Aktivlar auditi aktivlar auditi reja
Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir hisobot shakllari ko’rsatkichlarining o’zaro mosligini tekshirish
Download 0.5 Mb.
|
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy hisobotning asosiy vositalar bo’limi bo’yicha ko’rsatkichlarni Bosh daftar bilan taqqoslash.
- Hisobot Bosh daftar
Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir hisobot shakllari ko’rsatkichlarining o’zaro mosligini tekshirish.
Buxgalteriya hisoboti va Bosh daftar (yoki tegishli hisob registrlari) korsatkichlarining mosligini tekshirishda №3 shakldan foydalaniladi. Ushbu amallarni bajarish natijalari quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi. Moliyaviy hisobotning asosiy vositalar bo’limi bo’yicha ko’rsatkichlarni Bosh daftar bilan taqqoslash.
- tegishli schetlar qoldiqlarining yigindisi olinadi. Keyinchalik Bosh daftar malumotlarini sintetik va analitik hisob registrlari korsatkichlari bilan solishtirish natijalari boyicha tekshiruv davom ettiriladi. Asosiy vositalar analitik hisobining inventar kartochkalari malumotlari bilan taqqoslanadi. Auditor asosiy vositalar guruhlari boyicha harakat korsatkichlarini inventar kartochkalar boyicha analitik hisob malumotlari bilan mosligini tekshirishi mumkin. Auditor tekshiruvning mazkur bosqichida kuzatib chiqish amallari yordamida dastlabki hujjatlar malumotlarining analitik va sintetik hisob registrlarida aks ettirilishini, Bosh daftar yozuvlarini tekshiradi. Natijada u asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar buxgalteriya hisobi schyotlarida togri aks ettirilganligiga ishonch hosil qiladi. Asosiy vositalar analitik hisobini tashkil etish auditida auditor moddiy javobgar shaxslarni va ular bilan tuzilgan toliq moddiy javobgarlik togrisidagi shartnomalar mavjudligini aniqlashi zarur. Agar shartnomalar bolmasa, u holda auditor ularni tuzishni tavsiya qilishi lozim. Amaldagi tartibga kora asosiy vositalarning analitik hisobi ularning tasnifiy guruhlari va inventar obektlari boyicha, shuningdek obektlarning moddiy javobgar shaxslarda turish joyi (bolinmalar, brigadalar, tsexlar, uchastkalar va boshqalar) boyicha yuritiladi. Korxonaga kelib tushgan asosiy vositalarni tekshirishda har bir obekt boyicha alohida tuzilgan qabul qilish - topshirish dalolatnomasi (naqladnoyi) (AV-1 shakl) ning rasmiylashtirilishiga etibor qaratish zarur. Bunda dalolatnomadagi obektning tavsifi, turgan joyi, sotib olingan manbai, chiqarilgan yoki qurilgan yili, ishga tushirilgan vaqti, obektning sinov natijalari, uning texnik talablarga muvofiqligi va boshqa malumotlar tekshiriladi. Ayrim hollarda bir turdagi va narxi bir xil xojalik inventarlari, asboblar, stanoklar olinganda «Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish umumiy dalolatnomasi» tuzilishi mumkin. Bunda ushbu dalolatnoma malumotlari, unga ilova qilingan pasportlar, ishlatish tartibi, yoriqnomalar ham tekshirilishi zarur. Hisobga qabul qilingan har bir asosiy vosita obektiga inventar raqam berilgan bolishi lozim. Bu belgilar obekt foydalanishda bolgan jami davr ichida saqlanib, buxgalteriya hisobining barcha tegishli dastlabki hujjatlarida va hisob registrlarida korsatiladi. Obekt hisobdan chiqarilganidan song uning inventar raqami yangi kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi. Ayni vaqtda auditor asosiy vositalar obektlari qiymatini baholash va qayta baholash natijalarini inventar kartochkalarida, ham buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishning to’g’riligini tekshirishi maqsadga muvofiqdir. Bunda u O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (№129), Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (№4) va Davlat Soliq qo’mitasi (№2002-86) tomonidan tasdiqlangan «1 yanvar holati boyicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni otkazish togrisida Nizom»da belgilangan qayta baholash usullarining qollanilishini tekshiradi. Xususan, qayta hisoblash koeffitsentlarining qollanilishi va hisob-kitoblar togriligiga alohida etibor berishi lozim. Shu bilan birga qayta baholash natijasida narxlar oshgan yoki kamaygan summalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi ham tekshiriladi. Qayta baholanib oshgan summa 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oladigan schetlar» (0110-0190) debeti va 8510-«Mulklarni qayta baholash boyicha tuzatishlar» schyotining kreditiga yoziladi. Qayta baholangan asosiy vositalar obektlari boyicha tiklanish qiymati boyicha inventar kartochkaning «Rekonstruktsiyalash, modernizatsiyalash» bolimida qayd etilgan bolishi lozim. Shu bilan birga qayta baholangan eskirish summasi ham inventar kartochkaning tegishli bolimida aks ettirilgan bolishi kerak. Har bir moddiy javobgar shaxs asosiy vositalar obektlarining analitik hisobini AV-9 shakldagi vedomostda yuritishi kerak. Shuning uchun auditor tekshirilayotgan korxonada ushbu qoidaga rioya qilinayotganligiga ham ishonch hosil qilishi lozim. Bunda hamma moddiy javobgar shaxslar bilan belgilangan shaklda va ikki nusxada tola moddiy javobgarlik togrisida shartnomalar tuzilganligi, shartnomalarning bir nusxasi moddiy javobgar shaxslarning hujjatlar toplami (shaxsiy delosi) da, ikkinchi nusxasi esa shu xodimlarning ozlarida saqlanayotganligi tanlab tekshirilishi lozim. Bulardan tashqari, auditor barcha moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarni oz javobgarligiga olganligini tasdiqlab inventarizatsiya vedomostlarida imzo qoyganliklari hamda asosiy vositalarning keyingi kirimlari esa ularning dastlabki hujjatlardagi imzolari bilan tasdiqlanganini tekshiradi. Amaliyotda eng kop uchraydigan kamchiliklardan biri - korxonalar bunday kartochkalarni yuritishni ortiqcha ish deb hisoblaydilar (korxona buxgalteriyasida inventar royxatlarning borligini nazarda tutib), inventar kartochkalarni yuritadigan korxonalar esa hamma vaqt ham bu kartochkalarning rekvizitlarini toliq tolgazishga rioya qilmaydilar. Bulardan tashqari, asosiy vositalar kirimga olingan, hisobdan chiqarilgan va korxona ichida joyi (moddiy javobgar shaxslar) ozgartirilganda, ularning inventar kartochkalariga bu haqda tegishli yozuvlar yozilganidan keyin, oy oxirigacha joy-joyiga qoyilmasdan alohida saqlanganligi aniqlanadi. Songra shu kartochkalar asosida har oyda asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) ni hisob-kitobi tuzilib, ularning har bir turi boyicha jamlangan kirim, chiqim oborotlari va shu asosda tuzilgan «Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi» (AV-8 shakl) malumotlar ham tekshiriladi. Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi (AV-8 shakl) joriy yilning 1 yanvariga ochilib, unda asosiy vositalarning mavjud qoldiqlari turlari boyicha korsatilishi lozim. Undagi oylik oborotlar va oy oxiriga, yani keyingi oyning 1-sanasiga chiqarilgan qoldiqlari tekshiriladi. Songra uning malumotlariga asosan tuzilgan asosiy vostalarning oborot vedomostlari tekshirilib, yakunlari esa Bosh daftardagi yakunlar bilan solishtirilib chiqiladi. Shular asosida «Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati togrisidagi hisobot» (3-shakl) malumotlari tekshiriladi. Xulosa qilib aytganda, inventar kartochkalarini korxona buxgalteriyasida tasnifiy guruhlar boyicha, ularning ichida esa ishlatilish joylari boyicha saqlash yillik moliyaviy hisobot tuzishda asosiy vositalar harakati togrisidagi hisobot (3-shakl) ni toldirishni osonlashtiradi. Auditor buxgalteriya xodimlarining etiborini ushbu holatga qaratmoãi lozim. Agar hisob jarayonlari avtomatlashtirilgan bolsa, kartochkalarni qolda tolgazishga ehtiyoj qolmaydi. Bunda axborotlar korxonada mavjud bolgan analitik hisob mashinagrammalarida saqlanadi, lekin ular AV-6 shakldagi kartochkalarda hisobga olinadigan pozitsiyalardan kam bolmasligi lozim. Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning togriligini tekshirishdan maqsad sotib olingan asosiy vositalar hisobda togri aks ettirilganligini va foydalanishga topshirilgan obektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan iborat. Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur: sotib olingan asosiy vositalar obektlarining royxatini (miqdori va qiymati korsatilgan holda) olish, olingan malumotlarni 0110-0190 schyotlarning debet oborotlari bilan taqqoslash; yangidan sotib olingan asosiy vositalar obektlarining jismonan mavjudligi va dastlabki hujjatlarini tekshirish; foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar obektlarining qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash; soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini aniqlash; hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan hollarda eski qurilmalar qiymati hisobdan ochirilganligini. Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan otkazishni boshlashda dastlabki hujjatlar, ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi nuqtai nazaridan shaklan tekshiruvdan otkazilishi zarur. Korxonadagi asosiy vositalar oziniki va lizing shartnomasi asosida olingan bolishi mumkin. Oz asosiy vositalari korxonaga tegishli bolib, lizinga olinganlari esa operativ (qisqa muddatli) va moliyalanadigan (uzoq muddatli) lizing sharti bilan olingan boladi. Lizing oluvchi va lizing beruvchi ortasidagi ozaro munosabatlar Fuqarolik Kodeksi, Lizing togrisidagi qonun va boshqa tegishli huquqiy-meyoriy hujjatlar talablariga rioya qilingan holda, yozma ravishda tuzilgan ijara shartnomasiga muvofiq tartibga solib turiladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling