Aktivlar auditi aktivlar auditi reja
Moliyaviy qoyilmalar tavsifi, auditining xususiyati, maqsadi va vazifalari
Download 0.5 Mb.
|
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja
11.8.Moliyaviy qoyilmalar tavsifi, auditining xususiyati, maqsadi va vazifalari
Korxonaning vaqtincha bosh torgan pul mablaglaridan samarali foydalanish usullaridan biri bu ularni qimmatli qogozlar sotib olishga yonaltirishdir. Mablaglarni qimmatli qogozlarga yonaltirish oz tavsifiga kora yuqori tavakkalchilik faoliyati bilan bogliq bolib, tavakkalchilik darajasini imkoni boricha pasaytirish maqsadida emitentning moliyaviy holatini va bozor konyunkturasini bilish fond birjasi malumotlarini muntazam ravishda monitoring qilib turishni taqazo etadi. Moliyaviy qoyilmalar inflyatsiya sharoitida pul mablaglari qadrsizlanishining oldini olish, qoshimcha daromad olish va boshqa korxona faoliyati ustidan nazorat ornatish maqsadida amalga oshiriladi. Moliyaviy qoyilmalar buxgalteriya hisobotidagi «Uzoq muddatli moliyaviy qoyilmalar» va «Qisqa muddatli moliyaviy qoyilmalar» moddalari korsatkichlarining ishonchliligi va moliyaviy qoyilmalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish boyicha qollanilayotgan uslubiyotning Ozbekiston Respublikasida amal qilayotgan meyoriy hujjatlarga muvofiqligi togrisida xulosa shakllantirish maqsadida auditorlik tekshiruvidan otkaziladi. Moliyaviy qoyilmalarni auditorlik tekshiruvidan otkazishning maqsadi boshqa aktivlar tekshiruvidagi kabi quyidagilarni taminlashdan iborat: toliqli - barcha moliyaviy qoyilmalarning buxgalteriya hisobi va hisobotida toliq aks ettirilishi, hisobga olinmay qolgan moliyaviy qoyilmalar yoqligi; korxona tomonidan sotib olingan qimmatli qogozlar va berilgan qarzlarning barchasi buxgalteriya hisobi va hisobotida toliq aks ettirilishi; moliyaviy qoyilmalar hisobga olinadigan sintetik schyotlar qoldigi va oborotlarining tegishli analitik hisob schyotlari qoldiq va oborotlariga mos kelishi; schyotlar boyicha qoldiq va oborotlarning buxgalteriya hisobi registrlaridan Bosh daftarga va buxgalteriya hisobotlariga toliq hajmda otkazilishi; moliyaviy qoyilmalar kirimi va hisobdan ochirilish faktlarining barchasi buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirilishi; moliyaviy qoyilmalar harakatiga doir barcha muomalalarning buxgalteriya hisobida oz vaqtida royxatdan otkazilishi; mavjudligi - barcha moliyaviy qoyilmalar karxona uchun ahamiyatli bolib, balans tuzish sanasiga mavjud va kelajakda daromad keltiradi; moliyaviy qoyilmalar mavjudligi belgilangan tartibda otkazilgan inventarizatsiya va zarur dastlabki hujjatlar bilan tasdiqlangan; huquq va majburiyatlar - korxona moliyaviy qoyilmalar uchun tegishli huquqlarga ega va ushbu huquqlar bilan bogliq xavf-xatar uchun masuldir: buxgalteriya hisobida aks ettirilgan moliyaviy qoyilmalar (qimmatli qogozlar va berilgan qarzlar) korxonaga qonun asosida tegishlidir; buxgalteriya balansida aks ettirilgan qimmatli qogozlar korxonaga mulkiy huquq asosida tegishli bolib, tegishli huquq talablariga mos shartnomani amalga oshirish natijasida olgan hamda korxona qimmatli qogozlar olinganligini tasdiqlovchi barcha zarur guvohliklarga ega; buxgalteriya hisobi schyotlaridagi barcha yozuvlar amaldagi qonunchilik va meyoriy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan. Isbotlovchi va dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan; moliyaviy qoyilmalarga doir barcha muomalalar amaldagi qonunchilikka zid bolmagan munosabatlar sharoitidan kelib chiqadi; moliyaviy qoyilmalar bilan bogliq muomalalarni amalga oshirish belgilangan tartibda vakolatli shaxslar tomonidan ruxsat etilganligi; baholashlar - moliviy qoyilmalar (qimmatli qogozlar) buxgalteriya hisobi va hisobotida meyoriy hujjatlar talablariga muvofiq baholangan: chet el valyutasidagi qimmatli qogozlarni somda baholash amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq otkazilgan; qimmatli qogozlarni sotib olish usuliga kora ularning haqiqiy qiymati meyoriy hujjatlar talablariga muvofiq shakllantirilgan; qimmatli qogozlar qiymati buxgalteriya hisobotiga kiritish uchun meyoriy hujjatlar talablariga muvofiq va togri hisoblab chiqarilgan (bozor bahosi pasayishini hisobga olgan holda); qimmatli qogozlarni sotishdan olingan tushum buxgalteriya hisobida dastlabki hujjatlardagi malumotlarga mos bahoda aks ettirilgan; aniqligi - moliyaviy qoyilmalarga doir xarajatlar buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq hisobga olingan, buxgalteriya hisoboti malumotlari sintetik hisob registrlaridagi yozuvlarga mos keladi: dastlabki hujjatlarda, buxgalteriya hisobi registrlarida, malumotlarni buxgalteriya hisobotlariga otkazishda korsatkichlarning arifmetik aniqligiga rioya qilingan; chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogozlarning somdagi qiymatini aniqlashda Ozbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan va muomala sodir bolgan kunda amalda bolgan chet el valyutasi kursidan foydalanilgan; buxgalteriya hisobotida haqiqiy malumotlar asosida aniqlangan moliyaviy natijalar aks ettirilganligi; hisob davrining cheklanganligi -moliyaviy qoyilmalarni hisobga qabul qilish va hisobdan chiqarishga doir barcha muomalalar tegishli hisob davrida hisobga olingan; taqdim qilish va bayon qilish - barcha moliyaviy qoyilmalar togri turkumlangan va buxgalteriya hisobotida mohiyati ochib berilgan: moliyaviy qoyilmalar turlari va qaytarish muddatlariga kora turkumlangan; moliyaviy qoyilmalarni sotish va qaytarish bilan bogliq daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar togrisidagi hisobotda togri turkumlangan; moliyaviy qoyilmalar togrisidagi axborotlar buxgalteriya hisobotlariga beriladigan tushuntirishlarda ochib berilgan; Tekshiriladigan masalalar boyicha etarli dalillarga ega bolish korsatilgan faktlarni mustaqil baholash, yol qoyilgan xato - kamchiliklarni hamda amaldagi meyoriy hujjatlar va buxgalteriya hisobi qoidalaridan chetga chiqishlarni aniqlashga imkon beradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling