Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.

bet9/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
faafzola vallaziy a’toniy faajzala. Alhamdu lillahi ‘ala kulli hal. Allohumma robba kulli 
shay`in va maliykahu va ilaha kulli shay`in. A’uzu bika minan nar», deb aytardilar». 
(Ma’nosi: Menga kifoya qilgudek narsa va maskan bergan, meni taomlantirgan, 
sug’organ va menga afzal narsalarni berib, to’la-to’kis qilgan Allohga hamd bo’lsin. Har 
qanday holatda Allohga hamd bo’lsin. Ey Rabbim, Sen har bir narsaning tarbiyachisi, 
moliki va har bir narsaning ilohisan. Sening noming ila do’zaxdan panoh tilayman.) Abu 
Dovud rivoyatlari 
 
234/18. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim to’shagiga yotayotgan paytda:  
 
«Astag’firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubi ilayh», deb uch marta 
aytsa, gunohlari dengiz ko’pigicha yoki yulduzlar adadicha yoki bir-biriga jips qumlar 
sonicha yoki dunyo kunlarining adadicha bo’lsa ham, Alloh taolo kechiradi», dedilar. 
Imom Termiziy rivoyatlari 
 
235/19. Sahobalardan biri aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida 
o’tirgan edim, bir sahobiy kelib: «Ey Rasululloh, mana shu kecha chayon chaqib olib, 
tong otgunigacha uxlaganim yo’q», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar kech kirganida:  
 
«A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq», desang, inshaalloh, biror narsa 
zarar bermaydi», dedilar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari ila U xalq qilgan 
narsalarning yomonligidan panoh tilayman.) Abu Dovud rivoyatlari 
 
236/20. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishiga 
vasiyat qilaturib: «To’shagingga yotsang, Hashr surasini o’qi. Agar shu kuni o’lsang, 
shahid holatda o’lasan yoki jannat ahlidan bo’lasan», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
237/21. Ibn Umar (r.a.) bir kishiga: «To’shakka yotayotganingda:  
 
«Allohumma anta xolaqta nafsiy va anta tatavaffaha, laka mamatuha va mahyaha, in 
ahyaytaha fahfazha va in amattaha fag’fir laha, Allohumma inniy as`alukal ‘afiyah», deb 
ayt, bu duoni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman», dedilar. (Ma’nosi: 
Allohim, Sen mening nafsimni xalq qilding va Sen uni o’ldiruvchisan. Uning tirikligi ham, 
o’limi ham Sening qo’lingda. Agar uni tirik qo’ysang, muhofaza qil. Agar o’ldirsang, 
mag’firat et. Ey Rabbim, Sendan ofiyat so’rayman.) Imom Muslim rivoyatlari 
 
238/22. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.): «Ey Rasululloh, 
menga biror kalima o’rgating, men uni ertalab va kechqurun aytib yuray», deganlarida, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:  
 
«Allohumma fatiros samavati val arzi ‘alimal g’oybi vash shahadati robba kulli shay`in 
va maliykah, Ashhadu alla ilaha illa anta, a’uzu bika min sharri nafsiy va sharrish 
shaytoni va shirkih», deb erta tongda, kech kirganda va joyingga yonboshlab 
yotganingda ayt», dedilar. (Ma’nosi: Ey yeru osmonni bor qilgan Rabbim, ey g’oibni va 
shohidni biluvchi Rabbim, Sen har bir narsaning parvardigori va podshohidirsan. 
Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo’q. Nafsimning yomonligidan, shaytonning 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
yomonligiyu shirkidan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud va Termiziylar 
rivoyati 
 
239/23. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Musulmon kishi to’shagiga yotaturib, Allohning kitobidan biror surani o’qisa, 
Alloh taolo unga bir farishtani vakil qilib qo’yadi. Farishta unga zarar beradigan narsani 
yaqinlashtirmaydi, qachon biror narsadan ogoh bo’lsa ogohlantiradi», dedilar. Termiziy 
va Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 
 
240/24. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi 
to’shagiga yotadigan bo’lsa, farishta va shayton musobaqalashadi. Farishta: «Ey 
Rabbim, yaxshilik bitgin», deydi. Shayton: «Yomonlik bitgin», deydi. Agar kishi Allohni 
zikr qilsa, so’ng uxlasa, farishta uni muhofaza qilgan holda tong ottiradi», dedilar. Ibn 
Sunniy rivoyatlari 
 
241/25. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom 
uyquga yonboshlasalar:  
 
«Allohumma bismika robbiy vazo’tu jambiy fag’firliy zanbiy», deb aytardilar. (Ma’nosi: 
Allohim, Sening isming bilan yonboshimni qo’ydim. Mening gunohlarimni kechir.) Ibn 
Sunniy rivoyatlari 
 
242/26. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim to’shagiga pok holatda yotsa, to esnab uyqusi kelgunicha Allohni zikr qilsa va shu 
kechada Allohdan oxirat va dunyo yaxshiliklarini so’rasa, Alloh taolo unga yaxshilikni 
beradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
243/27. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhissalom agar 
to’shaklariga yotmoqchi bo’lsalar: 
 
«Allohumma amti’niy bisam’iy va basoriy vaj’alhumal varisa minniy, vansurniy ‘ala 
‘aduvviy va ariniy minhu sa`riy. Allohumma inniy a’uzu bika min g’olabatid dayni va 
minal ju’i fainnahu bi`saz zoji’», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, qulog’im va ko’zimni 
foydalanishim uchun qoldirib, ularni menga merosxo’r qil (ya’ni, o’lgunimcha, salomat 
qil) va dushmanlarimga qarshi menga yordam ber va o’ch olishni menga ko’rsat. Ey 
Rabbim, menga qarz g’olib kelishi va ochlikdan Sening noming ila panoh tilayman. 
Chunki ochlik yomon yotib qoladigan hamrohdir.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
244/28. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uxlaydigan 
bo’lsalar, qo’rqoqlikdan, dangasalikdan, malol ko’rishdan, baxillikdan, kibrdan, ahli va 
molidagi yomon ko’rinishdan, qabr azobidan, shayton va uning shirkidan panoh tilar 
edilar. Shu amallarini vafot etgunlaricha davom ettirdilar». Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
245/29. Oisha onamizning (r.a.) o’zlari ham uxlamoqchi bo’lsalar: 
 
«Allohumma inniy as`aluka ru`ya solihatan, sodiqatan g’oyro kazibah, nafi’atan g’oyro 
zorroh», deb aytar edilar va so’ng hech bir so’z gapirmas edilar. (Ma’nosi: Allohim, 
Sendan solih, yolg’on bo’lmagan, rostgo’y, zararli bo’lmagan, foydali tushni so’rayman.) 
Ibn Sunniy rivoyatlari 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
67
 
246/30. Ali (r.a.): «Aqlli kishining Baqara surasining oxirgi uch oyatini o’qimay 
uxlaganini ko’rmadim», deb aytar edilar. Abu Bakr ibn Abu Dovud sahih isnod ila rivoyat 
qilganlar. 
 
247/31. Yana Ali (r.a.) aytadilar: «Islomga kirgan aqlli kishilarning Oyatul kursiyni 
o’qimasdan oldin uxlaganini ko’rmadim». Bu rivoyatni ham Abu Bakr ibn Abu Dovud naql 
qilganlar. 
 
248/32. Ibrohim Naxaiy aytadilar: «Agar to’shaklariga yotadigan bo’lsalar, ikkita «Qul 
a’uzu»ni o’qishni o’rgatar edilar». 
 
Boshqa rivoyatda: «Har kecha uch martadan «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil 
falaq», «Qul a’uzu birobbin nas»ni o’qish mustahab amal», deb sanardilar, deyiladi. 
Muslimning shartlariga binoan sahih. 
 
 
61-bob. Allohni zikr qilmasdan uxlashning karohiyati 
 
249/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim bir o’ringa o’tirib, Allohni zikr qilmasa, u kishiga Alloh tomonidan noqislik bordir. 
Kim bir suyanchiqqa yonboshlab, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan u kishi uchun 
ham noqislik bordir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari 
 
 
62-bob. Kechasi uyg’onib, yana uxlashni xohlagan kishi aytadigan zikrlar 
 
Kechasi uyg’onadigan kishi ikki holatdan birida bo’ladi: yo uyg’onganidan keyin 
uxlamaydi (uning zikrlari kitob avvalida aytib o’tildi) yoki yana uxlashni xohlaydi. Bunda 
uyqu g’olib kelgunicha Alloh taoloni zikr qilish mustahab amaldir. Bu to’g’rida zikrlar juda 
ko’p. 
 
250/1. Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, Nabiy sollallohu 
alayhi vasallam: «Kim kechasi uyg’onib,  
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli 
shay`in qodiyr, valhamdu lillahi va subhanallohi va la ilaha illallohu vallohu akbar, va la 
havla va la quvvata illa billah», yoki  
 
«Allohumma ig’fir liy», (ey Allohim, gunohlarimni kechir), desa yoki duo qilsa, ijobat 
bo’ladi. Agar tahorat olsa, o’qigan namozlari ham qabul qilinadi», dedilar. Imom Buxoriy 
va Termiziy rivoyatlari 
 
251/2. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi 
uyg’onsalar:  
 
«La ilaha illa anta subhanakallohumma astag’firuka lizambiy va as`aluka rohmatak. 
Allohumma zidniy ‘ilman va la tuzig’ qolbiy ba’da iz hadaytaniy va hab liy mil ladunka 
rohmatan innaka antal vahhab», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Sendan boshqa iloh yo’q. 
Ey Rabbim, Seni poklab yod eturman. Gunohlarimga istig’for aytaman. Sendan 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
rahmatingni so’rayman. Ey Rabbim, ilmimni ziyoda qil. Meni hidoyatga boshlaganingdan 
keyin qalbimni undan og’dirib qo’yma. Va o’zingning huzuringdan rahmat ber. Albatta, 
Sen ko’plab ato etguvchi zotsan.) Abu Dovud rivoyatlari 
 
252/3. Yana ummul mo’minin Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam kechasi uyg’onsalar: 
 
«La ilaha illallohu vahidul qohhar robbus samavati val arzi va ma baynahumal ‘aziyzul 
g’offar», deb aytardilar». (Ma’nosi: Qahhor sifatli yakkayu yolg’iz Allohdan boshqa iloh 
yo’q. U yeru osmon va uning orasidagi bor narsalarning rabbi bo’lgan aziz va g’affor 
sifatli zotdir.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
253/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Agar Alloh bir 
musulmon bandaga kechasi o’z nafsini qaytarib bersa (ya’ni, o’ldirmasa), Allohga tasbih 
va istig’for aytsin va duo qilsin, undan duolarini qabul qiladi», dedilar. Ibn Sunniy zaif 
isnod bilan rivoyat qilganlar. 
 
254/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar sizlardan biringiz kechasi to’shagidan turib, so’ng unga qaytsa, uni izorining bir 
tarafi bilan uch marta qoqib yuborsin. Chunki unda nima borligini bilmaydi. Agar 
yonboshlasa:  
 
«Bismikallohumma vazo’tu jambiy va bika arfa’uh, in amsakta nafsiy farhamha va in 
rodadtaha fahfazha bima tahfazu bihi ‘ibadakas solihiyn», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: 
Allohim, Sening noming ila yonboshimni yerga qo’ydim va Sening noming ila turaman. 
Agar mening nafsimni olsang, rahm qil. Agar uni yana hayotga qaytarsang, solih 
bandalaringni saqlaganingdek muhofaza qil.) Imom Termiziy, Ibn Moja, Ibn Sunniylar 
rivoyatlari 
 
255/6. Imom Molikdan rivoyat qilinadi. Abu Dardo (r.a.) agar yarim kechasi tursalar: 
 
«Namatil ‘uyunu va g’orotin nujum va anta hayyun qoyyum», deb aytar edilar. (Ma’nosi: 
Ko’zlar uxladi, yulduzlar botdi. Sen esa, Allohim, tirik va qoyimsan.) 
 
 
63-bob. To’shakda bezovta bo’lib, uxlay olmaganda aytiladigan zikrlar 
 
256/1. Zayd ibn Sobit (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 
uyqusizlikdan shikoyat qildim, u zot:  
 
«Allohumma g’orotin nujumu va hada`atil ‘uyunu va anta hayyun qoyyum, la ta`xuzuka 
sinatun va la navm, ya hayyu, ya qoyyumu, ahdiy layliy va anim ‘ayniy, deb ayt», 
dedilar. Shu duoni aytgan edim, Alloh mendan uyqusizlikni ketkazdi». (Ma’nosi: Allohim, 
yulduzlar botdi, ko’zlar tindi. Sen tirik, qoimdirsan. Seni mudroq ham, uyqu ham 
olmaydi. Ey tirik va qoyim bo’lgan Zot, kechamni tinch qilib, ko’zimga uyqu ber.) Ibn 
Sunniy rivoyatlari 
 
257/2. Muhammad ibn Yahyo ibn Habbondan rivoyat qilinadi. Xolid ibn Valid (r.a.) 
uyqusizlikka chalinganlarida, Rasulullohga shikoyat qildilar. Shunda Rasululloh sollallohu 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
alayhi vasallam: «Uxlayotgan paytingda Allohning mukammal kalimalari bilan Uning 
g’azabidan, bandalarning yomonidan, shayton hozir bo’lib vasvasa qilishidan panoh tila», 
dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
258/3. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Xolid ibn Valid (r.a.) Rasulullohga 
uyqusizlikdan shikoyat etganlarida, Rasulullohi alayhissalom: «Agar to’shagingga 
yotsang:  
 
«Allohumma robbas samavatis sab’i va ma azallat, va robbal arziyna va ma aqollat va 
robbash shayatiyna va ma azallat, kun liy jaron min xolqika kullihim jamiy’an an yafruta 
‘alayya ahadun minhum va an yabg’iya ‘alayya, ‘azza jaruka va jalla sanauka va la ilaha 
g’oyruka va la ilaha illa anta», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen yetti osmon va 
uni soyalantiradigan narsalarning parvardigorisan, yer va u ko’tarib turgan narsalarning 
parvardigorisan, shayton va u adashtirgan narsalarning parvardigorisan. Menga biror 
kishi zo’ravonlik qilib, haddan oshmasligi uchun hammasining ustidan o’zing menga 
himoyachi bo’l. Sening himoyang aziz, sanoing oliy bo’ldi. Sendan boshqa iloh yo’q. 
Faqat Sengina ilohdirsan.) Termiziy bu hadisni zaif deganlar. 
 
 
64-bob. Uyquda qo’rqqanda aytiladigan duo 
 
259/1. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam uyqusida qo’rqqanlarga:  
 
«A’uzu bikalimatillahit tammah min g’ozobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish 
shayatiyni va an yahzuruni», deb aytishni o’rgatganlar. (Ma’nosi: Allohning mukammal 
kalimalari bilan Uning g’azabidan, bandalarining yomonligidan, shayton hozir bo’lib, 
vasvasa qilishidan panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy va Ibn Sunniylar rivoyatlari 
 
Abdulloh ibn Amr shu duoni aqli kirgan bolalariga o’rgatar edi. Agar aqli kirmagan bo’lsa, 
uni yozib bo’yniga osib qo’yardi. 
 
 
65-bob. Tushida yaxshi yoki yoqtirmagan narsani ko’rganda aytiladigan zikrlar 
 
260/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Birontangiz tushida yaxshi narsa ko’rsa, u tushi Alloh tomonidandir. Buning uchun 
Unga hamd aytsin va uni odamlarga so’ylayversin. (Ba’zi rivoyatlarda: «faqat yaxshi 
ko’rgan kishisiga so’ylasin», deyilgan.) Agar yomon tush ko’rsa, u shaytondandir. Uning 
yomonligidan panoh so’rasin va uni hech kimga so’ylamasin. Shunday qilsa, unga zarar 
bermaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari 
 
261/2. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Yaxshi tush (boshqa rivoyatda: «solih tush») Alloh tomonidandir. Alg’ov tush esa, 
shaytondandir. Kim yoqtirmagan narsasini ko’rsa, chap tomoniga uch marta tuflab, 
shaytondan panoh tilasin. Ana shundoq qilsa, unga zarar bermaydi», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari  
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
262/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Birontangiz yomon tush ko’rsa, chap tomoniga uch marta tuflab, shaytondan Allohning 
nomi ila uch marta panoh tilasin. So’ng boshqa tomonga ag’darilib olsin», dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari 
 
263/4. Abu Hurayradan (r.a.) marfu’ holatda rivoyat qilingan hadisda u kishi aytganlar: 
«Agar birontangiz yomon tush ko’rsa, hech kimga gapirmasin va turib namoz o’qisin». 
Imom Termiziy rivoyatlari  
 
264/5. Ibn Sunniyning rivoyatlarida Abu Hurayra (r.a.) bunday deganlar: «Agar 
birortangiz o’zi yoqtirmagan tush ko’rsa, uch marta tuflab:  
 
«Inniy a’uzu bika min ‘amalish shaytoni va sayyiatil ahlami», desa, unga hech narsa 
bo’lmaydi». (Ma’nosi: Men shaytonning amalidan va bulg’angan tushdan Sening isming 
ila panoh tilayman.)  
 
 
66-bob. Tushini aytib bergan kishiga qilinadigan javob 
 
265/1. Ibn Sunniyning kitoblarida rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamga kim tush ko’rdim, desa: 
 
«Xoyron roayta va xoyron yakun» (Yaxshisini ko’rding, yaxshi bo’ladi), derdilar. Boshqa 
rivoyatda:  
 
«Xoyron talqohu va sharron tavaqqohu, xoyron lana va sharron ‘ala a’daina, valhamdu 
lillahi robbil ‘alamiyn» (Yaxshisiga yo’liqasan va yomonidan saqlanasan. Bu ko’rgan 
tushing bizning foydamizga, dushmanlarimiz zararlariga bo’lsin. Olamlar rabbi Allohga 
hamd bo’lsin), deb aytar edilar, deyilgan. 
 
 
67-bob. Kechaning ikkinchi yarmida istig’for aytish va duo qilishga undash 
 
266/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kechaning oxirgi uchdan biri qolganida Rabbimiz dunyo osmoniga tushib: «Kim Menga 
duo qiladi, ijobat etaman, kim Mendan so’raydi, so’raganini beraman, kim Menga 
istig’for aytadi, gunohlarini kechiraman», deydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari 
 
Imom Muslimning rivoyatlarida: «Kechaning uchdan biri o’tgan paytda Alloh taolo dunyo 
osmoniga tushib: «Men podshohman, Men podshohman, kim Menga duo qilsa, ijobat 
etaman, kim Mendan so’rasa, beraman, kim Menga istig’for aytsa, uni kechiraman», 
deydi. Mana shu holat tong otgunigacha, (boshqa bir rivoyatda: «kechaning yarmigacha 
yoki uchdan ikkisi o’tguncha») davom etadi», deyilgan. 
 
267/2. Amr ibn Abasadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Banda Rabbiga yaqin bo’ladigan payt kechaning ikkinchi yarmidir. Ana shu soatda 
Allohni zikr qilishga qodir bo’lsang, zikr qil», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar 
rivoyatlari 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
 
68-bob. Ijobat bo’ladigan soatlarga to’g’ri kelishini umid etib, kechaning 
hammasida duo qilish 
 
268/1. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kechasida bir soat bor. Musulmon kishi ana shu soatga to’g’ri kelib, Allohdan dunyo va 
oxirat yaxshiliklarini so’rasa, Alloh unga beradi. Bu soat har kechada bo’ladi», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari 
 
 
69-bob. Allohning go’zal ismlari 
 
A’rof surasining 180-oyatida: 
«Allohning chiroyli ismlari bor. U bilan duo qilinglar», deb aytilgan. 
 
269/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Alloh taoloning to’qson to’qqizta – bir kam yuzta ismi bor. Kim uni sanasa, jannatga 
kiradi. Alloh toqdir, toqni yaxshi ko’radi», dedilar. 
 
Bu hadisni shu yergacha Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan. Davomida 
Imom Termiziy va boshqalar Alloh taoloning ismlarini keltirishgan:  
 
Alloh taoloning ismlari: 
  
1. Alloh.  
Alloh lafzi «alaha» fe’lidan olingan «iloh» masdariga mansub bo’lib ma’bud-ibodat 
qilingan zot ma’nosini anglatadi. Arablarda «iloh»ning alif va lom harflari kiritilgan va 
«alilohu» hosil bo’lgan. So’ngra hamzaning harakatini lomi ta’rifga naql qilingan va bir 
jinsdagi ikki harfni idg’om qilingandan keyin «Alloh» lafzi hosil bo’lgan. Alloh lafzi 
yakkayu yagona ma’budi haqqa ism bo’lib qolgan. U zotdan boshqaga bu ism 
ishlatilmagan.  
 
2. Rahmon. 
Ulug’ ne’matlarni beruvchi. Bu sifat faqat Allohga xos bo’lib, barchaga kofirga ham, 
mo’minga ham mehribon va ne’mat beruvchi ma’nosini anglatadi. Rahmon sifatini Alloh 
taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib bo’lmaydi. 
 
3. Rahiym. 
«Rahiym» latif ne’matlarni beruvchi. Bu sifat xosroq bo’lib, qiyomat kuni faqat 
mo’minlarga rahm qiluvchi ma’nosini anglatadi. Va Allohdan o’zgalarga, jumladan 
Payg’ambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi. 
 
4. Malik. 
Barcha narsani egasi. «Malik» haqiqiy egadir. Undan o’zga ega yo’qdir. Shuning uchun 
bandalar faqat unga qul bo’ladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xo’jayin bo’lmaydi. 
Shuning uchun insonlar o’zlariga o’xshagan insonlarga emas, balki yagona yaratganga, 
haqiqiy Malikka qul bo’lishlari lozim. 
 
5. Quddus. 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
«Quddus»-barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va 
mutlaq poklik Allohning o’zigagina xosdir. 
 
6. Salom. 
«Salom»-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat 
beruvchi degani. Alloh «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato 
qiladi. 
 
7. Mo’min. 
Mo’min-iymon va omonlikni beruvchi. 
 
8. Muhaymin. 
Hamma narsani qamrab oluvchi. Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh bo’lib 
turadi. Undan hech narsa maxfiy qolmaydi. 
 
9. Aziz. 
Barchaning ustidan g’olib. Undan biror narsa g’olib kelolmaydi. 
 
10. Jabbor. 
«Jabbor» oliy qadar ulug’, Uning oldida hamma o’zini xor tutadi. 
 
11. Mutakabbir. 
«Mutakabbir»- kibriyosi va ulug’ligi behad. Uning oldida boshqalar qul bo’lib turadi. 
 
12. Xoliq. 
Asli va o’xshashi yo’q narsaning o’lchovini mos qilib yaratuvchi. Alloh maxluqlarni 
yaratishdan oldin ham Xoliq degan vasfga ega edi. U xaloyiqni xalq qilganidan keyin 
Xoliq ismini olgani yo’q. Xoliq mutlaq vujudga keltiruvchidir. 
 
13. Bori’. 
Yo’qdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi. Bori’ning vujudga keltirishida tafovut 
yo’qdir. 
 
14. Musavvir. 
Musavvir mahluqotlarning suvratini shakllantiruvchi, har bir narsaga o’ziga xos suvrat 
beruvchi. 
 
15. G‘affor. 
Ko’plab mag’firat qilib, bandalarning aybini o’z fazli ila kechib yuboruvchi. 
 
16. Qahhor. 
Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni o’z hukmiga yuritib va qudrati ila 
bo’ysundirib turuvchi. 
 
17. Vahhob. 
Ne’matlarni behisob beruvchi. 
 
18. Razzoq. 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
Ko’plab rizq beruvchi. Rizqlarni va ularning vositalarini yaratuvchi. Razzoq 
maxluqotlariga hech bir og’irliksiz, qiyinchiliksiz, yordam so’ramasdan rizq beruvchidir. 
 
19. Fattoh. 
Ko’plab narsalarni ochuvchi. O’z rahmati xazinasini bandalarga ochuvchi  
 
20. Aliym. 
Har bir narsani biluvchi. Bo’lgan va bo’ladigan, avvlgi va oxirgi zohir va botin 
narsalarning barchasini biluvchi.  
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling