Aktivlar auditi aktivlar auditi reja
Sanoat namunalari uchun huquq
Download 0.5 Mb.
|
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Firmaning amaliy shuhrati
- Tashkiliy xarajatlar
Sanoat namunalari uchun huquq xalq istemol tovarlari va ishlab chiqarish texnik moljaldagi buyumlarning tashqi korinishini belgilaydigan, badiiy konstruktorlik echimlardan foydalanish huquqidir. Sanoat namunalari jismonan hajm egallaydigan model (avtomobil, samolyot, idish, stanok, mebel va shunga oxshash), yoki yassi tasvirli sanoat rasmi (gazmol, gilam, shrift va shunga oxshash) korinishda bolishi mumkin.
EHM uchun dastur taminoti va malumotlar bazasining qiymati nomoddiy aktivlar sifatida ularni xarid qilish sarflari va korxonaning ozida ishlab chiqish sarflarini ifodalaydi, shu bilan birga dastur taminoti standart yoki buyurtmali bolishi mumkinligi ham hisobga olinadi. Dastur vositalari texnik (shu jumladan dastur va ishlatiladigan) hujjatlashtirish bilan birgalikda malumotlarni ifodalovchi vositada namoyish etadi. EHM uchun dastur taminotlarini va malumotlar bazasini muhofaza qilish mualliflik huquqi vositalari orqali amalga oshiriladi. Firmaning amaliy shuhrati - Goodwill - buxgalterlik hisobi va auditga oid adabiyotlarda har xil nomlanadi. Masalan, firmaning bahosi, firmaning yaxshi nomi, firmaning amaliy aloqalari va boshqalar. Firmaning amaliy shuhratiga har xil omillar tasir etadi. Jumladan, xaridorlar, kreditorlar va xizmatchilar bilan munosabatlar, ishlab chiqarish va boshqaruv tuzulmasi, firmaning joylashgan orni va boshqalar. Nomoddiy aktivlarning bu turi ozining mazmuniga kora sotgan korxona balansida turgan mulklarning bahosi bilan sotib olgan korxona tomonidan tolangan haqiqiy baho ortasidagi farq sifatida ifodalanadi. Korinib turibdiki, nomoddiy aktivlarning bu turi odatda bir korxona tomonidan qandaydir bir boshqa biron bir korxonani sotib olishda vujudga keladi. Agar sotilayotgan korxona yoki xaridorlar firma obrosining qiymatini oldindan bilishni hohlasalar, u holda ular kompaniya oladigan ortacha tarmoq foydasidan oshadigan foyda normasidan kelib chiqib hisoblab chiqarishlari mumkin. Tashkiliy xarajatlar - korxona faoliyatini tashkil qilish chogida qilinadigan xarajatlardir. Unga bevosita taalluqli bolgan xarajatlar (masalan, yuridik, buxgalteriya, devonxona va harakatlanish xarajatlari) tashkiliy xarajatlar sifatida kapitallashtirilishi mumkin. Mazkur holatda ushbu xarajatlarning kelgusi davrda foyda keltirishi kapitallashtirish uchun asos bolib hisoblanadi. Faoliyatning birinchi yilida jami summalarni xarajatlarga kiritish xarajatning daromad bilan muvofiq kelmasligiga olib keladi. Ishlab chiqarish faoliyati muddati noaniq deb hisoblanishi bois ushbu xarajatlardan foyda olish davrini ham odatda aniqlash mumkin emas. Shu sababdan ham tashkiliy xarajatlarning aktiv sifatida tan olinishi biznesning aniq turiga bevosita bogliq boladi. Tashkiliy xarajatlar, ixtiyoriy tanlangan qisqa vaqt davri mobaynida amortizatsiya qilinadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling