Aktivlar auditi aktivlar auditi reja
Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan malumot manbalari
Download 0.5 Mb.
|
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja
11.2. Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan malumot manbalari
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan otkazishda foydalaniladigan manbalar buxgalterlik hisobning korxonada qabul qilingan tashkiliy shakliga ham bogliq. Bular hisobni qolda yuritish sharoitida: jurnal-orderlar, vedomostlar, kartochkalar: avtomatlashtirilgan hisob sharoitida esa kompyuter dasturlari, mashinagrammlaridir. Lekin hisobning har qanday shakli sharoitida ham asosiy vositalarning harakatiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi, xojalik ichidagi siljishi, tamirlanishi) meyoriy hujjatlar va dastlabki hujjatlashtirishning unifikatsiyalangan idoralararo shakllari bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalarini tartibga soladigan asosiy meyoriy hujjatlar; korxonaning hisob siyosati togrisidagi buyrugi; asosiy vositalarni hisobga olishda korxonada qollaniladigan analitik va sintetik hisob registrlari; buxgalteriya hisobotlari; asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (ichki siljish) dalolatnomasi (naqladnoyi) (AV-1 shakl); tamirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan obektlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl); asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl); avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolat-nomasi (AV-4 shakl); asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl); asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar royxati (AV-7 shakl); asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl); asosiy vositalarning inventar royxati (ishlatish joylari boyicha) (AV-9 shakl). Auditor ushbu meyoriy hujjatlar, hisob registrlari va dastlabki hujjatlarda asosiy vositalar harakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar imzolarining mavjudligi va haqqoniyligiga etibor qaratib, barcha rekvizitlarning togri tolgazilganligini aniqlaydi. Auditor korxonaning hisob siyosati togrisidagi buyruqda bayon qilingan - asosiy vositalarni hisobga olish uslubiyoti bilan tanishib chiqishi lozim. Bunda xususan quyidagilarni aniqlash zarur: obektlarni asosiy vositalar va aylanma mablaglar qatoriga olib borish uchun ular qiymatining belgilangan chegaralari; qiymatidan qatiy nazar asosiy vositalar qatoriga olib boriladigan obektlar royxati; asosiy vositalar boyicha amortizatsiya hisoblash usullari; asosiy vositalarni tamirlash uchun qilingan xarajatlarni aks ettirish tartibi; hisobot yilining 1 yanvar holatiga asosiy vositalarni qayta baholash kozda tutilganligi; asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish muddatlari; asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olish uchun ishchi schyotlar rejasida belgilangan schyotlar royxati. Asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olishda qollaniladigan va tekshiruvda auditor tomonidan jalb qilinadigan, sintetik va analitik hisob registrlari buxgalteriya hisobining korxonada qollanilayotgan shakliga bogliq. Ularga 0110-0199, 0211-0299, 0310 schyotlar boyicha sintetik hisob registrlari, sintetik va analitik hisob boyicha oborot vedomostlari, saldo vedomostlari kiradi. Asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar, odatda, dastlabki hujjatlarning unifikatsiyalangan (yagona shaklga keltirilgan) shakllari bilan, ayrim hollarda esa korxonada ishlab chiqilgan va hisob siyosati togrisidagi buyruq bilan tasdiqlangan dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Auditor tekshiruv chogida moliyaviy hisobotning quyidagi shakllaridan foydalanadi: buxgalteriya balansi (1-shakl); moliyaviy natijalar togrisida hisobot (2-shakl); pul oqimlari togrisidagi hisobot (4-shakl); xususiy kapital togrisida hisobot (5-shakl); izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar. Buxgalteriya balansi (1-shakl)da korxonaga mulkiy huquq aso-sida, tezkor boshqaruv va xojalik yuritish uchun taalluqli bolgan asosiy vositalar I - «Uzoq muddatli aktivlar» bolimidagi «Asosiy vositalar» moddasida boshlangich qiymati, eskirish va qoldiq qiymatlari boyicha batafsil beriladi. Asosiy vositalar balansda HETTO bahosi yani qoldiq qiymati boyicha aks etti-riladi (belgilangan tartibga muvofiq qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya hisoblanmaydigan) asosiy vositalar obektlaridan tashqari). «Asosiy vositalar harakati togrisida hisobot» (3-shakl) boyicha quyidagilar togrisidagi malumotlar organiladi: asosiy vositalar alohida turlarining hisobot davri boshi va oxiriga mavjudligi hamda hisobot davri davomidagi harakati (kirimi, chiqimi). Asosiy vositalar dastlabki qiymati (tiklash qiymati) boyicha korsatiladi; barcha asosiy vositalar, shuningdek ularning ayrim guruhlari: binolar va inshootlar, mashinalar, qurilmalar, transport vositalari va boshqalar; butunligicha yoki ayrim turlari (binolar, inshootlar va hokazo) boyicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshiga va oxiriga mavjudligi; konservatsiyaga qo’yilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshi va oxiriga mavjudligi. Moliyaviy hisobotga tushuntirish va izohlarda №1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) dagi qoidalardan kelib chiqib, quyidagilar to’g’risidagi axborotlar bayon qilinadi (ochib beriladi): asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga qabul qilingandagi qiymatining o’zgarishi (qo’shimcha qurish, qo’shimcha jihozlash, qayta jihozlash va qisman tugatish hollari ham qoshilib); korxonada asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatlarini belgilash (asosiy guruhlari boyicha); qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya qilinmaydigan) asosiy vositalar; Aniqlangan xatolar auditorlik hisobotida tafsilotlari bilan aks ettirilishi lozim. Zarur hollarda auditor qarama-qarshi tekshiruv otkazishi ham mumkin. Amaliyotda asosiy vositalar harakatiga oid muomalalarini ixtiyoriy shakldagi (ozboshimcha tuzilgan) hujjatlar bilan rasmiylashtirish kabi qonunbuzarlik hollari ham koplab uchraydi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling