Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.

bet15/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38

www.ziyouz.com kutubxonasi 
116
 
 
126-bob. Boshqalarning so’zidan mayyit manfaat olishi haqida 
 
Ulamolar mayyitga qilingan duo foyda beradi, savobi yetadi, degan fikrda yakdildirlar. 
Bu so’zlariga Qur’oni karimning Hashr surasidagi 10-oyatni hujjat qilishgan:  
 
«Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar: «Parvardigoro, O’zing bizlarni va 
bizlardan ilgari iymon bilan o’tgan birodarlarimizni mag’firat qil...» deb 
ayturlar». Bu xususda Rasulullohdan sollallohu alayhi vasallam vorid bo’lgan mashhur 
hadislar ham bor: «Ey Rabbim, “Baqiy’il g’arqad” qabristoni ahlini mag’firat qil» yoki «Ey 
Rabbim, tiriklarimiz-u o’liklarimizni mag’firat ayla» kabi. 
 
425/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sahobalar bir janoza oldidan o’tib turib, mayyitni 
yaxshilik bilan sifatlashdi. Shunda Rasululloh alayhissalom: «Vojib bo’ldi», dedilar. 
So’ngra boshqa janoza oldidan o’tib, mayyitni yomonlik bilan sifatlashdi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam «Vojib bo’ldi», dedilar. Umar ibn Xattob (r.a.): «Nima vojib 
bo’ldi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Haligi yaxshilik bilan 
sifatlangan kishiga jannat, yomonlik bilan sifatlangan kishiga do’zax vojib bo’ldi. Sizlar 
esa, Allohning yerdagi guvohlaridirsiz», deb aytdilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
426/2. Abul Asvad (r.a.) aytadilar: «Madinaga borib, Umar ibn Xattob (r.a.) huzurlarida 
o’tirgan edim. Bir tobutni olib o’tib qolishdi. Shunda mayyit yaxshilik ila sifatlandi. Umar 
ibn Xattob (r.a.): «Vojib bo’ldi», dedilar. So’ngra boshqasi olib o’tildi. Undagi mayyit 
ham yaxshi sifat ila maqtaldi. Umar ibn Xattob (r.a.): yana: «Vojib bo’ldi», dedilar. 
Keyin uchinchi mayyitni olib o’tishdi. Uni yomonlik ila sifatlashdi. Umar ibn Xattob (r.a.): 
«Vojib bo’ldi», dedilar. Shunda men: «Nima vojib bo’ldi ey Mo’minlar amiri?», deb 
so’ragan edim, Umar ibn Xattob (r.a.) xuddi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytganlaridek: «Qay bir musulmon kishining yaxshi ekaniga to’rt kishi guvohlik bersa, 
Alloh uni jannatiga kirgizadi», dedilar. Shunda biz: «Uchta bo’lsa-chi?» deb so’radik, 
«Uchta bo’lsaham», dedilar. «Ikkita bo’lsa-chi?» degan edik, «Ikkita bo’lsa ham», 
dedilar. Ammo «Bitta bo’lsa-chi?» deb so’ramadik». Imom Buxoriy rivoyatlari 
 
 
127-bob. O’lganlarni so’kishdan man’ qilish 
 
427/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«O’lganlarni so’kmanglar, chunki amallari bilan boradigan joylariga borib bo’ldilar», deb 
aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari 
 
428/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«O’liklaringning yaxshiliklarini zikr qilinglar, yomonliklarini aytishdan tiyilinglar», dedilar. 
Abu Dovud va Termiziyzaif isnod ila rivoyat qilishgan. 
 
Ammo yomonlik bilan dong taratgan kishilarning yomonligini zikr etish joiz, boshqalarga 
ibrat bo’ladi. Alloh taoloning o’zi bizga Qur’onda yomonlarning yomonliklaridan xabar 
bergan va uni tilovat qilishni hamda boshqalarga yetkazishni buyurgan. Hadisi 
shariflarda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Luxay, Abu Rig’ol, Ibn 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
Jud’on va boshqalarning qissalarini zikr qilganlar. Yuqoridagi hadisda yomonning 
yomonligi aytilganida, Rasululloh man’ etmadilar, balki «Vojib bo’ldi», dedilar. 
 
429/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha 
onamizning navbatlaridagi kecha oxirida hamisha Baqiy’ qabristoniga chiqib:  
 
«Assalamu ‘alaykum daro qovmin mu`miniyna va ‘atokum ma tu’adun, g’odan 
muajjaluna va inna inshaallohu bikum lahiqun, Allohummag’fir liahli baqiy’il g’orqod», 
deb aytardilar. (Ma’nosi: Assalomu alaykum, ey mo’minlar hovlisidagi qavmlar. Sizlarga 
va’da qilingan narsa keldi. Inshaalloh ertaga kechikib bo’lsa ham, sizlarga yo’liqamiz. Ey 
Rabbim, «Baqiy’ g’arqad» qabristondagilarni mag’firat qil.) Imom Muslim rivoyatlari 
 
430/2. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Ey 
Rasululloh, qabrlarni ziyorat qilganimda nimani aytay?» deb so’radim, u zot sollallohu 
alayhi vasallam:  
 
«Assalamu ‘ala ahlid-diyari minal mu’miniyna val muslimiyn va yarhamullohul 
mustaqdimiyna minkum va minna valmusta’`xiriyna va inna inshaallohu bikum 
lahiqun», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: Ey mo’min va musulmonlardan iborat diyor ahli
sizlarga salom bo’lsin. Alloh sizlardan va bizlardan oldin o’tganlarga va keyin 
keladiganlarga rahm qilsin. Inshaalloh, biz ham sizlarga yo’liqurmiz.) Imom Muslim 
rivoyatlari 
 
431/3. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v) qabristonga chiqib:  
 
«Assalamu ‘alaykum daro qovmin mu`miniyna va inna inshaallohu bikum lahiqun», deb 
aytardilar». (Ma’nosi: Mo’minlar qavmi hovlisidagilar, sizlarga salom bo’lsin. Alloh 
xohlasa, bizlar ham sizlarga qo’shilamiz.) Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojalar rivoyati 
 
432/4. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madina 
ahli qabristonidan o’taturib:  
 
«Assalamu ‘alaykum ya ahlal qubur, yag’firullohu lana va lakum. Antum salafuna va 
nahnu bil asar», deb aytdilar». (Ma’nosi: Assalomu alaykum, ey qabr ahllari, Alloh bizu 
sizni mag’firat qilsin. Sizlar bizdan oldin ketdinglar, bizlar izingizdan yetib olamiz.) Imom 
Termiziy rivoyatlari 
 
433/5. Burayda (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v) agar qabristonga chiqadigan 
bo’lsalar:  
 
«Assalamu ‘alaykum ahlad diyari minal mu`miniyna va inna inshaallohu bikum 
lalahiqun, as`alulloha lana va lakumul ‘afiyah», deb aytishni o’rgatardilar». (Ma’nosi: 
Mo’minlar diyori ahli, sizlarga salom bo’lsin. Inshaalloh, bizlar ham sizlarga qo’shilamiz. 
O’zimizga va sizlarga ofiyat so’rayman.) Imom Muslim rivoyatlari 
 
Nasoiy va Ibn Mojalarning rivoyatlarida:  
«Antum lana farotun va nahnu lakum taba’un» lafzi ziyoda qilingan. (Ma’nosi: Sizlar 
bizdan oldin o’tdinglar. Bizlar esa sizlarga ergashuvchimiz.) 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
434/6. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Baqiy’ 
qabristoniga kelib:  
 
«Assalamu ‘alaykum daro qovmin mu`miniyn, antum lana farotun va inna bikum 
lahiqun, Allohumma la tahrimna ajrohum va la tuzillana ba’dahum», dedilar». (Ma’nosi: 
Assalomu alaykum, mo’minlar qavmi hovlisidagilar. Sizlar bizdan oldin ketdinglar. Bizlar 
sizlarga qo’shilguvchilarmiz. Allohim, ularning ajridan bizni mahrum qilma va ulardan 
keyin bizlarni adashtirma.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
Qabrlarni ziyorat etuvchi kishi Qur’on qiroati va zikrlarni ko’paytirib, qabristondagi 
boshqa musulmonlarni ham duo qilishi mustahabdir. 
 
 
129-bob. Ziyorat qiluvchi qabristonda yig’layotgan odamni yig’idan va boshqa 
shariat man’ qilgan narsalardan qaytarishi, uni sabrga undashi xususida 
 
435/1. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v) qabr yonida yig’layotgan bir 
xotinning oldidan o’tib, unga: «Allohdan qo’rq va sabr qil», dedilar». Imom Buxoriy va 
Imom Muslim rivoyatlari 
 
436/2. Bashiyr ibn Ma’bad (r.a.) aytadilar: «Men Rasululloh (s.a.v) bilan ketayotgan 
edim, u zot qabrlar orasida poyabzali bilan yurgan kishini ko’rib: «Ey poyabzal sohibi, 
oyoq kiyimingni yechib qo’y», dedilar». Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari 
 
 
130-bob. Zolimlar qabri yonida o’tganda, qo’rqib yig’lash, Allohga muhtojlikni 
izhor qilish va g’aflatda qolishdan saqlanish xususida 
 
437/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Samud 
qavmining diyori Hijrga yetganlarida, sahobalariga: «Ana bu azoblanayotganlar yeriga 
faqat yig’lagan holda kiringlar. Agar yig’lamasanglar, kirmanglar. Ana shunda ularga 
yetgan narsa sizlarga yetmaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari 
 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
MAXSUS NAMOZLARDAGI ZIKRLAR KITOBI 
 
131-bob. Juma kuni va kechasida aytilishi mustahab bo’lgan zikr va duolar 
 
Juma kuni va kechasi Qur’on tilovat qilish, zikr, duo, salovot aytish va Kahf surasini 
o’qish bilan mashg’ul bo’lish mustahab amaldir. 
 
438/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom juma kunini zikr 
qilaturib: «Unda bir soat bor. Bir musulmon banda namozda qoim bo’lsa va bu (ibodati) 
ana shu paytga to’g’ri kelib qolsa, Alloh unga so’ragan narsasini beradi», dedilar va u 
fursat juda oz ekanini qo’llari bilan ko’rsatdilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim 
rivoyatlari 
 
439/2. Abu Muso Ash’ariy (r.a.): «U soat imom minbarga o’tirishidan namozini 
tugatgungacha bo’lgan vaqt», deganlar. Imom Muslim rivoyatlari 
 
Juma kuni Kahf surasini o’qish va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish 
to’g’risida mashhur hadislar ko’p bo’lib, hamma bilgani uchun kitob uzayib ketmasin, 
deya ularni keltirib o’tirmadim. 
 
440/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma 
kuni tongda bomdod namozidan oldin:  
 
«Astag’firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh» (Allohga istig’for 
aytaman. Tirik va qayyum sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q), deb uch marta aytsa, 
gunohi agar dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, Alloh taolo kechirib yuboradi», dedilar. Ibn 
Sunniy rivoyatlari 
 
441/4. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juma 
kuni masjidga kirsalar, eshikning kesakisidan ushlab:  
 
«Allohummaj’alniy avjaha man tavajjaha ilayka va aqroba man taqorroba ilayka va 
afzola man sa`alaka va rog’iba ilayk», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Ey Allohim, meni 
o’zingga yuzlanuvchilarning yuzlanuvchirog’i, yaqin bo’lguvchilarning yaqinrog’i, 
so’rovchi va rag’bat etguvchilarning afzalrog’i qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
442/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma 
namozidan keyin «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq» va «Qul a’uzu 
birobbin nas» suralarini yetti marta o’qisa, Alloh taolo uni keyingi jumagacha 
yomonlikdan saqlaydi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
Fasl: Juma namozidan keyin Allohni ko’p zikr qilish mustahabdir. Alloh taolo Jum’a 
surasining 10-oyatida aytadi:  
 
«Endi qachon namoz ado qilingach, yer-yuziga tarqalib, Allohning fazlu 
marhamatidan (rizqu ro’z) istayveringlar. Allohni ko’p zikr qilinglarki, shoyad 
najot topursizlar». 
 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
32-bob. Ikki hayit namozida mashru’ bo’lgan zikrlar 
 
Ikki hayit kechasida Allohning zikri, namoz va boshqa toatlar bilan mashg’ul bo’lish 
mustahabdir. Hadisda vorid bo’lganidek, «Kim hayit kechalarini ihyo qilsa (uyg’oq 
o’tkazsa), qalblar o’ladigan kunda uning qalbi o’lmaydi» yoki «Kim ikki hayit kechasida 
Alloh uchun savob umid qilgan holda qoyim bo’lsa, qalblar o’ladigan paytda uning qalbi 
o’lmaydi». Shofe’iy va Ibn Mojalar zaif isnod ila rivoyat qilishgan.  
 
Ikki hayit kunlari takbir aytish ham mustahab. Fitr (Ramazon) hayiti kuni uydan 
chiqqanidan to namozgohga kelguncha takbir aytiladi. Qurbon hayitida esa, arafa 
kunining bomdodidan boshlab to tashriq kuni oxirigacha (asrdan keyingacha) aytadi.  
 
Takbir quyidagicha aytiladi:  
«Allohu akbar Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va 
lillahil hamd». (Ma’nosi: Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir. Allohdan boshqa iloh 
yo’q. Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir. Allohga hamd bo’lsin.) Ba’zilar:  
 
«Allohu akbar kabiyron, valhamdu lillahi kasiyron va subhanallohi bukrotan va asiyla, la 
ilaha illalloh va la na’budu illa iyyahu muxlisiyna lahuddiyna va lav karihal kafirun, la 
ilaha illallohu vahdahu sodaqo va’dahu va nasoro ‘abdahu va hazamal ahzaba vahdahu 
la ilaha illallohu vallohu akbar» deb aytsa ham yaxshi», deyishgan. (Ma’nosi: Alloh 
ulug’larning ulug’idir, unga ko’p hamdlar bo’lsin. Ertayu kech Allohni poklab yod 
eturman. Allohdan boshqa iloh yo’q. Unga ibodat qilib, Uning dinida xolis bo’lamiz, 
garchi kofirlar karih ko’rsalar ham. Yakka Allohdan boshqa iloh yo’q. Alloh ulug’dir.) 
 
 
133-bob. Zulhijja oyini avvalgi o’n kunida aytiladigan zikrlar 
 
Alloh taolo Haj surasini 28-oyatida:  
 
«Ma’lum kunlarda Allohning nomini zikr qilinglar», deb aytgan. Ibn Abbos (r.a.) 
«Ma’lum kunlar»ni zulhijjaning avvalgi o’n kuni, deganlar. 
 
443/1. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana 
bunda (ya’ni, zulhijja oyining avvalgi o’n kunida) qilinganidan-da afzalroq amal yo’q», 
dedilar. Shunda sahobalar: «Alloh yo’lidagi jihoddan hammi?» deyishdi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Ha, deb, «lekin bir kishi moli va nafsini xatarga qo’yib 
ko’chaga chiqsayu, hech bir narsa bilan qaytmasa, ana o’sha afzaldir», dedilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari 
 
Imom Termiziyning rivoyatlarida: «Solih amallar qilingan kunlar ichida zulhijja oyini o’n 
kunidan ko’ra Allohga mahbubroq kun yo’qdir», dedilar, deb keladi. 
 
444/2. Abdulloh ibn Abdurahmon Doramiyning «Musnad»larida rivoyat qilinadi: Nabiy 
sollallohu alayhi vasallam «Zulhijja oyining o’n kunidagi amaldan ko’ra afzalroq amal 
yo’qdir», deganlarida, «Jihoddan hammi?» deyishdi. (Roviy hadisni oxirigacha zikr 
qilgan.) 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
445/3. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar: «Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Duolarning yaxshisi arafa kunidagi duodir. Men va mendan 
oldingi payg’ambarlar aytgan kalimalarning yaxshisi  
 
«La ilaha illallohu vahdaxu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli 
shay`in qodir», deb aytishdir», dedilar». Termiziy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. 
 
446/4. Imom Molikning «Muvatto»larida esa: «Duolarning afzali arafa kunidagi duodir. 
Men va mendan oldingi payg’ambarlarning aytgan kalimalarining afzali  
 
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah»dir», deb kelgan. 
 
Imom Molik bu hadisni mursal holatda lafzida noqislik bilan rivoyat qilganlar. 
 
Solim ibn Abdulloh ibn Umar (r.a.) arafa kuni bir tilanchi odamlardan tilanib yurgani 
ko’rib: «Ey ojiz, bu kunda Allohdan boshqadan ham so’raladimi?» dedilar. 
 
 
134-bob. Quyosh tutilganda aytiladigan zikrlar 
 
Quyosh yoki oy tutilganda Allohni zikr qilishni ko’paytirib, duolar ila mashg’ul bo’lish 
sunnatdir. 
 
447/1. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Quyosh va oy Allohning alomatlaridan biridir. U biror kishining o’lishi yoki tug’ilishi 
tufayli tutilmaydi. Agar ana shunday bo’lganini (tutilganini) ko’rsanglar, Allohga duo 
qilinglar, takbir aytinglar va sadaqa beringlar», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
«Ikki sahih»da kelgan boshqa bir rivoyatda: «Agar ana shundoq bo’lganini ko’rsanglar, 
Alloh taoloni zikr qilinglar», deyilgan. 
 
Yana Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar shunda biror narsa bo’lganini ko’rsanglar, Allohning zikriga, Unga duo 
qilishga va istig’for aytishga shoshilinglar», deganlar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
Mug’iyra ibn Sho’’badan (r.a.) rivoyat qilingan rivoyatda esa: «Agar uni ko’rsanglar, 
Allohga duo qilib, namoz o’qinglar» deyilgan. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
448/2. Abdurahmon ibn Samura (r.a.) rivoyat qiladilar: «Quyosh tutilganida, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam qo’llarini ko’tarib, namozda turgandek turib, tasbih, tahlil, 
takbir, hamd aytib duo qildilar. Quyosh ko’ringunicha shunday qildilar. Quyosh 
ko’ringanidan keyin ikki rak’atlik namozga turib, unda ikkita sura o’qidilar». Imom 
Muslim rivoyatlari 
 
449/3. Asmodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyosh 
tutilganida, qullarni ozod qilishni buyurar edilar. Imom Buxoriy rivoyatlari 
 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
135-bob. Yomg’ir so’raladigan namozdagi zikrlar 
 
Qurg’oqchilik bo’lganida, xuzu’ bilan Allohga o’zini xor tutib, istig’for, zikr va duo qilishi 
ko’paytiriladi. Ana shu paytda o’qiladigan duolardan biri ushbudir:  
 
«Allohumma asqina g’oysan mug’iysan haniy’an mariy’an g’odaqan mujallilan sahhan 
‘amman tobaqan daiman. Allohumma alazzirobi va manabitish shajari va butunil 
avdiyah. Allohumma inna nastag’firuka innaka kunta g’offaro. Faarsilis samaa ‘alayna 
midroro. Allohumma asqinal g’oysa va la taj’alna minal qonitiyn. Allohumma anbit 
lanazzar’a va adirro lan azzar’a vasqina min barokatis samai vanbit lana min barokatil 
arzi. Allohumma irfa’ annal jahda val juv’a val’urya. Vakshif ‘anna minal balai maa laa 
yakshifuhu g’oyruka». (Ma’nosi: Ey Rabbim, bizni yoqimli, foydali, yaxshi, unumli, 
qoplaydigan, shaldirab oquvchi, shomil, bir-biriga yopishgan yomg’ir bilan sug’or. Ey 
Rabbim, bu yomg’irni chekka joylarga, daraxtzorlarga, vodiylarga yog’dir. Ey Rabbim, 
Senga istig’for aytaman. Albatta, Sen kechiruvchi zotsan. Bizga osmondan ko’p 
yog’uvchi yomg’irni yubor. Ey Rabbim, bizni yomg’ir ila sug’or va bizni noumidlardan 
qilma. Ey Rabbim, bizga o’simliklarni o’stir, yomg’irni ko’p miqdorda yog’dir. Osmon 
barakasidan bizni sug’or. Yer barakasidan o’simliklarimizni o’stir. Ey Rabbim, bizdan 
qiyinchilik, ochlik, yalong’ochlikni ko’tar. Va bizdan baloni olib tashla, chunki Sendan 
boshqa kishi olib tashlay olmaydi». 
 
Agar qavmning orasida biror solih kishi bo’lsa, uni o’rtaga qo’yib, yomg’ir so’raladi. Ya’ni,  
«Allohumma inna nastasqiy va natashaffa’u ilayka bi’abdika fulan», deyiladi. (Ma’nosi: 
Ey Parvardigorim, falonchi bandangning haqqi Sendan yomg’ir so’raymiz.) 
 
450/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot qurg’oqchilik bo’lsa, Abbos ibn 
Abdulmuttalibni (r.a.) o’rtaga qo’yib: «Ey Rabbim, biz Sendan payg’ambarimiz 
Muhammad sollallohu alayhi vsallamni o’rtaga qo’yib yomg’ir so’rardik, yomg’ir berar 
eding. Endi biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakilarini o’rtaga qo’yib, 
yomg’ir so’raymiz, bizga yomg’ir ber», deb iltijo qilar, Alloh yomg’ir yuborar edi. Imom 
Buxoriy rivoyatlari 
 
451/2. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasalam “Bavok” nomli joydan kelib: 
«Allohumma asqina g’aysan mug’iysan, mariyyan sariy’an nofi’an g’oyra zorrin, ‘ajilan 
g’oyra ojilin» (Bizga yoqimli, tez, foydali, zararsiz, kechikmaydigan yomg’irni yog’dirib, u 
bilan bizni sug’or), deb aytganlarida, ularga osmondan yomg’ir yog’di. Abu Dovud 
rivoyatlari 
 
452/3. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam agar suv talab qilsalar:  
 
«Allohumma isqi ‘ibodaka va bahoimaka vanshur rohmataka va ahyi baladakal mayyita» 
(Ey Rabbim, bandalaring va hayvonlaringni suv ila sug’or, rahmatingni yoy va o’lik 
shaharlaringni tiriltir), deb duo qilardilar. Abu Dovud rivoyatlari 
 
453/4. Oishadan (r.a,) rivoyat qilinadi. Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
yomg’ir yog’mayotganidan shikoyat qilishganida, u zot namozgohga bir minbar qo’yishni 
buyurdilar va u yerga chiqishga va’da berdilar. Quyosh ko’rina boshlaganida chiqib, 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
minbarga o’tirdilar, Allohga takbir va hamd aytdilar, so’ng: «Sizlar diyoringiz qurib, 
yomg’ir kechikkanidan shikoyat qilyapsizlar. Alloh taolo sizlarga duo qilishni buyurib va 
uni ijobat etishni va’da qilgan», dedilar va: 
 
«Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn. Arrohmanir rohiym, maliki yavmiddiyn, la ilaha illallohu 
yaf’alu ma yuriyd. Allohumma antallohu la ilaha illa antal g’oniyyu va nahnul fuqorou 
anzil ‘alaynal g’oysa vaj’al ma anzalta lana quvvatan va balag’on ila hiyn» (Olamlar rabbi 
Allohga hamd bo’lsin. U rahmon va rahim sifatli zotdir, qiyomat kunining podshosidir. 
Allohdan boshqa iloh yo’q, u xohlagan narsasini qiladi. Ey Rabbim, Sendan boshqa iloh 
yo’q, Sen boydirsan, bizlar kambag’almiz. Bizga yomg’irni yog’dir va yomg’iringni bizga 
quvvat va uzoq vaqtga yetadigan qil), degan duoni o’qidilar. So’ngra qo’llarini ko’tarib 
duo qilishda bardavom bo’ldilar, hatto qo’ltiqlarining oqi ko’rindi. So’ngra insonlarga 
orqalarini qilib, ridolarini yaxshilab tuzatib oldilar-da, qo’llari ko’tarilgan holda odamlarga 
yuzlandilar va tushib, ikki rak’at namoz o’qidilar. Shunda Alloh taolo bulutlarni keltirdi, 
momaqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqdi. So’ngra Allohning izni bilan yomg’ir yog’di. 
Masjidlariga yetmasdan turib, sel oqa boshladi. Kishilarning uylariga shoshayotganlarini 
ko’rib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kulib yubordilar, qoziq tishlari ko’rinib ketdi. 
Keyin:  
 
«Ashhadu annalloha ‘ala kulli shay`in qodiyr, va anniy ‘abdullohi va rosuluh» (Guvohlik 
beramanki, Alloh har bir narsaga qodir va men Allohning quli va rasulidirman), dedilar. 
Abu Dovud rivoyatlari 
 
Istisqo namozi hayit namoziga o’xshab o’qiladi va shu tarzda xutba qilinadi. Unda 
Allohga takbir, hamd va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytiladi. Iloji 
boricha istig’for ko’paytiriladi va:  
 
«Istag’firu robbakum innahu kana g’affaro, yursilis sama`a ‘alaykum midroro» 
(Parvardigoringiz Allohdan mag’firat so’ranglar, albatta, U o’ta mag’firatli bo’lgan 
zotdir. (Shunda) U zot ustlaringizga osmondan yomg’ir quydirur) (Nuh surasi, 10 
– 11), oyatlari o’qiladi. 
 
Umar (r.a.) agar yomg’ir so’rasalar, duolarining aksari istig’for bo’lar edi. 
 
 
136-bob. Qattiq shamol bo’lganda aytiladigan zikrlar 
 
454/1. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Agar qattiq shamol bo’lsa, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam:  
 
«Allohumma inniy as`aluka xoyroha va xoyro ma fiyha va xoyro ma ursilat bihi va a’uzu 
bika min sharriha va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi», deb aytar edilar. 
(Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan uning yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan yuborilgan 
narsaning yaxshisini so’rayman. Ey Rabbim, Sendan uning yomonidan, undagi 
yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan panoh so’rayman.) Imom 
Muslim rivoyatlari 
 
455/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v): «Shamol bandalarga 
yuborilgan rahmatdir. Gohida u rahmat bilan keladi, gohida azob bilan. Agar shamol 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling