Aktivlar auditi aktivlar auditi reja
Download 0.5 Mb.
|
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovar belgilari
- Tovar belgisi guvohnomasi
Savdo markalari - kompaniyalarga, mahsulot yoki xizmatlarga oid berilgan nomlar, ramzlar yoki boshqa xil (aniqlab beruvchi) identifikatsiyalar. Ular egalik qilishni asoslash uchun royxatga olinishi, royxatga olinganlari esa - ularning faoliyat muddatlarini malum bir davrga uzaytirish asosida yangilanib borishi mumkin. Bunday hollarda nomlanishlar, ramzlar va mahsulotning boshqa aniqlovchi identifikatsiyalari yuridik jihatdan himoyalanadi.
Savdo markasini sotib olish chogida tolangan pul mablaglari summasi kapitallashtirib boriladi. Unga ishlov berish, uni himoya qilish, kengaytirish, royxatdan otkazish yoki sudda himoya qilish natijasida yuzaga kelgan summalar ham kapitallashtiriladi. Shu tariqa kapitallashtirilgan summalar savdo markasining foydali xizmat qilishi muddati mobaynida yoki ushbu muddatlardan qaysi biri nisbatan qisqa bolib chiqishidan kelib chiqqan holda - 40 yil mobaynida amortizatsiya qilinishi lozim. Tovar belgilari birorta korxona tovar (xizmat)larini boshqa korxonalar tovarlari yoki xizmatlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilardir. Ular ogzaki, tasviriy, hajmli va boshqacha korinishlarda bolishlari mumkin. Asosiy faoliyati har xil xizmat korsatishdan iborat bolgan (mehmonxona, turistik byuro, transport korxonasi va shunga oxshash) tashkilotlar tomonidan foydalanadigan xizmat korsatish belgilari ham tovar belgilariga tenglashtirilgan. Tovar belgilari va xizmat korsatish belgilari ishlatiladigan tovarlar yoki korsatiladigan xizmatlarga maxsus (alohida) huquqqa egalikni tasdiqlaydi. Bu belgilar tovarlarga yoki qadoqlangan idish(upakovka)larga, chizmalarga, prospektlarga, schyotlarga, blankalarga, tovarlarni kuzatuvchi yoki ularni sotishga doir muomalalar bilan bogliq hujjatlar yorliqlariga tushiriladi. Tovar belgisi guvohnomasi tovar belgisidan foydalanadigan shaxsning huquqini tasdiqlovchi muhofaza hujjati bolib hisoblanadi. Foydali model ishlab chiqarish vositalari va istemol buyumlarining, shuningdek, ular tarkibiy qismlarining konstruktiv bajarilishi kabi tavsiflanadi. Foydali model guvohnomasi foydali modelni ishlatish uchun uning egasiga maxsus huquq beruvchi muhofaza hujjati bolib hisoblanadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling