Al-Azkor min kalami sayyidil abror
Download 5.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 102-bob. Bemorning: «Kasalim qattiq» yoki «Og’rig’im kuchli» yoki «Voy, boshim», deyishi, g’azablanish va sabrsizlik ko’rinishida bo’lmasa, joizligi haqida
- 106-bob. Kasalni yaxshi amallari bilan maqtash, unda xavf ko’rsa, uni ketkazish, Allohga bo’lgan gumonini yaxshilash to’g’risida
- 108-bob. Ziyoratga kelganlar kasaldan duo qilishini so’rash xususida
- 109-bob. Kasal kishi tuzalgandan keyin o’zini o’nglashi va Allohga tavba qilishni ahd etganidan keyin unga vafo qilishi xususida
- 110-bob. O’lim yaqinlashganda aytiladigan narsalar
- 113-bob. Kishining yaqini vafot etganida aytiladigan zikrlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 101 shifo ber, Sen shifo beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo yo’q. Sen bergan shifo birorta ham kasallik qoldirmaydi.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari Boshqa rivoyatda: «Ey insonlar Rabbi, kasallikni ketkaz. Shifo Seni qo’lingda, sendan boshqa uni ochuvchi yo’q», deyilgan. 349/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Sobitga (r.a.): «Rasululloh dam solib o’qiydiganlari bilan dam solaymi?» deb quyidagilarni aytdilar: «Allohumma robban nas, muzhibal ba`si ishfi anta shafiy, la shafiya illa anta shifa`a la yug’odiru saqoma». (Ma’nosi: Allohim, Sen insonlarning rabbisan, qiyinchiliklarni ketkaz, shifo ber, Sen shifo beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo yo’q. Sen bergan shifo birorta ham kasallik qoldirmaydi.) Imom Buxoriy rivoyatlari 350/5. Usmon ibn Abul Osiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zotga kasallik yetganidan Rasulullohga shikoyat qildilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotga: «Og’riyotgan yeringga qo’lingni qo’y, «Bismilloh»ni uch marta aytib: «A’uzu bi’izzatillahi va qudrotihi min sharri ma ajidu va uhaziru», deb yetti marta o’qi», dedilar. (Ma’nosi: Allohning izzati va qudrati ila o’zimda topadigan va hazar qiladigan narsaning yomonligidan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari 351/6. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kasalligimda meni ko’rgani kirib: «Allohumma ishfi Sa’dan, Allohumma ishfi Sa’dan, Allohumma ishfi Sa’dan» (Sa’dga shifo ber), deb aytdilar». Imom Muslim rivoyatlari 352/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim kasal ko’rgani borganida, agar ajali yetmagan bo’lsa, uning huzurida yetti marta: «As`alullohal ‘aziym robbal ‘arshil ‘aziym an yashfiyaka», desa, Alloh taolo uni kasalidan xalos qiladi», dedilar. (Ma’nosi: Ulug’ Allohdan, buyuk arsh Rabbidan senga shifo berishini so’rayman.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari 353/8. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar bir kishi bemorning ziyoratiga kelsa: «Allohumma ishfi ‘abdaka yankau laka ‘aduvvan av yamshiy laka ila solatin», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening dushmaningga zarba beruvchi yoki Sen uchun namozga yuruvchi kishiga shifo ber.) Abu Dovud rivoyatlari 354/9. Ali (r.a.) aytadilar: «Men kasalimdan shikoyat qilib: «Ey Rabbim, agar ajalim yaqinlashgan bo’lsa, meni rohatlantir, agar ajalimni kechiktirgan bo’lsang, mendan kasallikni ko’tar. Agar balo keltirgan bo’lsang, menga sabr ber», deb aytayotganimda, nogahon oldimdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’tib qoldilar. Va: «Nima deding?» deb so’radilar. Men aytganlarimni takrorladim. U zot oyoqlari bilan meni turtib: «Yo’q, «Allohumma ‘afihi» yoki «Allohumma ishfihi» (Ey Rabbim, ofiyatda qil yoki shifo ber), Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 102 deb ayt», dedilar. Men ana shu kundan keyin kasallikdan shikoyat qilmadim». Imom Termiziy rivoyatlari 355/10. Abu Said Xudriy va Abu Hurayralardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim: «La ilaha illallohu vallohu akbar» (Allohdan boshqa iloh yo’q, Alloh ulug’dir), desa, Parvardigor uni tasdiqlab, «Mendan boshqa iloh yo’q, Men ulug’man», deydi. Kim: «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah», desa, Parvardigor: «Mendan boshqa iloh yo’q, Mening sherigim ham yo’q», deydi. Agar banda: «La ilaha illallohu lahul mulku va lahul hamd», desa, Parvardigor: «Men ilohman, mulk Meniki, hamd ham Men uchun», deydi. Agar banda: «La ilaha illallohu va la havla va la quvvata illa billah», desa, Parvardigor: «Men ilohman, o’zgartirish ham, quvvat ham faqat Mendadir», deydi. Kim mana shu kalimalarni kasalligida aytib, so’ngra vafot etsa, unga do’zax o’ti tegmaydi», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati 356/11. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil (a.s.) Rasululloh huzurlariga kelib: «Ey Rasululloh, tobingiz yo’qmi?» deb so’radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», deb javob berganlarida, Jabroil (a.s.): «Bismillahi urqiyka, min kulli shay`in yu`ziyka, min sharri kulli nafsin av ‘aynin hasidin, Allohu yashfiyka, bismillahi urqiyka», deb aytdilar. (Ma’nosi: Allohning ismi ila dam solaman. Har bir aziyat beruvchi narsadan, har bir nafsning yomonligidan yoki hasad qiluvchi ko’zdan Alloh sizga shifo bersin. Allohning ismi bilan sizga dam solaman.) Imom Muslim, Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari 357/12. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir a’robiyni kasalligida ko’rgani kirdilar. Agar kasal ko’rgani kirsalar, «La ba`sa tohurun inshaalloh» (Zarari yo’q, inshaalloh, bu kasallik seni poklaydi), deb aytish u zot sollallohu alayhi vasallamning odatlari edi. Buxoriy rivoyatlari 358/13. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir a’robiy isitma chiqarib yotganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni ko’rgani kirib: «Bu kasallik gunohlarga kafforat bo’luvchi va poklovchidir», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 359/14. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kasalni ziyorat qilish uning peshonasiga qo’lni qo’yish yoki qo’lini ushlab, ahvoli nechuk ekanini so’rash bilan mukammal bo’ladi», dedilar. Termiziy rivoyatlari Ibn Sunniyning rivoyatlarida: «Kasal ko’rishning mukammalligi kasalga qo’lni qo’yib turib: «Qanday tong ottirding?» yoki «Nechuk kechlatding?» deb aytishdir», deyiladi. 360/15. Salmon (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni kasalligimda ko’rgani kirib: «Ey Salmon: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 103 «Shafallohu saqomaka va g’ofaro zanbaka va ‘afaka fiy diynika va jismika ila muddati ajalika», dedilar». (Ma’nosi: Alloh senga shifo berib, gunohingni kechirsin. Ajaling kelgunicha jisming va diningni ofiyatda qilsin.) Ibn Sunniy rivoyatlari 361/16. Usmon ibn Affon (r.a.) rivoyat qiladilar: «Men kasal bo’lganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga panoh tilardilar. Bir kuni: «Bismillahir rohmanir rohiym. U’iyzuka billahil ahadis somad, allaziy lam yalid va lam yulad va lam yakullahu kufuvan ahad. Min sharri ma tajidu», deb menga panoh tiladilar. Buni aytib bo’lganlaridan keyin tik turib: «Ey Usmon, mana shu kalimalar bilan panoh tila, boshqasi bilan ulardek panoh tilay olmaysan», dedilar». (Ma’nosi: Yakka, behojat, tug’magan, tug’ilmagan va biror tengi yo’q Alloh nomi ila yetadigan narsaning yomonligidan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari 100-bob. Kasalning oilasiga va unga xizmat qilayotganlarga kasalga yaxshi qarashni va qiyinchiliklarga sabr etishni nasihat qilishning mustahabligi 362/1. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga Juhayna qabilasidan zinodan homilador bo’lgan bir ayol kelib: «Ey Rasululloh, menga had urish lozim bo’lib qoldi. Uni menga qoim qiling», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning voliyini chaqirdilar. «Unga chiroyli muomala qil va homilasini tug’ib bo’lganidan keyin olib kel», dedilar. Xotin tuqqanidan keyin uni keltirishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u ayolning ko’ylagini mahkam bog’lashni, so’ng toshbo’ron qilishni buyurdilar. Bu ishlardan keyin unga janoza namozini o’qidilar. Imom Muslim rivoyatlari 101-bob. Bosh og’rig’i, isitma va boshqa og’riqlarga aytiladigan duo 363/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alay-hissalom barcha kasalliklarga va isitma chiqqanida: «Bismillahil kabiyr, na’uzu billahil ‘aziym, min sharri ‘irqin na’’ar, va min sharri harrin nar», deb aytishni o’rgatar edilar. (Ma’nosi: Buyuk Allohning ismi bilan boshlayman. Ulug’ Allohning nomi ila tomirdan shovullab oquvchi qonning yomonidan va do’zax o’tining yomonidan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari 102-bob. Bemorning: «Kasalim qattiq» yoki «Og’rig’im kuchli» yoki «Voy, boshim», deyishi, g’azablanish va sabrsizlik ko’rinishida bo’lmasa, joizligi haqida 364/1. Abdulloh ibn Ma’sud (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirsam, og’riqlari kuchayayotgan ekan. U zotni ushlab turib: «Ey Rasululloh, qattiq og’riyapsizmi?» dedim. «Ha, men sizlardan ikki kishiga beriladigan og’riq bilan kasallanaman», dedilar Nabiy alayhissalom». Buxoriy va Muslim rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 104 365/2. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Qattiq kasal bo’lib yotganimda, Rasululloh (s.a.v) meni ko’rgani kirdilar. «Ey Rasululloh, ko’rib turganingizdek, badavlat kishiman. Bitta qizimdan boshqa merosxo’rim yo’q», dedim...» Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari 366/3. Qosim ibn Muhammaddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.): «Voy, boshim!» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo’q, mening boshim og’riyapti», dedilar. Hadisning mana shu lafzi mursaldir. Imom Buxoriy rivoyatlari 103-bob. Zarar yetganida o’limni orzu qilishning karohiyati, faqat diniga fitna bo’lishidan qo’rqsagina, uni orzu qilish joizligi 367/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan birortangizga zarar yetsa, o’limni orzu qilmasin. Agar iloji bo’lmasa: «Allohumma ahyiniy ma kanatil hayatu xoyron liy va tavaffaniy iza kanatil vafatu xoyron liy», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, agar mening hayotda yashashim yaxshi bo’lsa, meni tirik qoldir. Agar vafotim yaxshi bo’lsa, meni vafot ettir.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 104-bob. Muqaddas shaharlarda o’lishni so’rashning mustahabligi 368/1. Hafsa binti Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Umar (r.a.): «Allohumma urzuqniy shahadatan fiy sabiylika vaj’al mavtiy fiy baladi rosulika sollallohu alayhi vasallam» (Allohim, meni o’zingning yo’lingda shahidlik bilan rizqlantir va rasulingning shahrida vafot topdir), deb duo qildilar. Shunda: «Bu qandoq bo’ladi?» dedim. Umar (r.a.): «Agar Alloh xohlasa, bo’ldiradi», dedilar». Buxoriy rivoyatlari 105-bob. Kasalni shod qiladigan so’zlar aytish mustahabligi 369/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v): «Kasal huzuriga kirsanglar, uning ajali haqida taskin beruvchi gaplarni aytinglar. U gap ajalini qaytara olmasa ham, nafsiga xotirjamlik berib, xursand qiladi», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 106-bob. Kasalni yaxshi amallari bilan maqtash, unda xavf ko’rsa, uni ketkazish, Allohga bo’lgan gumonini yaxshilash to’g’risida 370/1. Ibn Abbos (r.a.) Umar ibn Xattobga (r.a.) suiqasd qilinganida, u zotga tasalli beraturib: «Ey Mo’minlar amiri, bu hammasi emas. Siz Rasulullohning chiroyli suhbatlarida bo’lgansiz. U zot sizdan rozi holatda dunyodan ketdilar. Keyin Abu Bakrning (r.a.) chiroyli suhbatlarida bo’ldingiz. Bu zot ham sizdan rozi holatda dunyodan o’tdilar. Keyin musulmonlar bilan chiroyli suhbatda bo’ldingiz. Agar dunyodan ketsangiz, albatta, Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 105 ular ham sizdan rozidirlar...» deganlarida, Umar (r.a.): «Ana shu Allohning menga bergan ne’matidir», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari 371/2. Ibn Shumosa (r.a.) aytadilar: «Biz Amr ibn Os (r.a.) huzurlarida edik. U zot o’lim to’shagida edilar, yuzlarini devor tomonga qaratib, uzoq yig’lardilar. Shunda o’g’illari: «Ey otajon, Rasululloh sizga undog’-bundog’ deb bashorat qilmaganlarmi?» deganlarida, yuzlarini burib: «Biz hozirlaydigan eng afzal narsa «La ilaha illallohu va anna Muhammadar rasululloh» shahodatidir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari 372/3. Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.) kasal bo’lib qoldilar. Shunda Ibn Abbos (r.a.) kelib: «Ey mo’minlar onasi, siz, Rasululloh va otangiz Abu Bakrga yetishishda (ya’ni, havzga erishishda) avvalgilardan bo’ldingiz», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari Ibn Abu Mulaykaning rivoyatlarida esa, quyidagicha aytiladi: «Ibn Abbos (r.a.) Oishaning (r.a.) o’limlaridan oldin, zaiflashib turganlarida huzurlariga kirishga izn so’radilar. Oisha onamiz: « Meni maqtashlaridan qo’rqaman», dedilar. Shunda: «Musulmonlar nomidan Rasululloh amakilarining o’g’illari», deyildi. «U zot izn beringlar»? dedilar. Ibn Abbos: «O’zingizni qanday his qilyapsiz?» deb so’radilar. Oisha onamiz: «Agar taqvoda bo’lsam, juda yaxshi his qilyapman», dedilar. Shunda Ibn Abbos: «Inshaalloh, sizga yaxshi bo’ladi, chunki siz Rasulullohning xotinlarisiz. U zot sizdan boshqa qizga uylanmaganlar, bundan tashqari, sizga osmondan avf-uzr tushgan», deb yaxshi xislatlarini zikr qildilar». 107-bob. Kasalning ishtahasini keltiradigan narsa to’g’risida 373/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kasal kishini ko’rgani kirib: «Ko’ngling biror narsa tusayaptimi? Biron narsa yeyishni xohlaysanmi?» deb so’radilar. U kishi: «Ha», deb javob berdi. Rasululloh (s.a.v) so’ngra bir yegulik keltirishni buyurdilar. Ibn Moja va Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 374/2. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Bemorlaringizga ovqat va ichimlikni majburlamanglar. Chunki Allohning o’zi ularni yedirib-ichirib turadi», dedilar. Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari 108-bob. Ziyoratga kelganlar kasaldan duo qilishini so’rash xususida 375/1. Maymun ibn Mahrondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kasalning oldiga kirsang, haqingga duo qilishini so’ra. Chunki ularning duolari xuddi farishtalarning duosiga o’xshaydi», dedilar. Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari 109-bob. Kasal kishi tuzalgandan keyin o’zini o’nglashi va Allohga tavba qilishni ahd etganidan keyin unga vafo qilishi xususida Alloh taolo: «Ahdga vafo qilinglar. Zero, ahd (qiyomat kuni) mas’ul bo’linadigan Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 106 ishdir» (Isro surasi, 34-oyat); «Ahdlashganlarida ahdlariga vafo qiluvchilar...» (Baqara surasi, 177-oyat), deb aytgan. 376/1. Xavvot ibn Jubayr (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kasalligimda meni ko’rgani kirib: «Ey Xavvot, jisming sog’aysin», dedilar. Men esa: «Sizning jismingiz ham, ey Rasululloh», deb aytdim. Rasululloh: «Va’dangda Allohga vafo qil», dedilar. Men: «Allohga hech narsa va’da qilmadim», dedim. Rasululloh (s.a.v): «Banda kasal bo’lsa, so’ng Alloh unga yaxshilik keltiradi, Unga bergan va’dangga vafo qil», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari 110-bob. O’lim yaqinlashganda aytiladigan narsalar 377/1. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o’limlari yaqinlashgan edi. Oldlarida bir qadahda suv bor edi. Unga qo’llarini tiqdilar, so’ng suvini yuzlariga surtib: «Allohumma a’inniy ‘ala g’omarotil mavti va sakarotil mavt», deb aytdilar». (Ma’nosi: Allohim, o’lim shiddati va o’lim talvasasida menga yordam ber.) Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari 378/2. Yana Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga suyanib turib: «Allohummag’firli varhamniy va ‘alhiqniy birrofiqil a’la», deganlarini eshitdim». (Ma’nosi: Allohim, meni mag’firat qil va menga rahm et. Meni Oliy do’st bilan qovushtir.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari O’limi yaqinlashgan kishi Qur’on tilovat qilishi va zikrlarni ko’paytirishi mustahabdir. Ammo besabrlik ko’rsatish, noo’rin harakatlar qilish, birov bilan so’kishish, xusumatlashish va tortishish karih ko’rilgan amallar. Kishi qalbi va tili bilan Allohga shukr etishi, umrining so’nggi daqiqalarini yaxshilik bilan xotimalashga harakat qilib, bor zehnini sarflashi va tirishishi, shuningdek, Allohga nisbatan yaxshi gumonda bo’lishi, ya’ni, Allohning unga rahm qilishiga umid bog’lashi va ahliga sabr etishlarini, vafot etsa, yig’lamasliklarini, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo’lgan: «O’lik o’z ahli yig’isi sababli azoblanadi», deyilgan sahih hadisni eslatishi hamda vafotidan keyin do’stlariga yaxshilik qilishni va janozada odat tusiga kirib qolgan bid’atlardan chetlanishni vasiyat qilishi lozim. 379/3. Muoz ibn Jabaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning oxirgi kalomi «La ilaha illalloh» bo’lsa, jannatga kiradi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari 380/4. Abu Hurayra va Abu Said Xudriylar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’lim to’shagida yotganlarga «La ilaha illalloh»ni aytib turishni buyurdilar». Imom Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari Ulamolar: «Agar «La ilaha illalloh»ni ayta olmasa, ana shu yerda hozir bo’lganlar muloyimlik bilan ohista aytib turiladi», deyishgan. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 107 111-bob. O’lgan kishining ko’zini yumgandan keyin aytiladigan zikrlar 381/1. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Salamaning oldiga kirganlarida, u zot vafot etib, ko’zlari ochiq qolgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ko’zlarini yumib qo’ydilar. So’ngra: «Agar ruh olinsa, ko’z unga ergashadi», dedilar. Abu Salamaning ahllaridan bo’lgan kishilar baland ovoz ila qichqirib yuborishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’zingizga duo qilayotganingizda, faqat yaxshilik so’ranglar, chunki farishtalar aytayotgan narsangizga omiyn, deb turishadi», deb quyidagi duoni o’qidilar: «Allohummag’fir liabiy Salamata varfa’ darojatahu fil mahdiyyiyna vaxlufhu fiy ‘aqibihi fil g’obiriyna vag’firlana va lahu ya robbal ‘alamiyn vafsah lahu fiy qobrihi va navvir lahu fiyhi». (Ma’nosi: Allohim, Abu Salamani mag’firat qil. Uning darajasini hidoyat topganlar qatoriga ko’tar. Orqasida qolganlarga O’zing uning o’rnini bos. Ey olamlar Rabbi, uni va bizni mag’firat qil. Uning qabrini keng qil, nurga to’ldir.) (Bu duoni o’qiyotganda «Abu Salama»ning o’rniga o’lgan kishining ismi aytiladi.) Muslim rivoyatlari 382/2. Ulug’ tobe’inlardan biri Bakr ibn Abdulloh: «Agar mayyitning ko’zini yopib qo’ysang: «Bismillahi va ‘ala millati rosulillah», deb ayt. Agar ko’tarsang, «Bismillah», de. Agar ko’tarishda yana davom etsang, tasbih ayt», deydilar. Bayhaqiy rivoyatlari 112-bob. Mayyitning huzurida aytiladigan zikrlar 383/1. Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kasal yoki mayyitning oldida hozir bo’lsangiz, faqat yaxshi gapni aytinglar. Chunki farishtalar aytayotgan narsangizga omiyn, deb turishadi», dedilar. Abu Salama vafot etganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirib: «Ey Rasululloh, Abu Salama vafot etdi», dedim, u zot: «Allohummag’firliy va lahu va a’qibniy minhu ‘uqba hasana» (Allohim, meni va uni mag’firat qil hamda menga undan yaxshisini qoldir), deb ayt», dedilar. Men shu duoni aytganimda, Alloh taolo menga erimdan ham afzal Rasulullohni berdi (ya’ni, meni nikohlariga oldilar)». Imom Muslim rivoyatlari 384/2. Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’liklaringizga Yosin surasini o’qinglar», dedilar. Abu Dovuddan boshqalar bu hadisni zaif sanashgan. Chunki sanadida ikkita noaniq kishi bor. 113-bob. Kishining yaqini vafot etganida aytiladigan zikrlar 385/1. Ummu Salama onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom: «Biror bandaga musibat yetganida: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 108 «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un, Allohumma ajurniy fiy musiybatiy vaxlufliy xoyrom minha» (Biz Allohnikimiz va Allohga qaytuvchimiz. Ey Rabbim, musibatimda ajr qil va menga undan yaxshirog’ini ber), deb aytsa, Alloh taolo musibatiga ajr berib, undan yaxshisini ato etadi», dedilar. Erim Abu Salama vafot etganida, Rasululloh buyurganlaridek, o’sha duoni aytdim. Alloh taolo erim Abu Salamadan ham yaxshirog’iga – Muhammad alayhissalomning nikohlariga musharraf qildi». Imom Muslim rivoyatlari 386/2. Yana Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlarning birortangizga musibat yetsa: «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un. Allohumma ‘indaka ahtasibu musiybatiy faajurniy fiyha va abdilniy biha xoyrom minha», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Biz Allohnikimiz va Allohga qaytuvchimiz. Ey Rabbim, musibatimga seni huzuringdan savob umid qilaman. Menga musibatimda ajr ber va uni undan yaxshirog’iga almashtir.) Abu Dovud rivoyatlari 387/3. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar biror bandaning farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalariga: «Bandamning farzandi ruhini oldinglarmi?» deydi. «Ha», deb javob berishadi ular. «Qalbining mevasini qabz qildinglarmi?» deydi so’ng. «Ha», deb javob berishadi yana. «Bandam nima dedi?» deb so’raydi Alloh taolo. Farishtalar: «Senga hamd va istirjo’ (inna lillahi va inna ilayhi roji’un, deb) aytdi», deyishadi. Shunda Alloh taolo: «Bandam uchun jannatda bir uy quringlar va uning hamd uyi, deb atanglar», deydi», dedilar. Termiziy rivoyatlari 388/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Bir mo’min bandaning dunyo ahlidan eng yaqin do’stining ruhini qabz qilsam, u sabr etib, shikoyat qilmasa, Men huzurimda unga jannat degan mukofotni tayyorlab qo’yganman», deb aytdi». Shu ma’nodagi hadis Imom Buxoriydan rivoyat qilingan. Download 5.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling