Akustika 1- §. Tovush fizik hodisadir. Tovushning tarqalishi
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Oybek Temur akaga
a)
b) c) bo‘lgan rezonator qutichasi ustiga qo‘yiladi (bu qutichaning uzunligi kamerton asosiy tonining havodagi to‘lqin uzunligining choragiga teng bo‘lishi kerak). Kamertonning tarmoqlari shunday tebranadiki, bunda 2.8 a-rasmda ko‘rsatilganidek tik to‘lqin hosil bo‘ladi. Asosiy tonga mos keluvchi bu tebranishga qo‘shimcha tonlar vujudga keltiruvchi tebranishlar qo‘shiladi. Bunda chastotalari asosiy tonining chastotasidan 4 1 6 va 2 1 17 marta katta bo‘lgan garmonik tebranishlar yaqqol ajralib turadi. Agar skripka kamonchasini kamerton tarmog`ining o‘rta qismidan pastrog`iga ishqasak, u holda asosan 2.8 b- rasmda tasvirlangan tebranish yuzaga keladi. Bu holda kamerton chastotasi asosiy tonning chastotasidan 4 1 6 marta katta bo‘lgan juda “tiniq” birinchi qo‘shimcha ton chiqaradi. . 2.8-rasm. Kamertonning asosiy va qo‘shimcha tonlari. Cholg`u trubasi (masalan, fleyta, klarnet, fagot va boshqalar) chiqaradigan asosiy tovush tonining chastotasi rezonans tebranishlari truba ichida uyg`otilgan tovushni kuchaytiradigan havo ustunining uzunligiga bog`liq. Bu havo ustunida tik tovush to‘lqinlari paydo bo‘ladi; agar bunda trubaning ikki tomoni ochiq bo‘lsa, u holda trubaning uchlariga tik to‘lqinning do‘ngliklari to‘g`ri keladi; agarda trubaning faqat bir tomoni ochiq bo‘lsa, u holda ochiq uchida do‘nglik, yotiq uchida esa tugun joylashadi. Har qanday turg`un to‘lqinda do‘ngliklar orasidagi masofa doim to‘lqin uzunligining yarmiga teng, shuning uchun ham ikki tomoni o ch i q truba rozonans ravishda kuchaytiriladigan tovush asosiy tonining to‘lqin uzunligi trubaning ikkilangan uzunligiga teng bo‘ladi. Ikkala tomoni ochiq truba ichida bu asosiy 41 tebranish bilan bir vaqtda barcha mumkin bo‘lgan karrali chastotalar bilan ham tebranishlar yuz berishi mumkin (2.9- rasm). Agar trubaning bir tomoni bekik bo‘lsa, u holda truba rezonans ravishda kuchaytiradigan tovush asosiy tonining to‘lqin uzunligi truba uzunligidan to‘rt marta katta bo‘ladi (bu holda, aytib o‘tilganidek, trubaning ochiq uchida do‘nglik, yopiq uchida esa tugun joylashadi; do‘nglik bilan tugun orasidagi masofa chorak to‘lqin uzunligiga teng bo‘ladi). 2.9 a- va b rasmlarni taqqoslab ko‘rib, bir tomoni berk trubalar uchun asosiy ton va obertonlarnnng tebranishlar soni 1:3:5:7 va hokazo nisbatda bo‘lishini, ya`ni juft obertonlar yo‘qligini payqab olish qiyin emas (haqiqatdan ham, agar biz 2.9 a- rasmni o‘rtasidan vertikal yo‘nalishda kesib, trubaning o‘rtasida tugun emas, do‘nglik joylashgan shakllarni tashlab yuborsak, u holda bir tomoni berk truba ichida yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan hamma tik to‘lqinlarning tasvirini olamiz, ya`ni 2.9 b- rasmni olamiz). 2.9 a-rasm. Ikkala uchi ochiq (a) va bir uchi ochiq (b) truba ichidagi tovush tebranishlari. Tor chiqaradigan tovushning chastota tarkibi torning uzunligiga, massasiga va tarangligiga, shuningdek tor tebranishlarini uyg`otish usuliga bog`liq. Tor chiqarayotgan tovushning asosiy toni va obertonlari torning ko‘ndalang tebranishlarining turg`un to‘lqinlariga mos keladi. Torlarda turg`un to‘lqinlarni Melde (1860-y.) tekshirgan bo‘lib, u o‘tkazgan tajribaning sxemasi 2.10- rasmda tasvirlangan. a) b) 42 Melde tor tebranishlarini uyg`otish uchun torning bir uchini kamertonning bir tarmog`iga bog`lab, tosh ilingan ikkinchi uchini blok orqali o‘tkazib osiltirib qo‘ygan. Tebranishlarni bunday qo‘zg`atish usuli shu jihatdan qiziqarliki, bunda torga kamerton tomonidan beriladigan bo‘ylama impulslar torning ko‘ndalang tebranishlarini vujudga keltiradi. Bu odatda, tebranishlarni parametrik uyg`otishning o‘zginasidir (“parametr” - kattalik so‘zidan olingan bo‘lib, bunda tebranayotgan kamertonning torga ta`siri torning tarangligini davriy ravishda o‘zgartirib turishidan iboratdir). 2.10-rasm. Melde tajribasi. Melde tajribasida kamerton tebranishlari soni bilan tor ko‘ndalang tebranishlarining xususiy chastotasi orasidagi nisbat ma`lum bir qiymatga ega bo‘lganda tor tebranishlarining tik to‘lqinlari yuzaga keladi va ular yaqqol ko‘rinib turadi. Bu hodisa parametrik rezonans deb ataladi; u tashqi ta`sir chastotasi (kamertonning chastotasi) sistemaning (torning) xususiy tebranish chastotasidan butun son marta katta bo‘lgan hollarda kuzatiladi. Torning ko‘ndalang tebranishlari xususiy chastotasi tor tarangligining kvadrat ildiziga proporsionaldir. Melde tajribasining takrorlash yo‘li bilan torni tortib turuvchi toshni torning xususiy tebranish chastotasi kamertonning tebranish chastotasidan ikki marta kichik bo‘ladigan qilib tanlab olish qiyin emas; u vaqtda 2.10- A rasmda ko‘rsatilgan tik to‘lqin hosil bo‘ladi. Toshning og`irligi yuqoridagidan to‘rt marta kam bo‘lganda 43 2.11-rasm. Unli tovushlar uchun xarakterli chastotalar sohasi (unli tovushlarning formantlari). tugun torning o‘rtasiga to‘g`ri keladi (2.10- B rasm); agar toshning og`irligini 9, 16, 25 va h. k. marta kamaytirsak, u holda tugunlar soni har gal bittaga ortadi. Torlarning tebranish qonunlarini Mersen (1636-y.) kashf etdi. Bu qonunlar Teylor (1713-y.) nazariy yo‘l bilan chiqargan formulada umumlashtirilgan: Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling