Akustika 1- §. Tovush fizik hodisadir. Tovushning tarqalishi
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Oybek Temur akaga
m
T L n v i i 2 1 , (2.8) Bu erda i n = 0 bo‘lganda 0 tor chiqaradigan asosiy tonning chastotasini ifodalaydi, i n = 1, 2, 3, 4 va h. k. bo‘lganda i mos obertonlarning chastotalarini ifodalaydi, L - torning uzunligi, T - torning tarangligi, m- tor birlik uzunligining massasi. Obertonlarning nisbiy kuchi tor tebranishlarini uyg`otish usuliga bog`liqdir. Masalan, agar kamonchani torning birinchi oberton turg`un to‘lqinining turg`un joylashgan o‘rta nuqtasiga ehtiyotlik bilan ishqasak, u holda deyarli birinchi obertoni bo‘lmagan tovush uyg`onadi. Nutq tovushlari tebranishlari juda murakkab xarakterga ega bo‘lgan tovush pardalari tomonidan chiqariladi. Tomoq bo‘shlig`ining, ayniqsa og`iz bo‘shlig`ining rezonans xossasi tufayli pardalar chiqaradigan tovushning xarakteri keskin o‘zgaradi: chastotalari rezonans bo‘shliqlarining xysysiy chastotalariga yaqin bo‘lgan ayrim komponentlari kuchayadi va chiqarilayotgan tovushning asosiy energiyasi ana shu komponentlarda to‘planadi. Bo‘shliqning xususiy chastotasi uning o‘lchamlari va shakliga bog`liq bo‘lganligi uchun, ravshanki maksimal kuchaytiriladigan komponentlarning holati u yoki bu nutq tovushini chiqarayotgan vaqtda og`iz bo‘shlig`iga berilgan shakl bilan aniqlanadi. 44 Biz kundalik tajribamizdan bilamizki, nutqning har bir tovushiga og`iz bo‘shlig`ining til va labning vaziyati bilan aniqlanuvchi ma`lum bir shakli mos keladi; demak, nutqning har bir tovushiga rezonanslovchi bo‘shliqlarning xususiy chastotalari yaqinida yotuvchi bir yoki bir nechta xarakteristik chastotalar sohasi mos keladi. Tovush energiyasining ma`lum chastotalar (unli tovushlar uchun juda tor) sohalarida ana shunday to‘planishi bizga nutq tovushlarini bir-biridan ajratishga imkon beradi. Har bir nutq tovushi uchun xarakterli bo‘lgan bunday chastotalar sohalari formantlar deb ataladi. Ayrim unli tovushlar formantlarining holati 2.11- rasmda ko‘rsatilgan. Qo‘sh xoj bilan asosiy (bosh) formantlar, bir xoj bilan esa asosan tembrning faqat o‘ziga xos xususiyatlarini xarakterlaydigan ikkinchi darajali formantlar belgilangan. O‘zlarining tabiatiga ko‘ra shovqinlarga yaqinroq turuvchi undosh tovushlar ham formantlar bilan xarakterlanadi. Biroq bu tovushlarda unlilardagiga nisbatan formant sohalari kengroq bo‘lib, ular chastotalarining anchagina keng diapazonini o‘z ichiga oladi. Ayrim undosh tovushlarni uyg`otish jarayonida faqat tovush pardalari ishtirok etibgina qolmay, rezonans bo‘shliqlarining o‘zlari ham ishtirok etishini qayd qilib o‘tish kerak. Masalan, undosh “s” ni talaffuz etish vaqtida havo oqimlari til bilan tish orasidan puflab chiqariladi, uning shovullash xarakteri shu bilan belgilanadi. Ayrim undoshlar uchun formantlar juda yuqori chastotalar sohasida yotadi (masalan. “s” undoshning spektri 13000 Hz gacha cho‘ziladi). Tarkibida doim garmonik tebranishlar to‘plamini topish mumkin bo‘lgan musiqa tovushlaridan farqli ravishda shovqinlar chastota va amplitudalari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boruvchi jarayonlar tomonidan yuzaga chiqariladigan tovushlardan iboratdir. Yuqorida tushuntirib o‘tilganidek, musiqa tovushlarning spektri chiziqli xarakterga ega bo‘ladi. Shovqinda, agar uni garmonik tebranishlarga ajratmoqchi bo‘lsak, istalgan chastotali (to juda yuksak 13000—14000 Hz chastotalargacha) tebranishlarni topishimiz mumkin. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling