Al-Azkor min kalami sayyidil abror
Download 5.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar: «Parvardigoro, O’zing bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o’tgan birodarlarimizni mag’firat qil...» deb ayturlar».
- 127-bob. O’lganlarni so’kishdan man’ qilish
- 130-bob. Zolimlar qabri yonida o’tganda, qo’rqib yig’lash, Allohga muhtojlikni izhor qilish va g’aflatda qolishdan saqlanish xususida
- «Endi qachon namoz ado qilingach, yer-yuziga tarqalib, Allohning fazlu marhamatidan (rizqu ro’z) istayveringlar. Allohni ko’p zikr qilinglarki, shoyad najot topursizlar».
- 32-bob. Ikki hayit namozida mashru’ bo’lgan zikrlar
- Allohdan mag’firat so’ranglar, albatta, U o’ta mag’firatli bo’lgan zotdir. (Shunda) U zot ustlaringizga osmondan yomg’ir quydirur)
www.ziyouz.com kutubxonasi 116 126-bob. Boshqalarning so’zidan mayyit manfaat olishi haqida Ulamolar mayyitga qilingan duo foyda beradi, savobi yetadi, degan fikrda yakdildirlar. Bu so’zlariga Qur’oni karimning Hashr surasidagi 10-oyatni hujjat qilishgan: «Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar: «Parvardigoro, O’zing bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o’tgan birodarlarimizni mag’firat qil...» deb ayturlar». Bu xususda Rasulullohdan sollallohu alayhi vasallam vorid bo’lgan mashhur hadislar ham bor: «Ey Rabbim, “Baqiy’il g’arqad” qabristoni ahlini mag’firat qil» yoki «Ey Rabbim, tiriklarimiz-u o’liklarimizni mag’firat ayla» kabi. 425/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sahobalar bir janoza oldidan o’tib turib, mayyitni yaxshilik bilan sifatlashdi. Shunda Rasululloh alayhissalom: «Vojib bo’ldi», dedilar. So’ngra boshqa janoza oldidan o’tib, mayyitni yomonlik bilan sifatlashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Vojib bo’ldi», dedilar. Umar ibn Xattob (r.a.): «Nima vojib bo’ldi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Haligi yaxshilik bilan sifatlangan kishiga jannat, yomonlik bilan sifatlangan kishiga do’zax vojib bo’ldi. Sizlar esa, Allohning yerdagi guvohlaridirsiz», deb aytdilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 426/2. Abul Asvad (r.a.) aytadilar: «Madinaga borib, Umar ibn Xattob (r.a.) huzurlarida o’tirgan edim. Bir tobutni olib o’tib qolishdi. Shunda mayyit yaxshilik ila sifatlandi. Umar ibn Xattob (r.a.): «Vojib bo’ldi», dedilar. So’ngra boshqasi olib o’tildi. Undagi mayyit ham yaxshi sifat ila maqtaldi. Umar ibn Xattob (r.a.): yana: «Vojib bo’ldi», dedilar. Keyin uchinchi mayyitni olib o’tishdi. Uni yomonlik ila sifatlashdi. Umar ibn Xattob (r.a.): «Vojib bo’ldi», dedilar. Shunda men: «Nima vojib bo’ldi ey Mo’minlar amiri?», deb so’ragan edim, Umar ibn Xattob (r.a.) xuddi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek: «Qay bir musulmon kishining yaxshi ekaniga to’rt kishi guvohlik bersa, Alloh uni jannatiga kirgizadi», dedilar. Shunda biz: «Uchta bo’lsa-chi?» deb so’radik, «Uchta bo’lsaham», dedilar. «Ikkita bo’lsa-chi?» degan edik, «Ikkita bo’lsa ham», dedilar. Ammo «Bitta bo’lsa-chi?» deb so’ramadik». Imom Buxoriy rivoyatlari 127-bob. O’lganlarni so’kishdan man’ qilish 427/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’lganlarni so’kmanglar, chunki amallari bilan boradigan joylariga borib bo’ldilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari 428/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’liklaringning yaxshiliklarini zikr qilinglar, yomonliklarini aytishdan tiyilinglar», dedilar. Abu Dovud va Termiziyzaif isnod ila rivoyat qilishgan. Ammo yomonlik bilan dong taratgan kishilarning yomonligini zikr etish joiz, boshqalarga ibrat bo’ladi. Alloh taoloning o’zi bizga Qur’onda yomonlarning yomonliklaridan xabar bergan va uni tilovat qilishni hamda boshqalarga yetkazishni buyurgan. Hadisi shariflarda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Luxay, Abu Rig’ol, Ibn Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 117 Jud’on va boshqalarning qissalarini zikr qilganlar. Yuqoridagi hadisda yomonning yomonligi aytilganida, Rasululloh man’ etmadilar, balki «Vojib bo’ldi», dedilar. 429/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha onamizning navbatlaridagi kecha oxirida hamisha Baqiy’ qabristoniga chiqib: «Assalamu ‘alaykum daro qovmin mu`miniyna va ‘atokum ma tu’adun, g’odan muajjaluna va inna inshaallohu bikum lahiqun, Allohummag’fir liahli baqiy’il g’orqod», deb aytardilar. (Ma’nosi: Assalomu alaykum, ey mo’minlar hovlisidagi qavmlar. Sizlarga va’da qilingan narsa keldi. Inshaalloh ertaga kechikib bo’lsa ham, sizlarga yo’liqamiz. Ey Rabbim, «Baqiy’ g’arqad» qabristondagilarni mag’firat qil.) Imom Muslim rivoyatlari 430/2. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Ey Rasululloh, qabrlarni ziyorat qilganimda nimani aytay?» deb so’radim, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Assalamu ‘ala ahlid-diyari minal mu’miniyna val muslimiyn va yarhamullohul mustaqdimiyna minkum va minna valmusta’`xiriyna va inna inshaallohu bikum lahiqun», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: Ey mo’min va musulmonlardan iborat diyor ahli, sizlarga salom bo’lsin. Alloh sizlardan va bizlardan oldin o’tganlarga va keyin keladiganlarga rahm qilsin. Inshaalloh, biz ham sizlarga yo’liqurmiz.) Imom Muslim rivoyatlari 431/3. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v) qabristonga chiqib: «Assalamu ‘alaykum daro qovmin mu`miniyna va inna inshaallohu bikum lahiqun», deb aytardilar». (Ma’nosi: Mo’minlar qavmi hovlisidagilar, sizlarga salom bo’lsin. Alloh xohlasa, bizlar ham sizlarga qo’shilamiz.) Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojalar rivoyati 432/4. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madina ahli qabristonidan o’taturib: «Assalamu ‘alaykum ya ahlal qubur, yag’firullohu lana va lakum. Antum salafuna va nahnu bil asar», deb aytdilar». (Ma’nosi: Assalomu alaykum, ey qabr ahllari, Alloh bizu sizni mag’firat qilsin. Sizlar bizdan oldin ketdinglar, bizlar izingizdan yetib olamiz.) Imom Termiziy rivoyatlari 433/5. Burayda (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v) agar qabristonga chiqadigan bo’lsalar: «Assalamu ‘alaykum ahlad diyari minal mu`miniyna va inna inshaallohu bikum lalahiqun, as`alulloha lana va lakumul ‘afiyah», deb aytishni o’rgatardilar». (Ma’nosi: Mo’minlar diyori ahli, sizlarga salom bo’lsin. Inshaalloh, bizlar ham sizlarga qo’shilamiz. O’zimizga va sizlarga ofiyat so’rayman.) Imom Muslim rivoyatlari Nasoiy va Ibn Mojalarning rivoyatlarida: «Antum lana farotun va nahnu lakum taba’un» lafzi ziyoda qilingan. (Ma’nosi: Sizlar bizdan oldin o’tdinglar. Bizlar esa sizlarga ergashuvchimiz.) Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 118 434/6. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Baqiy’ qabristoniga kelib: «Assalamu ‘alaykum daro qovmin mu`miniyn, antum lana farotun va inna bikum lahiqun, Allohumma la tahrimna ajrohum va la tuzillana ba’dahum», dedilar». (Ma’nosi: Assalomu alaykum, mo’minlar qavmi hovlisidagilar. Sizlar bizdan oldin ketdinglar. Bizlar sizlarga qo’shilguvchilarmiz. Allohim, ularning ajridan bizni mahrum qilma va ulardan keyin bizlarni adashtirma.) Ibn Sunniy rivoyatlari Qabrlarni ziyorat etuvchi kishi Qur’on qiroati va zikrlarni ko’paytirib, qabristondagi boshqa musulmonlarni ham duo qilishi mustahabdir. 129-bob. Ziyorat qiluvchi qabristonda yig’layotgan odamni yig’idan va boshqa shariat man’ qilgan narsalardan qaytarishi, uni sabrga undashi xususida 435/1. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v) qabr yonida yig’layotgan bir xotinning oldidan o’tib, unga: «Allohdan qo’rq va sabr qil», dedilar». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari 436/2. Bashiyr ibn Ma’bad (r.a.) aytadilar: «Men Rasululloh (s.a.v) bilan ketayotgan edim, u zot qabrlar orasida poyabzali bilan yurgan kishini ko’rib: «Ey poyabzal sohibi, oyoq kiyimingni yechib qo’y», dedilar». Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari 130-bob. Zolimlar qabri yonida o’tganda, qo’rqib yig’lash, Allohga muhtojlikni izhor qilish va g’aflatda qolishdan saqlanish xususida 437/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Samud qavmining diyori Hijrga yetganlarida, sahobalariga: «Ana bu azoblanayotganlar yeriga faqat yig’lagan holda kiringlar. Agar yig’lamasanglar, kirmanglar. Ana shunda ularga yetgan narsa sizlarga yetmaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 119 MAXSUS NAMOZLARDAGI ZIKRLAR KITOBI 131-bob. Juma kuni va kechasida aytilishi mustahab bo’lgan zikr va duolar Juma kuni va kechasi Qur’on tilovat qilish, zikr, duo, salovot aytish va Kahf surasini o’qish bilan mashg’ul bo’lish mustahab amaldir. 438/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom juma kunini zikr qilaturib: «Unda bir soat bor. Bir musulmon banda namozda qoim bo’lsa va bu (ibodati) ana shu paytga to’g’ri kelib qolsa, Alloh unga so’ragan narsasini beradi», dedilar va u fursat juda oz ekanini qo’llari bilan ko’rsatdilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari 439/2. Abu Muso Ash’ariy (r.a.): «U soat imom minbarga o’tirishidan namozini tugatgungacha bo’lgan vaqt», deganlar. Imom Muslim rivoyatlari Juma kuni Kahf surasini o’qish va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish to’g’risida mashhur hadislar ko’p bo’lib, hamma bilgani uchun kitob uzayib ketmasin, deya ularni keltirib o’tirmadim. 440/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni tongda bomdod namozidan oldin: «Astag’firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh» (Allohga istig’for aytaman. Tirik va qayyum sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q), deb uch marta aytsa, gunohi agar dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, Alloh taolo kechirib yuboradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 441/4. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juma kuni masjidga kirsalar, eshikning kesakisidan ushlab: «Allohummaj’alniy avjaha man tavajjaha ilayka va aqroba man taqorroba ilayka va afzola man sa`alaka va rog’iba ilayk», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Ey Allohim, meni o’zingga yuzlanuvchilarning yuzlanuvchirog’i, yaqin bo’lguvchilarning yaqinrog’i, so’rovchi va rag’bat etguvchilarning afzalrog’i qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari 442/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma namozidan keyin «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq» va «Qul a’uzu birobbin nas» suralarini yetti marta o’qisa, Alloh taolo uni keyingi jumagacha yomonlikdan saqlaydi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari Fasl: Juma namozidan keyin Allohni ko’p zikr qilish mustahabdir. Alloh taolo Jum’a surasining 10-oyatida aytadi: «Endi qachon namoz ado qilingach, yer-yuziga tarqalib, Allohning fazlu marhamatidan (rizqu ro’z) istayveringlar. Allohni ko’p zikr qilinglarki, shoyad najot topursizlar». Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 120 32-bob. Ikki hayit namozida mashru’ bo’lgan zikrlar Ikki hayit kechasida Allohning zikri, namoz va boshqa toatlar bilan mashg’ul bo’lish mustahabdir. Hadisda vorid bo’lganidek, «Kim hayit kechalarini ihyo qilsa (uyg’oq o’tkazsa), qalblar o’ladigan kunda uning qalbi o’lmaydi» yoki «Kim ikki hayit kechasida Alloh uchun savob umid qilgan holda qoyim bo’lsa, qalblar o’ladigan paytda uning qalbi o’lmaydi». Shofe’iy va Ibn Mojalar zaif isnod ila rivoyat qilishgan. Ikki hayit kunlari takbir aytish ham mustahab. Fitr (Ramazon) hayiti kuni uydan chiqqanidan to namozgohga kelguncha takbir aytiladi. Qurbon hayitida esa, arafa kunining bomdodidan boshlab to tashriq kuni oxirigacha (asrdan keyingacha) aytadi. Takbir quyidagicha aytiladi: «Allohu akbar Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd». (Ma’nosi: Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir. Allohdan boshqa iloh yo’q. Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir. Allohga hamd bo’lsin.) Ba’zilar: «Allohu akbar kabiyron, valhamdu lillahi kasiyron va subhanallohi bukrotan va asiyla, la ilaha illalloh va la na’budu illa iyyahu muxlisiyna lahuddiyna va lav karihal kafirun, la ilaha illallohu vahdahu sodaqo va’dahu va nasoro ‘abdahu va hazamal ahzaba vahdahu la ilaha illallohu vallohu akbar» deb aytsa ham yaxshi», deyishgan. (Ma’nosi: Alloh ulug’larning ulug’idir, unga ko’p hamdlar bo’lsin. Ertayu kech Allohni poklab yod eturman. Allohdan boshqa iloh yo’q. Unga ibodat qilib, Uning dinida xolis bo’lamiz, garchi kofirlar karih ko’rsalar ham. Yakka Allohdan boshqa iloh yo’q. Alloh ulug’dir.) 133-bob. Zulhijja oyini avvalgi o’n kunida aytiladigan zikrlar Alloh taolo Haj surasini 28-oyatida: «Ma’lum kunlarda Allohning nomini zikr qilinglar», deb aytgan. Ibn Abbos (r.a.) «Ma’lum kunlar»ni zulhijjaning avvalgi o’n kuni, deganlar. 443/1. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana bunda (ya’ni, zulhijja oyining avvalgi o’n kunida) qilinganidan-da afzalroq amal yo’q», dedilar. Shunda sahobalar: «Alloh yo’lidagi jihoddan hammi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, deb, «lekin bir kishi moli va nafsini xatarga qo’yib ko’chaga chiqsayu, hech bir narsa bilan qaytmasa, ana o’sha afzaldir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari Imom Termiziyning rivoyatlarida: «Solih amallar qilingan kunlar ichida zulhijja oyini o’n kunidan ko’ra Allohga mahbubroq kun yo’qdir», dedilar, deb keladi. 444/2. Abdulloh ibn Abdurahmon Doramiyning «Musnad»larida rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Zulhijja oyining o’n kunidagi amaldan ko’ra afzalroq amal yo’qdir», deganlarida, «Jihoddan hammi?» deyishdi. (Roviy hadisni oxirigacha zikr qilgan.) Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 121 445/3. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Duolarning yaxshisi arafa kunidagi duodir. Men va mendan oldingi payg’ambarlar aytgan kalimalarning yaxshisi «La ilaha illallohu vahdaxu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodir», deb aytishdir», dedilar». Termiziy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. 446/4. Imom Molikning «Muvatto»larida esa: «Duolarning afzali arafa kunidagi duodir. Men va mendan oldingi payg’ambarlarning aytgan kalimalarining afzali «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah»dir», deb kelgan. Imom Molik bu hadisni mursal holatda lafzida noqislik bilan rivoyat qilganlar. Solim ibn Abdulloh ibn Umar (r.a.) arafa kuni bir tilanchi odamlardan tilanib yurgani ko’rib: «Ey ojiz, bu kunda Allohdan boshqadan ham so’raladimi?» dedilar. 134-bob. Quyosh tutilganda aytiladigan zikrlar Quyosh yoki oy tutilganda Allohni zikr qilishni ko’paytirib, duolar ila mashg’ul bo’lish sunnatdir. 447/1. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Quyosh va oy Allohning alomatlaridan biridir. U biror kishining o’lishi yoki tug’ilishi tufayli tutilmaydi. Agar ana shunday bo’lganini (tutilganini) ko’rsanglar, Allohga duo qilinglar, takbir aytinglar va sadaqa beringlar», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari «Ikki sahih»da kelgan boshqa bir rivoyatda: «Agar ana shundoq bo’lganini ko’rsanglar, Alloh taoloni zikr qilinglar», deyilgan. Yana Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar shunda biror narsa bo’lganini ko’rsanglar, Allohning zikriga, Unga duo qilishga va istig’for aytishga shoshilinglar», deganlar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari Mug’iyra ibn Sho’’badan (r.a.) rivoyat qilingan rivoyatda esa: «Agar uni ko’rsanglar, Allohga duo qilib, namoz o’qinglar» deyilgan. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 448/2. Abdurahmon ibn Samura (r.a.) rivoyat qiladilar: «Quyosh tutilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo’llarini ko’tarib, namozda turgandek turib, tasbih, tahlil, takbir, hamd aytib duo qildilar. Quyosh ko’ringunicha shunday qildilar. Quyosh ko’ringanidan keyin ikki rak’atlik namozga turib, unda ikkita sura o’qidilar». Imom Muslim rivoyatlari 449/3. Asmodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyosh tutilganida, qullarni ozod qilishni buyurar edilar. Imom Buxoriy rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 122 135-bob. Yomg’ir so’raladigan namozdagi zikrlar Qurg’oqchilik bo’lganida, xuzu’ bilan Allohga o’zini xor tutib, istig’for, zikr va duo qilishi ko’paytiriladi. Ana shu paytda o’qiladigan duolardan biri ushbudir: «Allohumma asqina g’oysan mug’iysan haniy’an mariy’an g’odaqan mujallilan sahhan ‘amman tobaqan daiman. Allohumma alazzirobi va manabitish shajari va butunil avdiyah. Allohumma inna nastag’firuka innaka kunta g’offaro. Faarsilis samaa ‘alayna midroro. Allohumma asqinal g’oysa va la taj’alna minal qonitiyn. Allohumma anbit lanazzar’a va adirro lan azzar’a vasqina min barokatis samai vanbit lana min barokatil arzi. Allohumma irfa’ annal jahda val juv’a val’urya. Vakshif ‘anna minal balai maa laa yakshifuhu g’oyruka». (Ma’nosi: Ey Rabbim, bizni yoqimli, foydali, yaxshi, unumli, qoplaydigan, shaldirab oquvchi, shomil, bir-biriga yopishgan yomg’ir bilan sug’or. Ey Rabbim, bu yomg’irni chekka joylarga, daraxtzorlarga, vodiylarga yog’dir. Ey Rabbim, Senga istig’for aytaman. Albatta, Sen kechiruvchi zotsan. Bizga osmondan ko’p yog’uvchi yomg’irni yubor. Ey Rabbim, bizni yomg’ir ila sug’or va bizni noumidlardan qilma. Ey Rabbim, bizga o’simliklarni o’stir, yomg’irni ko’p miqdorda yog’dir. Osmon barakasidan bizni sug’or. Yer barakasidan o’simliklarimizni o’stir. Ey Rabbim, bizdan qiyinchilik, ochlik, yalong’ochlikni ko’tar. Va bizdan baloni olib tashla, chunki Sendan boshqa kishi olib tashlay olmaydi». Agar qavmning orasida biror solih kishi bo’lsa, uni o’rtaga qo’yib, yomg’ir so’raladi. Ya’ni, «Allohumma inna nastasqiy va natashaffa’u ilayka bi’abdika fulan», deyiladi. (Ma’nosi: Ey Parvardigorim, falonchi bandangning haqqi Sendan yomg’ir so’raymiz.) 450/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot qurg’oqchilik bo’lsa, Abbos ibn Abdulmuttalibni (r.a.) o’rtaga qo’yib: «Ey Rabbim, biz Sendan payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vsallamni o’rtaga qo’yib yomg’ir so’rardik, yomg’ir berar eding. Endi biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakilarini o’rtaga qo’yib, yomg’ir so’raymiz, bizga yomg’ir ber», deb iltijo qilar, Alloh yomg’ir yuborar edi. Imom Buxoriy rivoyatlari 451/2. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasalam “Bavok” nomli joydan kelib: «Allohumma asqina g’aysan mug’iysan, mariyyan sariy’an nofi’an g’oyra zorrin, ‘ajilan g’oyra ojilin» (Bizga yoqimli, tez, foydali, zararsiz, kechikmaydigan yomg’irni yog’dirib, u bilan bizni sug’or), deb aytganlarida, ularga osmondan yomg’ir yog’di. Abu Dovud rivoyatlari 452/3. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar suv talab qilsalar: «Allohumma isqi ‘ibodaka va bahoimaka vanshur rohmataka va ahyi baladakal mayyita» (Ey Rabbim, bandalaring va hayvonlaringni suv ila sug’or, rahmatingni yoy va o’lik shaharlaringni tiriltir), deb duo qilardilar. Abu Dovud rivoyatlari 453/4. Oishadan (r.a,) rivoyat qilinadi. Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yomg’ir yog’mayotganidan shikoyat qilishganida, u zot namozgohga bir minbar qo’yishni buyurdilar va u yerga chiqishga va’da berdilar. Quyosh ko’rina boshlaganida chiqib, Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 123 minbarga o’tirdilar, Allohga takbir va hamd aytdilar, so’ng: «Sizlar diyoringiz qurib, yomg’ir kechikkanidan shikoyat qilyapsizlar. Alloh taolo sizlarga duo qilishni buyurib va uni ijobat etishni va’da qilgan», dedilar va: «Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn. Arrohmanir rohiym, maliki yavmiddiyn, la ilaha illallohu yaf’alu ma yuriyd. Allohumma antallohu la ilaha illa antal g’oniyyu va nahnul fuqorou anzil ‘alaynal g’oysa vaj’al ma anzalta lana quvvatan va balag’on ila hiyn» (Olamlar rabbi Allohga hamd bo’lsin. U rahmon va rahim sifatli zotdir, qiyomat kunining podshosidir. Allohdan boshqa iloh yo’q, u xohlagan narsasini qiladi. Ey Rabbim, Sendan boshqa iloh yo’q, Sen boydirsan, bizlar kambag’almiz. Bizga yomg’irni yog’dir va yomg’iringni bizga quvvat va uzoq vaqtga yetadigan qil), degan duoni o’qidilar. So’ngra qo’llarini ko’tarib duo qilishda bardavom bo’ldilar, hatto qo’ltiqlarining oqi ko’rindi. So’ngra insonlarga orqalarini qilib, ridolarini yaxshilab tuzatib oldilar-da, qo’llari ko’tarilgan holda odamlarga yuzlandilar va tushib, ikki rak’at namoz o’qidilar. Shunda Alloh taolo bulutlarni keltirdi, momaqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqdi. So’ngra Allohning izni bilan yomg’ir yog’di. Masjidlariga yetmasdan turib, sel oqa boshladi. Kishilarning uylariga shoshayotganlarini ko’rib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kulib yubordilar, qoziq tishlari ko’rinib ketdi. Keyin: «Ashhadu annalloha ‘ala kulli shay`in qodiyr, va anniy ‘abdullohi va rosuluh» (Guvohlik beramanki, Alloh har bir narsaga qodir va men Allohning quli va rasulidirman), dedilar. Abu Dovud rivoyatlari Istisqo namozi hayit namoziga o’xshab o’qiladi va shu tarzda xutba qilinadi. Unda Allohga takbir, hamd va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytiladi. Iloji boricha istig’for ko’paytiriladi va: «Istag’firu robbakum innahu kana g’affaro, yursilis sama`a ‘alaykum midroro» (Parvardigoringiz Allohdan mag’firat so’ranglar, albatta, U o’ta mag’firatli bo’lgan zotdir. (Shunda) U zot ustlaringizga osmondan yomg’ir quydirur) (Nuh surasi, 10 – 11), oyatlari o’qiladi. Umar (r.a.) agar yomg’ir so’rasalar, duolarining aksari istig’for bo’lar edi. 136-bob. Qattiq shamol bo’lganda aytiladigan zikrlar 454/1. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Agar qattiq shamol bo’lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy as`aluka xoyroha va xoyro ma fiyha va xoyro ma ursilat bihi va a’uzu bika min sharriha va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan uning yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan yuborilgan narsaning yaxshisini so’rayman. Ey Rabbim, Sendan uning yomonidan, undagi yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan panoh so’rayman.) Imom Muslim rivoyatlari 455/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v): «Shamol bandalarga yuborilgan rahmatdir. Gohida u rahmat bilan keladi, gohida azob bilan. Agar shamol |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling