Aktivlar auditi aktivlar auditi reja
B. Mohiyati boyicha muolajalar
Download 0.5 Mb.
|
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja
B. Mohiyati boyicha muolajalar.
Mavjudligi, huquqlari, tolaligini tekshirish; Moliyaviy qoyilmalarni haqiqatda mavjudligini tekshirish; Moliyaviy qoyilmalarga huquqiy tegishli ekanligini togri hujjatlashtirilganligini tekshirish; Moliyaviy qoyilmalarni aktivlarga kiritilish mezonlariga mosligini tekshirish; Moliyaviy qoyilmalardan olingan daromadlar va uning hisobini togriligini tekshirish; Moliyaviy qoyilmalar boyicha muomilalarni tolaligicha hisobda aks ettirilishini tekshirish; Moliyaviy qoyilmalarni hisobotda baholanishini hisob siyosatiga mosligini tekshirish; Moliyaviy qoyilmalarni uzoq muddatli va qisqa muddatli ekanligini tasnifini togriligini tekshirish; Hisobotlardagi mavjud axborotlarni oshkor qilinishini tekshirish; Xato va kamchiliklarni taxminiy royxati; Tizimli (sistemali) kamchiliklar togrisida malumot; Tanlab tekshirish natijalarini tahlili; Meyoriy hujjatlar boyicha aniqlangan kamchiliklar royxati; Moliyaviy qoyilmalar auditi boyicha xulosa. Korxonaning hisob siyosati togrisidagi buyrugi boyicha auditor quyidagilar bilan tanishishi mumkin: boshqa korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etishdan olingan daromadlarni oddiy yoki operatsion faoliyatdan olingan daromadlar qatorida tan olish; moliyaviy qoyilmalarni aks ettirish uchun foydalaniladigan ishchi schyotlar rejasi; qollaniladigan buxgalteriya hisobi shakli va korxona buxgalteriyasida tuziladigan hisob registrlari royxati; moliyaviy qoyilmalarni hisobga olish bilan bogliq dastlabki hujjatlarning hujjatlar aylanishi (hujjatlar aylanish grafigi) bilan; korxonaning moliyaviy qoyilmalari, qarz shartnomalarini rasmiylashtirishga ruxsat etilgan shaxslar royxati; moliyaviy qoyilmalarni hisobga olish uchun korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari; Buxgalteriya hisobining yagona jurnal-order shaklidan foydalanadigan korxonalarda jurnal-orderlar qollanilib, ularda hisobga qabul qilingan dastlabki hujjatlardagi axborotlar toplanadi va muomalalar aks ettiriladi. Moliyaviy qoyilmalarni hisobga olishda kompyuter dasturlaridan foydalanilganda schyotlar boyicha debet va kredit oborotlarining bosmadan chiqarilgan yozma nusxasining malumoti tuziladi. Moliyaviy qoyilmalarning analitik hisob registri sifatida «Qimmatli qogozlarni hisobga olish daftari» tavsiya etiladi. Qimmatli qogozlar boyicha muomalalar quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi: tasis shartnomasi (boshqa korxonalar ustav kapitaliga investitsiyalar qilishda), qimmatli qogozlar oldi-sotti shartnomasi, qarz shartnomasi, depozit jamgarma uchun shartnoma, qimmatli qogozlarni garovga qoyish shartnomasi, oddiy shirkat shartnomasi (hamkorlikdagi faoliyat shartnomasi) va boshqalar. Auditor ushbu korsatilgan shartnomalar qoidalarining qimmatli qogozlar bilan bogliq muomalalarni tartibga soladigan boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlar talablariga mos kelishini tekshirishi lozim. Moliyaviy qoyilmalar auditida malumot manbasi sifatida foydalaniladigan dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: qimmatli qogozlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, hamkorlikdagi faoliyatga qoshiladigan ulushni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, umumiy ishni yurituvchi hamkor tomonidan mulklarni qabul qilish togrisidagi avizo, pul shaklidagi ulushlarni otkazish togrisidagi tolov-topshiriqnomasi va bank kochirmasi (naqd pulsiz hisob-kitoblarda) yoki kassa chiqim orderi va kassa kirim orderining kvitantsiyasi (naqd pullik hisob-kitoblarda), qimmatli qogozlar qiymatini tolash uchun beriladigan mulklar (aktivlar)ni rasmiylashtirish schet-fakturasi va nakladnoyi, qimmatli qogozlar va qatiy hisobda turadigan blankalarning inventarizatsiya royxati va boshqa hujjatlar. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling