Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.

bet6/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
«Allohummahdiniy fiyman hadayta va ‘afiniy fiyman ‘afayta va tavallaniy fiyman 
tavallayta va barik liy fiyma a’toyta va qiniy sharro ma qozoyta fainnaka taqziy va la 
yuqzo ‘alayka va innahu la yazillu man valayta tabarokta robbana va ta’alayt». (Ma’nosi: 
Ey Rabbim, hidoyat qilgan kishilaring qatori meni hidoyat qil, ofiyatda qilgan 
kishilaringdek meni ofiyatda qil, yordam bergan kishilaringdek menga ham yordam ber. 
Bergan narsalaringni menga barakali qil. Hukm qilgan narsalaringning yomonidan saqla. 
Sen hukm qiluvchisan. Senga hukm qilinmaydi. Senga do’st bo’lgan kishilar aslo xor 
bo’lmaydi. Ey Rabbim, Sen barakotli va oliy zotsan.) Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Ibn 
Moja, Bayhaqiylar rivoyati 
 
Ba’zilar Umar ibn Xattob (r.a.) rivoyatlarida kelgan quyidagi duoni o’qishni yaxshiroq 
deyishadi: 
 
«Allohumma inna nasta’iynuka va nastag’firuka va la nakfuruk va nu`minu bika va 
naxla’u may yafjuruk. Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka 
nas’a va nahfidu narju rohmataka va naxsha ‘azabaka inna ‘azabakal jidda bilkuffari 
mulhiq. Allohumma ‘azzibil kafarotallaziyna yasudduna ‘an sabiylika va yukazzibuna 
rosulaka va yuqotiluna avliyaak. Allohummag’fir lilmu`miniyna val mu`minat val 
muslimiyna val muslimat vaslih zata baynihim va allif bayna qulubihim vaj’al fiy 
qulubihimul iymana val hikmata va sabbithum ‘ala millati Rosulillah sollallohu alayhi 
vasallam va avzi’hum ay yufu bi’ahdikallaziy a’hadtahum ‘alayhi vansurhum ‘ala 
‘aduvvika va ‘aduvvihim ilahal haqqi vaj’alna minhum». (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan 
yordam so’raymiz va Senga istig’for aytamiz, kufr keltirmaymiz, Senga iymon keltirib, 
Senga fojirlik qiladiganlardan chetlanamiz. Ey Allohim, Senga sajda qilib, namoz o’qib, 
ibodat qilamiz. Harakat etib, Senga intilamiz. Rahmatingni umid qilamiz, azobingdan 
qo’rqamiz. Albatta, haqiqiy azobing kofirlarga ro’para qilinuvchidir. Ey Allohim, Sening 
yo’lingdan to’sadigan, rasullaringni yolg’onchiga chiqaradigan va do’stlaringni 
o’ldiradigan kofirlarni azobla. Ey Rabbim, mo’min-musulmon erkaklarning va mo’mina-
muslima ayollarning gunohlarini kechir. Ularning oralarini isloh etib, qalblarini ulfat qil, 
qalblariga iymon va hikmat urug’larini soch. Ularni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
millatlarida sobitqadam qil va ahdlashgan narsalarida Sening ahding bilan vafo qilishni 
ularga nasib et. O’zingning va ularning dushmanlariga qarshi ularga yordam ber. Ey haq 
Iloh, bizni ulardan (ya’ni, nusrat berilganlardan) qil.) 
 
Imom namozda bu duolarni o’qiyotganida, faqat o’ziga xoslab emas, balki jamoat uchun 
qiladi. Rasululloh alayhissalom quyidagi hadislarida shunday qilishga buyurganlar. 
 
132/3. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Qavmga imom 
bo’lgan kishi duoda o’zini xoslab olmasin. Agar shundoq qiladigan bo’lsa, 
jamoatdagilarga xiyonat qilibdi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari 
 
(Masalan, imom «gunohlarimni kechir», demasdan, «gunohlarimizni kechir», deb ko’plik 
lafzida aytadi. – Tarjimon.) 
 
 
44-bob. Tashahhud 
 
133/1. Ibn Mas’ud (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar:  
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
«Attahiyyatu lillahi vassolavatu vattoyyibat assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va 
rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Ashhadu alla 
ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh». (Ma’nosi: «Salomlar, 
duolar va yaxshiliklarning barchasi Alloh uchundir. Ey Payg’ambar, sizga salom va 
Allohning rahmatiyu barakoti bo’lsin. Bizlarga va Allohning solih bandalariga ham salom 
bo’lsin. Allohdan boshqa iloh yo’q deb guvohlik beraman. Va yana Muhammad Allohning 
bandasi va rasuli deb guvohlik beraman.) (Bizning Imom A’zam mazhablarida shu 
hadisdagi lafz ixtiyor qilingan. -- Tarjimon.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
134/2. Ibn Abbos (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar:  
 
«Attahiyatul mubarokatus solavatut toyyibatu lillah. Assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu 
va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Ashhadu alla 
ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadar rosululloh». Muslim rivoyatlari 
 
135/3. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qilgan 
rivoyatlarida tashahhud quyidagi lafzda kelgan:  
 
«Attahiyyatut toyyibatus solavatu lillah. Assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va 
rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Ashhadu alla 
ilaha illallohu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh». Muslim rivoyatlari 
 
136/4. Qosimga (r.a.) Oisha onamiz (r.a.) Rasululloh alayhissalomning tashahhudlari, 
deya quyidagilarni o’rgatganlar: 
 
«Attahiyyatu lillahi vassolavatu vattoyyibat. Assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va 
rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Ashhadu alla 
ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh». Imom Bayhaqiy 
yaxshi isnod bilan rivoyat qilganlar. 
 
137/5. Abdurahmon ibn Umar Qoriydan rivoyat qilinadi. U kishi Umar ibn Xattob (r.a.) 
minbarda turib, quyidagi tashahhudni kishilarga o’rgatayotganlarini eshitgan ekanlar:  
 
«Attahiyyatu lillah, azzakiyatu lillah, attoyyibatus solavatu lillah, assalamu ‘alayka 
ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh, assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis 
solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va 
rosuluh». Imom Molik va Bayhaqiy rivoyatlari 
 
138/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz tashahhud o’qiydigan bo’lsalar, 
quyidagilarni aytar edilar:  
 
«Attahiyyatut toyyibatus solavatuz zakiyatu lillah. Ashhadu alla ilaha illallohu va anna 
Muhammadan ‘abduhu va rosuluh. Assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi 
va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn». Oisha onamizdan qilingan 
boshqa rivoyatda esa, quyidagicha: 
 
«Attahiyyatus solavatut toyyibatuz zakiyatu lillah. Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la 
shariyka lahu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh. Assalamu ‘alayka ayyuhan 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn». 
Imom Molik, Bayhaqiy va boshqalar rivoyati 
 
139/7.Molik Nofe’dan, u kishi ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qiladilar: 
«Ibn Umar (r.a.) tashahhudni quyidagicha aytar edilar:  
 
«Bismillah, attahiyyatu lillah, assolavatu lillah, azzakiyatu lillah, assalamu ‘alan nabiyyi 
va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Shahidtu 
alla ilaha illallohu. Shahidtu anna Muhammadar rosululloh». Imom Molik va Bayhaqiy 
rivoyatlari 
 
Mana shu zikr qilganlarimiz turli tashahhud duolari bo’lib, avvalgi uchtasi, ya’ni Ibn 
Mas’ud, Ibn Abbos, Abu Musolardan (roziyallohu anhum) qilingan rivoyatlar 
Rasulullohdan sobit bo’lgandir. (Bizning mazhabimiz, ya’ni Imom A’zam (rahmatullohi 
alayh) mazhablarida Ibn Mas’uddan rivoyat qilingan birinchi hadis ixtiyor qilingan. – 
Tarjimon.) 
 
140/8. Tashahhudni maxfiy o’qish sunnat amaldir. Bunga Abdulloh ibn Mas’udning 
(r.a.): «Tashahhudni maxfiy qilish sunnatdir», deb aytgan gaplari dalil bo’ladi. Abu 
Dovud, Termiziy, Bayhaqiy rivoyatlari 
 
 
45-bob. Tashahhuddan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish 
 
Namoz oxirida tashahhuddan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish 
Shofe’iy mazhablarida vojibdir. Kim uni tark etsa, namozi namoz emas. Nabiyning ahliga 
salovot aytish vojib emas, balki mustahabdir. Ammo vojib deganlar ham yo’q emas. 
(Imomi A’zam mazhablarida namoz tashahhud miqdorida o’tirish bilan tugallanadi. 
Tashahhuddan keyin ushbu salovotni aytish esa, sunnatdir.--Tarjimon.)  
 
«Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala ali Muhammad, kama sollayta ‘ala Ibrohiyma 
va ‘ala ali Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd. Allohumma barik ‘ala Muhammadin va 
‘ala ali Muhammad, kama barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka hamiydum 
majiyd». (Ma’nosi: Allohim, Ibrohim alayhissalomni va u zotning oilalarini yaxshilik va 
rahmatda qilganing kabi, Muhammad alayhissalomni va u zotning oilalarini ham 
yaxshilik va rahmatda qil. Albatta, Sen maqtovli ulug’ zotsan. Allohim, Ibrohim 
alayhissalomni va u zotning oilalarini barakotli qilganingdek, Muhammad alayhissalomni 
va u zotning oilalarini ham barakotli qil. Albatta, Sen maqtovli ulug’ zotsan.)  
 
Tashahhuddan keyin mana bu salovotni o’qish afzaldir:  
 
«Allohumma solli ‘ala Muhammadin ‘abdika va rosulikan nabiyyil ummiyyi va ‘ala ali 
Muhammadin va azvajihi va zurriyyatihi kama sollayta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali 
Ibrohiyma va borik ‘ala Muhammadin nabiyyil ummiyyi va ‘ala ali Muhammadin va 
azvajihi va zurriyyatihi kama barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiyma fil ‘alamiyna 
innaka hamiydum majiyd». (Ma’nosi: Allohim quling, rasuling, omi nabiyying 
Muhammad alayhissalomni, ayollari va zurriyotlarini rahmat va yaxshilikda qil, xuddi 
Ibrohim alayhissalomni va oilalarini rahmat va yaxshilikda qilganingdek. Omi nabiy 
Muhammad alayhissalomni, u zotning ayollari va zurriyotlarini barakotli qil, xuddi 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
Ibrohim alayhissalomni olamlarda barakotli qilganingdek. Albatta Sen maqtovga loyiq 
ulug’ zotsan.)  
 
 
46-bob. Oxirgi tashahhuddan keyin o’qiladigan duo 
 
Tashahhuddan keyin duo qilish hech bir ixtilofsiz joiz ishdir. 
 
141/1. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qiladilar: Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga tashahhudni o’rgatib, undan keyin 
xohlagan duoni o’qishni aytdilar», deydilar. Imom Muslim rivoyatlarida: «U zot xohlagan 
narsalarini so’rardilar», deb aytilgan.  
 
142/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar birortangiz oxirgi tashahhudni o’qib bo’lsa, to’rtta narsadan panoh so’rasin: 
jahannam azobidan, qabr azobidan, hayot va o’lim fitnasidan, Masiyh Dajjolning 
yomonligidan», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari 
 
Imom Muslimning boshqa bir rivoyatlarida: «Agar birortangiz tashahhudda bo’lsa, to’rt 
narsadan panoh tilab aytsin:  
 
«Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabi jahannama va min ‘azabil qobri va min fitnatil 
mahya val mamat va min sharri fitnatil masiyhid dajjal». 
 
143/3. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozda 
quyidagicha duo qilar edilar:  
 
«Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabil qobri va a’uzu bika min fitnatil masiyhid dajjal 
va a’uzu bika min fitnatil mahya val mamat. Allohumma inniy a’uzu bika minal ma`sami 
val mag’rom». (Ma’nosi: Allohim, qabr azobidan, Masih Dajjolning fitnasidan, tiriklik va 
o’lim fitnasidan, gunohkor va qarzdor bo’lishdan panoh tilayman.) Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari 
 
144/4. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga 
tursalar, tashahhud bilan salomning orasida (ya’ni, salovotdan keyin):  
 
«Allohummag’firliy ma qoddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a’lantu va ma 
asroftu va ma anta a’lamu bihi minniy, antal muqoddim va antal muaxxir, la ilaha illa 
anta»ni o’qir edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, oldingiyu keyingi, oshkorayu maxfiy va 
isrofgarchilik bilan qilgan gunohlarimni va mendagi o’zing bilgan gunohlarimni kechir. 
Albatta, Sen avvalgi va oxirgidirsan, Sendan boshqa iloh yo’q.) Muslim rivoyatlari 
 
145/5. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qiladilar. U zot 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan namozda o’qib yurishlari uchun bir duo 
o’rgatishlarini so’radilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakrga:  
 
«Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron va la yag’firuz zunuba illa anta 
fag’firliy mag’firatan min ‘indika varhamniy innaka antal g’ofurur rohiym», deb ayting», 
dedilar. (Ma’nosi: Allohim, men nafsimga ko’p zulm qildim. Gunohlarni Sendan boshqa 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
hech kim kechira olmaydi. O’zingning huzuringdan bo’lgan mag’firat ila gunohlarimni 
kechir va menga rahm qil. Albatta, Sen kechirguvchi hamda rahmli zotsan.) Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari 
 
146/6. Abu Solih Zakvondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
bir kishiga: «Namozda qanday duo qilasan?» deb so’radilar. Haligi kishi: «Tashahhud 
o’qiyman va: 
 
«Allohumma inniy as`alukal jannata va a’uzu bika minannar» (Ey Rabbim, Sendan 
jannatni so’rayman va do’zaxdan panoh tilayman), deb aytaman. Ammo siz 
so’raganingizdek va panoh tilaganingizdek go’zal qilolmayman», dedi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Shunga yaqin qilib so’ra», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari 
 
Har bir o’rinda «Allohumma inniy as`alukal ‘afva val ‘afiyah. Allohumma inniy as`alukal 
huda vattuqo val ‘ifafa val g’ina», deb aytish mustahab amaldir. (Ma’nosi: Ey Allohim, 
Sendan afv va ofiyatni so’rayman. Ey Allohim, Sendan hidoyat, taqvo, iffat va boylikni 
so’rayman.) 
 
 
47-bob. Namozdan salom bilan chiqish 
 
Namozdan salom bilan chiqish uning asosiy ruknlaridan biri, farzlaridan bir farzdir. 
Uningsiz namoz namozga o’tmaydi. (Bizning mazhabimizda salom bilan chiqish vojib 
sanaladi. – Tarjimon.) O’ng tomonga burilganda ham, chap tomonga burilganda ham 
«Assalamu ‘alaykum va rohmatulloh», deb aytadi. Ammo «va barokatuh»ni qo’shmaydi. 
 
 
48-bob. Kishi namozda turganida bir odam gapirsa, unga nima deydi? 
 
147/1. Sahl ibn Sa’d Soidiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Kimning namozida biror hodisa yuz bersa:  
 
«Subhanalloh», deb aytsin», dedilar. Boshqa bir rivoyatda: «Agar biror ish sodir bo’lsa, 
erkaklar tasbih aytsin, ayollar qarsak chalsin», deyilgan. Yana boshqa bir rivoyatda: 
«Tasbih erkaklar uchun, qarsak ayollar uchun», deyiladi. Buxoriy va Muslim rivoyatlari  
 
 
49-bob. Namozdan keyingi zikrlar 
 
148/1. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalomdan: «Qaysi duo 
yaxshi eshitiladi?» deb so’rashdi, u zot: «Kechaning oxirgi qismi va farz namozlari 
so’ngida qilingan duo», deb javob berdilar. Imom Termiziy rivoyatlari 
 
149/2. «Sahihayn»da keltirilgan hadisda Ibn Abbos (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam namozlarini takbir bilan tugatganlarini bilaman», deb xabar berganlar. U zot 
boshqa bir rivoyatda yana aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida 
odamlar farz namozidan qaytayotib, ovozlarini baland qilib, takbir aytishar edi». Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
150/3. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni 
tugatsalar, uch marta «Astag’firulloh», deb so’ngra:  
 
«Allohumma antas salam va minkas salam, tabarokta ya zal jalali val ikrom», deb aytar 
edilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, Sen salomsan va salom Sendandir. Ey ulug’ va hurmatli 
zot, Sen barakotlisan.) Muslim rivoyatlari 
 
151/4. Mug’iyra ibn Sho’’ba (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
namozdan forig’ bo’lsalar: 
 
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala 
kulli shay`in qumma la mani’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal 
jaddi minkal jadd»ni o’qir edilar. (Ma’nosi: «Allohdan o’zga iloh yo’q, Uning sherigi ham 
yo’q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har narsaga qodirdir. Ey Rabbim, Sen 
bergan narsani ma’n qiluvchi yo’q. Va Sen ma’n qilgan narsani beruvchi yo’q. Buyuklik 
Sendandir, boshqaning buyukligi foyda bermaydi.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
152/5. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har namoz 
ketidan tahlil aytar edilar», deydilar. O’zlari ham har namoz ketidan:  
 
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli 
shay`in qodiyr. La havla va la quvvata illa billah, la ilaha illallohu va la na’budu illa 
iyyah, lahun ni’matu val fazlu va lahus sanaul hasan, la ilaha illallohu muxlisiyna lahud 
diyna va lav karihal kafirun», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Yakka Allohdan boshqa iloh 
yo’q. Uning sherigi ham yo’q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har bir ishga 
qodirdir. Allohdan boshqada o’zgartirish va quvvat yo’q. Allohdan boshqa iloh yo’q. 
Ungagina ibodat qilamiz. Ne’mat, fazl, chiroyli sano U uchundir. Allohdan boshqa iloh 
yo’q. U uchun din xolis qilinadi, garchi kofirlar karih ko’rsalar ham.) Muslim rivoyatlari 
 
153/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
huzurlariga kambag’al muhojirlar kelib: «Badavlat kishilar oliy darajalarga ko’tarilib, 
ne’matda bizdan o’zib ketishdi. Ular biz namoz o’qigandek namoz o’qiydilar, biz ro’za 
tutgandek ro’za tutadilar, shularning ustiga, mollarini sarflab, haj, umra, sadaqa hamda 
jihod qiladilar», deb aytishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga bir 
narsa o’rgataymi? U bilan sizlardan o’zib ketganlarga yetib olasiz va keyingilardan o’zib 
ketasizlar, biror kishi sizlardan afzal bo’lolmaydi. Faqat sizlar qilgan amalni qilsa, afzal 
bo’ladi», dedilar. Sahobalar: «O’rgating, ey Rasululloh», deyishdi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Har bir namozning ortidan o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu 
lillah, Allohu akbar», deb aytinglar», deb buyurdilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
154/7. Ka’b ibn Ujradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim har bir farz namoz so’ngida o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, 
Allohu akbar», tasbihlarini aytsa kambag’al bo’lmaydi», dedilar. Muslim rivoyatlari 
 
155/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim har bir 
namoz so’ngida o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», deb 
yuzinchisini  
 
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
shay`in qodiyr», deb aytsa, gunohlari dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechiriladi», dedilar. 
Muslim rivoyatlari 
 
156/9. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam har namoz so’ngida ushbu kalimalarni aytib, panoh tilar edilar:  
 
«Allohumma inniy a’uzu bika minal jubni va a’uzu bika an arudda ila arzalil ‘umuri va 
a’uzu bika min fitnatid dunya va a’uzu bika min ‘azabil qobr». (Ma’nosi: Ey Rabbim, 
qo’rqoqlikdan, umrning zoe’ bo’lishidan, dunyo fitnasidan va qabr azobidan panoh 
berishingni tilayman.) Buxoriy rivoyatlari 
 
157/10. Abdulloh ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Ikki xislat bor. Qaysi bir musulmon 
banda uni doim bajarib yursa, jannatga kiradi, -- dedilar Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam. – Ular yengil, ammo amal qiladiganlar oz. Birinchisi, har bir namoz so’ngida 
o’n martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», deyish. Bu bir kunda tilda 
150 ta, mezonda bo’lsa, 1500 tadir. Ikkinchisi, to’shakka kirganda, uxlashdan oldin o’ttiz 
uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah» va o’ttiz to’rt marta «Allohu akbar», desa, 
tilida 100 ta, mezonda esa, 1000 ta bo’ladi». Rasululloh buni qo’llari bilan ta’kidladilar. 
Sahobalar: «Ey Rasululloh, nima uchun yengil bo’lsa ham, uni bajaradiganlar oz?» deb 
so’rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi uxlashni xohlagan paytda 
shayton kelib, mana shu kalimalarni aytishdan oldin uxlatib qo’yadi. Namoz o’qib 
bo’lganidan keyin ham shayton kelib, mana shu kalimalarni aytishidan oldin unga bir 
zarur ishni eslatadi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari 
 
158/11. Uqba ibn Omir (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga 
ikki «Qul a’uzu»ni har namoz so’ngida o’qishni buyurdilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy 
rivoyatlari 
 
Abu Dovudning rivoyatlarida: «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul 
a’uzu birobbinnas»ni o’qish lozim, deyilgan. 
 
159/12. Muoz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening 
qo’llarimdan ushlab: «Ey Muoz, Allohga qasamki, men seni yaxshi ko’raman va senga 
har namoz so’ngida  
 
«Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatik»ni aytishni tavsiya 
qilaman», dedilar». (Ma’nosi: Ey Allohim, Seni zikr etishda, Senga shukr qilishda va 
ibodatingni go’zal bajarishda menga yordam ber.) Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari 
 
160/13. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozlarini 
tamomlasalar, o’ng qo’llarini peshonalariga surtib: 
 
«Ashhadu alla ilaha illallohur rohmanur rohiym. Allohummazhib ‘annil hamma val 
hazan», deb aytardilar. (Ma’nosi: Rahmon va rahiym sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q, 
deb guvohlik beraman. Ey Rabbim, mendan g’am va xafachiliklarni ketkaz.) Ibn Sunniy 
rivoyatlari 
 
161/14. Abu Umoma (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror farz 
yoki nafl namoz so’ngida yaqinlashsam, u zotning: 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
 
 «Allohummag’firliy zunubiy va xotoyaya kullaha. Allohumman’ishniy vajburniy vahdiniy 
lisolihil a’mali val axlaq, innahu la yahdiy lisolihiha va la yasrifu sayyiaha illa anta», deb 
aytayotganlarini eshitar edim». (Ma’nosi: Ey Rabbim, gunohlarimning hammasini kechir. 
Ey Rabbim, meni ishlarimda faol qil, isloh et va xulq, amallarning yaxshisiga hidoyat qil. 
Sendan o’zgasi ishlarning yaxshisiga hidoyat qilib, yomonidan burolmaydi.) Ibn Sunniy 
rivoyatlari 
 
162/15. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
namozni tugatsalar (salom berishdan oldin yoki keyin – aniq bilmayman):  
 
«Subhana robbika robbil ‘izzati ‘amma yasifun va salamun ‘alal mursaliyn valhamdu 
lillahi robbil ‘alamiyn», deb aytar edilar» (Ma’nosi: Izzat egasi bo’lgan Parvardigoringiz 
ular sifatlayotgan narsadan pokdir. Barcha payg’ambarlarga salom bo’lsin, olamlarning 
Rabbiga hamd bo’lsin.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
162-b/16. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
namozdan forig’ bo’lsalar: 
 
«Allohummaj’al xoyra ‘umuriy axirohu va xoyro ‘amaliy xovatimahu vaj’al xoyro 
ayyamiy yavma alqoka», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Alohim, umrimning yaxshisini 
oxiri, amalimning yaxshisini xotimasi va kunlarimning yaxshisini Senga yo’liqadigan kun 
qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
163/17. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
namoz so’ngida: 
 
«Allohumma inniy a’uzu bika minal kufri val faqri va ‘azabil qobr», deb aytar edilar. 
(Ma’nosi: Allohim, kufrdan, kambag’allikdan va qabr azobidan Sendan panoh tilayman.) 
Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
164/18. Fazola ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar sizlardan biringiz namoz o’qisa, Allohga hamd va sano aytish bilan 
boshlasin. Keyin Rasulullohga salovot aytib, so’ngra xohlaganicha, duo qilsin», dedilar. 
Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling