Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.

bet11/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38

Fasl: «Qori va qiroat odoblari» haqida ma’lumotni bir nechta mujallad kitoblar ham 
qamrab ololmaydi. Endi, kim Qur’on odoblari haqida ko’proq ma’lumot olishni xohlasa, 
«At-tibyan fiy adabi hamalatil Qur’an» kitobiga murojaat qilsin. 
 
284/15. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kecha 
va kunduzda ellik oyat o’qigan odam g’ofillar qatorida yozilmaydi, yuz oyat o’qigan kishi 
kechani ihyo qilib, Allohning ibodatida uzoq turuvchi, deb yoziladi, ikki yuz oyat o’qigan 
kishi bilan Qur’on qiyomat kuni hujjat talashmaydi, besh yuz oyat o’qigan odamga esa, 
bir necha qintor ajr yoziladi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari  
 
Abu Hurayradan (r.a.) qilingan rivoyatda esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim o’nta oyat o’qisa, g’ofillar qatorida yozilmaydi», deganlar.  
 
Bir kecha va kunduzda o’qilishi lozim bo’lgan suralar haqidagi ko’p hadislarni zikr qildik. 
Ular Yosin, Taborak-Mulk, Voqe’a, Duxon suralaridir. Bu suralarni har kuni o’qib yurish 
lozim. 
 
285/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim bir kecha va kunduzda Allohning roziligini talab qilib, Yosin surasini o’qisa, uning 
gunohlari kechiriladi», dedilar. 
 
Boshqa bir rivoyatda: «Kim kechasi Duxon surasini o’qisa, gunohlari kechirilgan holda 
tong ottiradi», deyilgan. 
 
Ibn Mas’uddan (r.a.) qilingan rivoyatda esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim 
har kecha Voqe’a surasini o’qisa, unga kambag’allik yetmaydi», deganlar. 
 
Jobirdan (r.a.) qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alif, lam, miym. 
Tanziylul kitab...» va Taborak suralarini o’qimasdan uxlamaganlari aytilgan. 
 
286/17. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim kechasi 
«Iza zulzilatil arzu...» surasini o’qisa, Qur’onning yarmini o’qigandek bo’ladi. Kim «Qul 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
ya ayyuhal kafirun»ni o’qisa, Qur’onning to’rtdan birini o’qigandek bo’ladi. Kim «Qul 
huvallohu ahad»ni o’qisa, Qur’onning uchdan birini o’qigandek bo’ladi», dedilar. 
 
287/18. Boshqa bir rivoyatda: «Kim Oyatul kursiy va «Ha, miym»ning avvalini o’qisa, 
shu kuni har qanday yomonlikdan saqlanibdi», deganlar. 
 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
ALLOH TAOLOGA HAMD AYTISH KITOBI 
 
71-bob. Alloh taologa hamd aytish 
 
Alloh taolo aytadi: «Allohga hamd bo’lsin va Uning o’zi (payg’ambarlik uchun) 
tanlagan bandalariga duoyu salomlar bo’lsin», deb ayting» (Naml surasi, 59-
oyat); «Ayting: «Allohga hamd bo’lsin. Yaqinda U sizlarga o’z oyat-
mo’’jizalarini ko’rsatur» (Naml surasi, 93-oyat); «Bola-chaqa qilmagan Allohga 
hamd bo’lsin» (Isro surasi, 111-oyat); «Agar bergan ne’matlarimga shukr 
qilsangizlar, albatta, sizlarga ziyoda qilaman» (Ibrohim surasi, 7-oyat); «Bas, 
Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilinglar va Meni 
inkor etmanglar!» (Baqara surasi, 152-oyat). 
 
Allohga hamd aytish va Unga shukr qilish to’g’risidagi oyatlar juda ko’pdir.  
 
288/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Har bir muhim ish Allohga hamd aytish bilan boshlanmasa, oxiri kesikdir», dedilar. Abu 
Dovud va Ibn Moja rivoyatlari 
 
Boshqa bir rivoyatda: «Har bir muhim ish «Bismillahir rohmanir rohiym» bilan 
boshlanmasa, u kesikdir», deyilgan. 
 
Ulamolar: «Kitob tasnif qiluvchi, dars oluvchi, dars beruvchi, xutba aytuvchi Allohga 
hamd bilan boshlashlari mustahab», deydilar. 
 
Bulardan tashqari, yeb-ichgandan keyin, aksa urganda, ayolga sovchi qo’yganda, nikoh 
o’qilayotganida, hojatxonadan chiqayotganda, shuningdek, boshqa ishlarda ham Allohga 
hamd aytish mustahabdir. Biz bularni, inshaalloh, o’rnida zikr qilamiz. 
 
Fasl: Duoning xotimasida ham, boshlanishida ham Allohga hamd aytish mustahab 
qilindi. Bunga dalil Alloh taoloning:  
 
«Oxirgi istaklari Olamlar Rabbi Allohga hamd aytishdir» (Yunus surasi, 10-oyat), 
degan so’zidir. Biror ne’matga yetishganda yoki yomon ko’rgan narsasidan 
uzoqlashganda, Allohga hamd ham aytish mustahabdir. Hamd aytishning eng yaxshi 
iborasi «Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn»dir. 
 
289/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 
Isro kechasida ikkita qadah keltirildi. Ularning birida sharob, ikkinchisida sut bor edi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sutni oldilar. Shunda Jabroil (alayhissalom): «Sizni 
fitratga hidoyat qilgan Allohga hamd bo’lsin. Agar sharobni olganingizda, ummatingiz 
zalolatga ketar edi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari 
 
290/3. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar birq kishining farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalariga: 
«Bandamning farzandini oldinglarmi?» deydi. Farishtalar: «Ha», deb javob berishadi. 
Alloh: «Bandamning qalbining mevasini oldinglarmi?» deydi. Farishtalar yana: «Ha», 
deyishadi. Alloh taolo: «Bandam nima dedi?» deb so’raydi. Farishtalar: «Senga hamd va 
istirjo’ (ya’ni, «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», deb) aytdi», deyishadi. Shunda Alloh 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
taolo: «Bandam uchun jannatda bir uy quringlar va uni hamd uyi, deb atanglar», 
deydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari 
 
Fasl: Xurosonlik do’stlar aytishdi: «Kimki, hamma hamdni o’z ichiga olgan hamd bilan 
Allohga hamd aytaman desa, «Alhamdu lillahi hamdan yuvafiy ni’amahu va yukafiu 
maziydahu», deb aytishi bilan qasamini bajargan bo’ladi». (Ma’nosi: Ne’matlarini hosil 
qilgan va ziyodaligini mukofot qilgan Allohga hamd bo’lsin.) 
 
Kimki maqtovlarning eng chiroylisi bilan Allohni maqtayman, deb qasam ichsa, «La uxsiy 
sanaan ‘alayka anta kama asnayta ‘ala nafsika» deb aytishi bilan qasamini bajargan 
bo’ladi. (Ma’nosi avval kelgan.) Ba’zilar: « Falakalhamdu hatto tarzo» (Rozi 
bo’lguningcha Senga hamd bo’lsin), deyilgan gapni ziyoda qilishgan. 
 
Abu Nasr Tammor Muhammad ibn Nazrdan (r.a.) rivoyat qilib keltirishlaricha, Odam 
alayhissalom: «Ey rabbim, kasbi korim meni mashg’ul qilib qo’ydi. Menga bir narsa 
o’rgatginki ana shu hamma hamd va tasbihlarni o’z ichiga olsin», dedilar. Shunda Alloh 
taolo u zotga vahiy qilib: «Ey Odam agar tong ottirsang uch marta va kech kirgizsang 
uch marta «Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyna hamdan yuvafiy ni’amahu va yukafi’u 
maziydahu» deb ayt, hamd va tasbihlarni hammasini o’z ichiga olgandir», deb aytdi. 
(Ma’nosi yuqorida kelgan.)  
 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA SALOVOT AYTISH KITOBI 
 
Alloh taolo Ahzob surasining 56-oyatida:  
 
«Albatta, Alloh va Uning farishtalari payg’ambarga salovot ayturlar. Ey iymon 
keltirganlar, sizlar ham u zotga salovot va salom aytinglar!» deydi. 
 
 
72-bob. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish  
 
291/1. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Kim menga salovot aytsa, Alloh taolo unga o’nta salovot aytadi», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari 
 
292/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim menga 
bitta salovot aytsa, Alloh taolo unga o’nta salovot aytadi», dedilar. Imom Muslim 
rivoyatlari 
 
293/3. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Qiyomat kuni menga eng yaqin bo’ladigan kishilar menga ko’p salovot 
aytadiganlardir», dedilar. Termiziy rivoyatlari 
 
294/4. Avs ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kunlaringizning eng yaxshisi juma kunidir. Ana shu kunda menga salovotni 
ko’paytiringlar. Chunki menga shu kuni salovotlaringiz ko’rsatiladi», dedilar. Shunda 
sahobalar: «Ey Rasululloh, sizning suyaklaringiz chirib ketsa, qanday qilib ko’rsatiladi?» 
deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo payg’ambarlarning 
jasadlarini yeyishni yerga harom qildi», dedilar. Abu Dovud, Nasoiy va Ibn Mojalar 
rivoyati 
 
295/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Qabrimni bayram o’tkaziladigan joy qilib olmanglar. Balki menga salovot aytinglar. 
Qaerda bo’lsanglar ham, menga salovotlaringiz yetib keladi», dedilar. Abu Dovud 
rivoyatlari 
 
296/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Biror kishi menga salom aytsa, Alloh taolo ruhimni menga qaytaradi. Men salom aytgan 
kishiga alik olaman», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari 
 
 
73-bob. Kimning huzurida Rasululloh zikr qilinsa, u zotga salovot va salom 
aytishga buyurish 
 
297/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir 
kishining huzurida zikr qilinsam, lekin u menga salovot aytmasa, uning burni yerga 
ishqalsin», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
298/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning 
huzurida zikr qilinsam, menga salovot aytsin. Chunki kim menga bir marta salovot 
aytsa, Alloh unga o’nta salovot aytadi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
299/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning 
huzurida zikr qilinsam-u, menga salovot aytmasa, batahqiq, u badbaxt bo’libdi», dedilar. 
Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. 
 
300/4. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishining 
huzurida zikr qilinsam-u, menga salovot aytmasa, ana shu kishi baxildir», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyatlari 
 
Ba’zi ahli ilmlardan rivoyat qilinishicha, kishi majlisda bir marta Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamga salovot aytsa kifoya qiladi, deyilgan. 
 
 
74-bob. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishning sifati  
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qanday salovot aytilishi haqida «Namoz zikrlari» 
kitobida aytib o’tdik. Ammo Ibn Abu Zayd Molikiy va u kabilar ana shu salovotga 
«Varham Muhammadan va ola Muhammad» (Muhammadga va u zotning oilalariga rahm 
qil), kabi asli yo’q, bid’at so’zlarni kiritishgan. Imom Abu Bakr Arabiy «Termiziyga 
sharh» nomli kitoblarida Ibn Abu Zayd aytgan gap xatoligini va unga amal qilish johillik 
ekanini zikr etganlar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam salovot qanday 
aytilishini sahih hadislarida ko’rsatib qo’yganlar. Endi bunga ziyoda qilish Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallamni kamchilikda ayblash bo’ladi. 
 
 
75-bob. Duoni Allohga hamd aytish va Rasulullohga salovot aytish bilan 
boshlash 
 
301/1. Fazola ibn Ubayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
bir kishi Allohni ulug’lamasdan va Rasulullohga salovot aytmasdan duo qilayotganini 
eshitib: «Bu kishi duo qilishda shoshildi», dedilar. So’ng yana aytdilar: «Sizlardan 
birortangiz duo qilsa, Allohga sano aytib, Uni ulug’lab va Rasulullohga salovot yo’llab, 
keyin xohlaganicha duo qilaversin». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari 
 
302/2. Umar ibn Xattob (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot 
aytilmagan duo ko’tarilmasdan, yer bilan osmon orasida to’xtab turadi», deganlar. Imom 
Termiziy rivoyatlari 
 
Ulamolar, duoni Allohga hamdu sano, Rasulullohga salovot aytish bilan boshlash va 
tugatish mahbub amaldir, deb aytishgan.  
 
 
76-bob. Payg’ambarlarga salovot aytganda oilalarini ham qo’shib aytish 
 
Payg’ambarimizga «sollallohu alayhi vasallam» deb salovot aytishga ulamolar ittifoq 
qilishgan. Shuningdek, boshqa payg’ambarlar va farishtalarga ham alohida salovot 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
aytish joiz. Ammo anbiyolardan boshqalarga joiz emas. Masalan, Abu Bakrga «sollallohu 
alayhi vasallam», deyilmaydi, balki u zotga «roziyallohu anhu», deyiladi. Chunki salaf 
ulamolari salovot va salomni faqat anbiyolarga aytganlar. Shuningdek, «azza va jalla» 
so’zi Alloh taologagina xosdir. Hech qachon payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga 
«azza va jalla» deb aytilmaydi, garchi u zot aziz va ulug’ bo’lsalar ham. Shuning singari 
Abu Bakr yoki Aliga «sollallohu alayhi vasallam» deyilmaydi. Garchi ma’nosi to’g’ri kelsa 
ham. Ammo anbiyolarga salovot aytganda oilalari, ashoblari, zurriyotlari va atbo’larini 
qo’shib aytish joiz. 
 
Fasl: Sahobalar, tobe’inlar, ulardan keyingi ulamo va obidlarning ismlariga «roziyallohu 
anhu» yoki «rohimahulloh»ga o’xshash duolar aytiladi. Lekin ba’zilar, «roziyallohu 
anhu»ni sahobalarga xos, boshqalarga «rohimahulloh» deb aytiladi, deyishadi. Ammo 
avval aytganimiz sahihroqdir. 
 
 
Favqulodda holatlarda qilinadigan duo va zikrlar kitobi 
 
Yuqoridagi zikr etgan duolarimiz har kecha va kunduz takror qilinadi. Ya’ni, 
hammasining muayyan vaqti bor. Ammo quyida keltiriladigan duo va zikrlarga ma’lum 
bir vaqt tayinlanmagan, ular favqulodda holatlar yuzaga kelganida aytilaveradi. 
 
 
77-bob. Istixora duosi 
 
303/1. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
bizga hamma ishlarda istixorani (yaxshilik so’rash) xuddi Qur’ondan sura o’rgatgandek 
o’rgatar edilar. U zot: «Birortangiz bir ishni qasd qilsa, farzdan tashqari ikki rak’at 
namoz o’qisin. So’ng:  
 
«Allohumma inniy astaxiyruka bi’ilmika, va astaqdiruka biqudrotika va as`aluka min 
fazlikal ‘aziym. Fainnaka taqdiru va la aqdiru va ta’lamu va la a’lamu va anta ‘allamul 
g’uyub. Allohumma in kunta ta’lamu anna hazal amro xoyrun liy fiy diyniy va ma’ashiy 
va ‘aqibati amriy, ‘ajili amriy va ajilihi, faqdurhu liy va yassirhu liy, summa barik liy fiyhi 
va in kunta ta’lamu anna hazal amro sharrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ‘aqibati amriy, 
‘ajili amriy va ajilihi fasrifhu ‘anniy vaqdurliyal xoyro haysu kana summa rozziniy bih», 
deb hojatini aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening ilming bilan Sendan yaxshilik 
so’rayman. Sening qudrating bilan Sendan qodirlik va ulug’ fazlingni so’rayman. Sen 
(har narsaga) qodirsan, men qodir emasman. Sen (har narsani) biluvchisan, men 
bilmayman. Sen g’aybni biluvchisan. Ey Rabbim, agar mana shu qilayotgan ishim 
(hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va 
oxiratimda men uchun yaxshi bo’lsa, uni menga nasib et va oson qil. So’ng uni menga 
barakotli qil. Agar mana shu ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, 
ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yomon bo’lsa, mendan uni 
uzoqlashtir, qaerda bo’lsa ham, men uchun yaxshilikni taqdir qil va meni undan rozi et.) 
Imom Buxoriy rivoyatlari 
 
Ulamolar: Namoz va mazkur duo bilan istixora qilish mustahab amaldir», deyishdi. U ikki 
rak’at bo’lib, farz namozidan oldingi yo keyingi sunnat namozlarida, tahiyyatul masjid va 
bundan boshqa nafl namozlarida ham hosil bo’laveradi. Fotiha surasidan keyin birinchi 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun»ni, ikkinchi rak’atda esa «Qul huvallohu ahad»ni 
o’qiydi. Duoni yuqorida zikr qilganimiz bilan boshlab, Allohga hamd va Rasulullohga 
salovot va salom aytish bilan yakunlaydi. Hadisi sharifda zikr qilinganidek, istixorani har 
bir ishda qilish mustahabdir. Agar istixora qilgandan keyin qalbi qaysi tomonga moyil 
bo’lsa, o’shani bajaraveradi. 
 
304/2. Abu Bakr (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ish qilishni 
xohlasalar:  
 
«Allohumma xir liy vaxtar liy», deb aytardilar». 
(Ma’nosi: Allohim, menga yaxshilik ixtiyor qil) Termiziy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. 
 
305/3. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey 
Anas, agar biror ishni qasd qilsang, Rabbingga yetti marta istixora qil, so’ngra qalbingga 
yaqiniga qara, yaxshilik ana shundadir», dedilar». Ibn Sunniy g’arib sanad bilan rivoyat 
qilganlar. 
 
 
Qiyinchilik va g’amginlikda aytiladigan zikrlar bobi 
 
78-bob. Muhim ishlarda va qiyinchilikdagi duolar 
 
306/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
mahzunlikda:  
 
«La ilaha illallohul ‘aziymul haliym, La ilaha illallohu robbul ‘arshil ‘aziym, La ilaha 
illallohu robbus samavati va robbul arzi robbul ‘arshil kariym», deb aytardilar. (Ma’nosi: 
«Halim va ulug’ Allohdan boshqa iloh yo’q. Ulug’ arshning rabbi bo’lgan Allohdan boshqa 
iloh yo’q. Mukarram arshning va yeru osmonlarning rabbi bo’lgan Allohdan boshqa iloh 
yo’q.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
307/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror ish 
mashaqqat yoki mahzunlik keltirsa:  
 
«Ya hayyu ya qoyyumu birohmatika astag’isu», der edilar. (Ma’nosi: «Ey hay va qayyum 
sifatli Zot, Sening rahmating ila yordam so’rayman.) Termiziy rivoyatlari 
 
308/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 
biror ish xafalik olib kelsa, boshlarini osmonga ko’tarib:  
 
«Subhanallohil ‘aziym», der, duo qilmoqchi bo’lsalar: «Ya hay, ya qoyyum»ni aytar 
edilar. Imom Termiziy rivoyatlari 
 
309/4. Anas (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko’pincha: 
 
«Allohumma atina fid dunyo hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar», 
deb duo qilar edilar». (Ma’nosi: «Ey Allohim, dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni 
ber. Do’zax azobidan bizlarni saqla.) Imom Buxoriy rivoyatlari 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
Imom Muslim rivoyatlarida bunday deyiladi: «Anas (r.a.) duo qilsalar, ana shu duo bilan 
boshlar edilar. Agar boshqa duoni o’qisalar, unga o’sha duoni qo’shardilar». 
 
310/5. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar menga 
biror qiyinchilik yoki xafachilik yetsa, quyidagi kalimalarni aytishni buyurdilar: 
 
 «La ilaha illallohu karimul ‘aziym. Subhanahu tabarokallohu robbul ‘arshil ‘aziym. 
Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn». (Ma’nosi: Ulug’ va karim sifatli Allohdan boshqa iloh 
yo’q. Ulug’ arsh rabbi Alloh barakotli va pokdir. Olamlar rabbi Allohga hamd bo’lsin.) 
Nasoiy va Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
311/6. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
qiyinchilik paytlarida:  
 
«Allohumma rohmataka arju fala takilniy ila nafsiy torfata ‘aynin va aslih liy sha`niy 
kullahu la ilaha illa anta» duosini o’qirdilar. (Ma’nosi: Allohim, rahmatingni umid 
qilaman. Meni o’z holimga bir lahza ham topshirib qo’yma va ishlarimning hammasini 
isloh qil. Sendan boshqa iloh yo’q.) Abu Dovud rivoyatlari 
 
312/7. Asmo binti Umays (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
menga: «Qiyinchilik paytlarida aytiladigan kalimalarni senga o’rgataymi?  
 
«Allohu Allohu robbiy, la ushriku bihi shay`a», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: Alloh, 
rabbim Alloh. Unga biror narsani sherik qilmayman.) Abu Dovud, Ibn Moja rivoyatlari 
 
313/8. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim 
xafalik paytida Oyatul kursiy va Baqara surasining oxirgi oyatlarini o’qisa, Alloh taolo 
unga yordam beradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
314/9. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Men bir kalimani bilaman, uni mahzunlikka tushib qolgan kishi aytsa, najot 
topadi. U kalima birodarim Yunus alayhissalom (baliqning qorniga tushib qolganlaridan 
keyin) zulmatlarda turib:  
 
«La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn» (Anbiyo surasi, 87-oyat), 
deya qilgan duolaridir», dedilar. (Ma’nosi: Sendan boshqa iloh yo’q. Ey pok 
Parvardigor, albatta, men (o’z jonimga) zulm qiluvchilardan bo’ldim. Ibn Sunniy 
rivoyatlari 
 
Sa’dning rivoyatlarida: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror musulmon kishi 
Yunus alayhissalomning baliq qornida Rabblariga qilgan duolari – «La ilaha illa anta 
subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn»ni aytib, duo qilsa, duosi ijobat bo’ladi», dedilar. 
Termiziy rivoyatlari  
 
 
79-bob. Biror narsadan qo’rqqanda aytiladigan zikrlar 
 
315/1. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni biror 
narsa cho’chitsa:  

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
 
«Huvalloh, Allohu robbiy la shariyka lah», deb aytardilar. (Ma’nosi: U Allohdir. Alloh 
mening rabbimdir. Uning sherigi yo’qdir.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
316/2. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam biror narsadan qo’rqqan kishilarga:  
 
«A’uzu bikalimatillahit tammah min g’ozobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish 
shayatiyni va an yahzuruni», deb aytishni o’rgatar edilar. (Ma’nosi: Allohning mukammal 
kalimalari bilan g’azabidan va bandalarining yomonligidan va shayton vasvasa qilib, 
mening yonimda hozir bo’lishidan panoh tilayman.) Abu Dovud va Termiziylar rivoyati 
 
 
80-bob. g‘am yoki tashvish yetganida aytiladigan zikrlar 
 
317/1. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Kimga g’am-tashvish yetsa, ushbu kalimalar bilan duo qilsin, deganlarida, bir 
kishi: «Ey Rasululloh mana shu kalimalardan bebahra qolgan kishi xasoratdami» dedi, 
Rasululloh: «Ha», deb javob berdilar. So’ngra , «Bu kalimalarni o’zinglar aytib, 
boshqalarga ham o’rgatinglar. Kim bir narsa talabida ana shu kalimalarni aytsa, Alloh 
undan xafalikni ketkazib, xursandchiligini ziyoda qiladi», deb o’sha kalimalarni aytdilar:  
 
«Ana ‘abduka, ibnu ‘abdika, ibnu amatika fi qobzotik, nasiyatiy biyadik, mazin fiyya 
hukmuk, ‘adlun fiyya qozouk, as`aluka bikulli ismin huva laka sammayta bihi nafsaka av 
anzaltahu fi kitabika av ‘allamtahu ahadan min xolqika av ista`sarta bihi fiy ‘ilmil g’oybi 
‘indaka an taj’alal Qur’ana nuro sodriy va robiy’a qolbiy va jilaa huzniy va zahaba 
hammiy». (Ma’nosi: Men Sening qulingman, qulingning o’g’liman, cho’ringning 
zurriyotiman. Kokilim Sening qo’lingda. Hukming mening ustimda joriydir. Sening 
hukming odildir. O’zingni nomlagan yoki kitobingda nozil qilgan yoki xalqingdan biror 
kishiga o’rgatgan yoki g’ayb ilmingda saqlab qo’ygan ismlaring ila so’raymanki, Qur’onni 
dilimning nuri, qalbimning bahori, mahzunligimni arituvchi va g’amimni ketkizuvchi qil.) 
Ibn Sunniy rivoyatlari 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling