish mumkin. Agar iqtisodiyotga mikrodarajada qaralsa fanning predmeti alohida iqtisodiy birliklar (alohida iste’molchi, alohida ishlab chiqaruvchi) ning hatti – harakatini o‘rganish, alohida tovarlarga narx shakllanishi, korxonalar xarajatlari va daromadlar qaror topishi va shu kabilarni tahlil qilishga qaratiladi. Iqtisodiyotga uning yirik tarkibiy qismlari (uy xo‘jaliklari, xususiy va davlat sektori) o‘zaro ta’siridagi yaxlit tizim sifatida qaralsa va davlat iqtisodiy siyosatining qonuniyatlari aniqlansa, bu makroiqtisodiy tahlil hisoblanadi. Makroiqtisodiyot shuningdek daromadlar, bandlik, narxlar darajasi, mahsulotning yalpi hajmi, milliy daromad, jami sarflar kabi jamlanma ko‘rsatkichlarni ham qarab chiqadi. Iqtisodiyotning mazkur ikki darajasi farqi faqat iqtisodiy tahlil nuqtai – nazaridan kelib chiqadiki, shu sababli iqtisodiyot nazariyasini bunday qismlarga ajratishni mutloqlashtirish ko‘pam to‘g‘ri emas. Chunki mikro va makroiqtisodiyot o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, bir – biri bilan qo‘shilib ketadi.

Download 34.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling