Aktivlar auditi aktivlar auditi reja
Download 0.5 Mb.
|
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja
Patent - bu yuridik jihatdan tan olingan va royxatga olingan mutlaq huquqdir. Patentga oid huquq uning egasiga tashqaridan boshqa shaxslar aralashmasligi sharti bilan patent amal qiladigan buyumdan, jarayon yoki faoliyatdan foydalanish, ularni ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish imkonini beradi.
Patentning patent organlarida royxatdan otkazilishi uning himoyalanishiga kafolat bermaydi va u sudda muvaffaqiyat bilan himoyalanmaguniga qadar raqobatbardosh bola olmaydi. Shuning uchun ham sudda muvaffaqiyatli himoya qilinishi bilan bogliq xarajatlarni patent bahosining bir qismi sifatida kapitallashtirish lozimligi togrisida umumiy kelishuv mavjud. Agarda sud jarayoni boy berilgan bolsa, u bilan bogliq xarajatlar ham amortizatsiya qilinmagan patent qiymati ham hisobdan chiqariladi. Patentning balans qiymati zarardan nolga teng bolishi mumkin bolgan qiymatgacha kamaytiriladi. Sanoat mulklari obektlarining oziga xos xususiyati, ularga egalik huquqini tasdiqlovchi muhofaza hujjatlarining mavjudligi hisoblanadi. Audit jarayonida nomoddiy aktivlar muhofaza hujjatlarinnig haqiqiyligiga alohida etibor qaratilishi lozim. Bunda, qoidaga kora patent egasida saqlanadigan, faqat bitta rasmiy muhofaza hujjati berilishini, mazkur obektdan litsenziyaga asosan foydalanadigan shaxslarda esa muhofaza hujjatining nusxasi bolishi lozimligini nazarda tutish kerak. Xalqaro amaliyotda «nouxou» tushunchasi bozor oborotida tijorat qadr - qimmatga ega bolgan, istalgan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish (tashkil etish va boshqaruv tizimini qoshgan holda) axborotlarini oz ichiga olishi mumkin. Shuningdek, «nouxou» huquqlari yani texnik-tajriba yoki ishlab chiqarish sirlari ham sanoat mulki obektlariga taalluqlidir. Bunday huquqlar, odatda, yuridik kuchga ega bolgan qandaydir hujjatlar bilan tasdiqlanmaydi, lekin ular tijorat siri hisoblanadi va maxsus muhofaza qilishni talab etadi. Amalda axborotlarga monopol egalik qilish huquqning vujudga kelishiga asos bolib xizmat qiladi. «Nou - xou» ni muhofaza qilish shartlari quyidagilardan iborat. Birinchidan, axborotning uchinchi shaxsga malum bolmasligi uning tijoriy qadr-qimmatiga zarur shart - sharoit (zamin) bolib xizmat qiladi. Ikkinchidan, u uchinchi shaxslarning bemalol kirishlari uchun yopiq bolishi kerak (qonun asosida). Uchinchidan, axborot egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish uchun zarur chora - tadbirlarni qollashi lozim. Ushbu maxfiylik shartlaridan birortasining buzilishi axbrot egasini uni himoya qilish huquqidan mahrum etadi. «Nou-xou» egasi huquqlarini himoya qilish Ozbekiston Respulikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa tegishli qonuniy hujjatlar bilan amalga oshiriladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling