Al-Azkor min kalami sayyidil abror
Download 5.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 61-bob. Allohni zikr qilmasdan uxlashning karohiyati
- 65-bob. Tushida yaxshi yoki yoqtirmagan narsani ko’rganda aytiladigan zikrlar
- 69-bob. Allohning go’zal ismlari A’rof surasining 180-oyatida: «Allohning chiroyli ismlari bor. U bilan duo qilinglar»
- Alloh taoloning ismlari: 1. Alloh.
- 5. Quddus. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com
- 7. Mo’min. Mo’min-iymon va omonlikni beruvchi. 8. Muhaymin.
- 11. Mutakabbir. «Mutakabbir»- kibriyosi va ulug’ligi behad. Uning oldida boshqalar qul bo’lib turadi. 12. Xoliq.
- 13. Bori’. Yo’qdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi. Bori’ning vujudga keltirishida tafovut yo’qdir. 14. Musavvir.
- 15. G‘affor. Ko’plab mag’firat qilib, bandalarning aybini o’z fazli ila kechib yuboruvchi. 16. Qahhor.
- 19. Fattoh. Ko’plab narsalarni ochuvchi. O’z rahmati xazinasini bandalarga ochuvchi 20. Aliym.
www.ziyouz.com kutubxonasi 65 faafzola vallaziy a’toniy faajzala. Alhamdu lillahi ‘ala kulli hal. Allohumma robba kulli shay`in va maliykahu va ilaha kulli shay`in. A’uzu bika minan nar», deb aytardilar». (Ma’nosi: Menga kifoya qilgudek narsa va maskan bergan, meni taomlantirgan, sug’organ va menga afzal narsalarni berib, to’la-to’kis qilgan Allohga hamd bo’lsin. Har qanday holatda Allohga hamd bo’lsin. Ey Rabbim, Sen har bir narsaning tarbiyachisi, moliki va har bir narsaning ilohisan. Sening noming ila do’zaxdan panoh tilayman.) Abu Dovud rivoyatlari 234/18. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim to’shagiga yotayotgan paytda: «Astag’firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubi ilayh», deb uch marta aytsa, gunohlari dengiz ko’pigicha yoki yulduzlar adadicha yoki bir-biriga jips qumlar sonicha yoki dunyo kunlarining adadicha bo’lsa ham, Alloh taolo kechiradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari 235/19. Sahobalardan biri aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida o’tirgan edim, bir sahobiy kelib: «Ey Rasululloh, mana shu kecha chayon chaqib olib, tong otgunigacha uxlaganim yo’q», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kech kirganida: «A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq», desang, inshaalloh, biror narsa zarar bermaydi», dedilar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari ila U xalq qilgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman.) Abu Dovud rivoyatlari 236/20. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishiga vasiyat qilaturib: «To’shagingga yotsang, Hashr surasini o’qi. Agar shu kuni o’lsang, shahid holatda o’lasan yoki jannat ahlidan bo’lasan», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 237/21. Ibn Umar (r.a.) bir kishiga: «To’shakka yotayotganingda: «Allohumma anta xolaqta nafsiy va anta tatavaffaha, laka mamatuha va mahyaha, in ahyaytaha fahfazha va in amattaha fag’fir laha, Allohumma inniy as`alukal ‘afiyah», deb ayt, bu duoni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen mening nafsimni xalq qilding va Sen uni o’ldiruvchisan. Uning tirikligi ham, o’limi ham Sening qo’lingda. Agar uni tirik qo’ysang, muhofaza qil. Agar o’ldirsang, mag’firat et. Ey Rabbim, Sendan ofiyat so’rayman.) Imom Muslim rivoyatlari 238/22. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.): «Ey Rasululloh, menga biror kalima o’rgating, men uni ertalab va kechqurun aytib yuray», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma fatiros samavati val arzi ‘alimal g’oybi vash shahadati robba kulli shay`in va maliykah, Ashhadu alla ilaha illa anta, a’uzu bika min sharri nafsiy va sharrish shaytoni va shirkih», deb erta tongda, kech kirganda va joyingga yonboshlab yotganingda ayt», dedilar. (Ma’nosi: Ey yeru osmonni bor qilgan Rabbim, ey g’oibni va shohidni biluvchi Rabbim, Sen har bir narsaning parvardigori va podshohidirsan. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo’q. Nafsimning yomonligidan, shaytonning Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 66 yomonligiyu shirkidan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud va Termiziylar rivoyati 239/23. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon kishi to’shagiga yotaturib, Allohning kitobidan biror surani o’qisa, Alloh taolo unga bir farishtani vakil qilib qo’yadi. Farishta unga zarar beradigan narsani yaqinlashtirmaydi, qachon biror narsadan ogoh bo’lsa ogohlantiradi», dedilar. Termiziy va Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 240/24. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi to’shagiga yotadigan bo’lsa, farishta va shayton musobaqalashadi. Farishta: «Ey Rabbim, yaxshilik bitgin», deydi. Shayton: «Yomonlik bitgin», deydi. Agar kishi Allohni zikr qilsa, so’ng uxlasa, farishta uni muhofaza qilgan holda tong ottiradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 241/25. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom uyquga yonboshlasalar: «Allohumma bismika robbiy vazo’tu jambiy fag’firliy zanbiy», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening isming bilan yonboshimni qo’ydim. Mening gunohlarimni kechir.) Ibn Sunniy rivoyatlari 242/26. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim to’shagiga pok holatda yotsa, to esnab uyqusi kelgunicha Allohni zikr qilsa va shu kechada Allohdan oxirat va dunyo yaxshiliklarini so’rasa, Alloh taolo unga yaxshilikni beradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 243/27. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhissalom agar to’shaklariga yotmoqchi bo’lsalar: «Allohumma amti’niy bisam’iy va basoriy vaj’alhumal varisa minniy, vansurniy ‘ala ‘aduvviy va ariniy minhu sa`riy. Allohumma inniy a’uzu bika min g’olabatid dayni va minal ju’i fainnahu bi`saz zoji’», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, qulog’im va ko’zimni foydalanishim uchun qoldirib, ularni menga merosxo’r qil (ya’ni, o’lgunimcha, salomat qil) va dushmanlarimga qarshi menga yordam ber va o’ch olishni menga ko’rsat. Ey Rabbim, menga qarz g’olib kelishi va ochlikdan Sening noming ila panoh tilayman. Chunki ochlik yomon yotib qoladigan hamrohdir.) Ibn Sunniy rivoyatlari 244/28. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uxlaydigan bo’lsalar, qo’rqoqlikdan, dangasalikdan, malol ko’rishdan, baxillikdan, kibrdan, ahli va molidagi yomon ko’rinishdan, qabr azobidan, shayton va uning shirkidan panoh tilar edilar. Shu amallarini vafot etgunlaricha davom ettirdilar». Ibn Sunniy rivoyatlari 245/29. Oisha onamizning (r.a.) o’zlari ham uxlamoqchi bo’lsalar: «Allohumma inniy as`aluka ru`ya solihatan, sodiqatan g’oyro kazibah, nafi’atan g’oyro zorroh», deb aytar edilar va so’ng hech bir so’z gapirmas edilar. (Ma’nosi: Allohim, Sendan solih, yolg’on bo’lmagan, rostgo’y, zararli bo’lmagan, foydali tushni so’rayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 67 246/30. Ali (r.a.): «Aqlli kishining Baqara surasining oxirgi uch oyatini o’qimay uxlaganini ko’rmadim», deb aytar edilar. Abu Bakr ibn Abu Dovud sahih isnod ila rivoyat qilganlar. 247/31. Yana Ali (r.a.) aytadilar: «Islomga kirgan aqlli kishilarning Oyatul kursiyni o’qimasdan oldin uxlaganini ko’rmadim». Bu rivoyatni ham Abu Bakr ibn Abu Dovud naql qilganlar. 248/32. Ibrohim Naxaiy aytadilar: «Agar to’shaklariga yotadigan bo’lsalar, ikkita «Qul a’uzu»ni o’qishni o’rgatar edilar». Boshqa rivoyatda: «Har kecha uch martadan «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbin nas»ni o’qish mustahab amal», deb sanardilar, deyiladi. Muslimning shartlariga binoan sahih. 61-bob. Allohni zikr qilmasdan uxlashning karohiyati 249/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir o’ringa o’tirib, Allohni zikr qilmasa, u kishiga Alloh tomonidan noqislik bordir. Kim bir suyanchiqqa yonboshlab, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan u kishi uchun ham noqislik bordir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari 62-bob. Kechasi uyg’onib, yana uxlashni xohlagan kishi aytadigan zikrlar Kechasi uyg’onadigan kishi ikki holatdan birida bo’ladi: yo uyg’onganidan keyin uxlamaydi (uning zikrlari kitob avvalida aytib o’tildi) yoki yana uxlashni xohlaydi. Bunda uyqu g’olib kelgunicha Alloh taoloni zikr qilish mustahab amaldir. Bu to’g’rida zikrlar juda ko’p. 250/1. Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim kechasi uyg’onib, «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr, valhamdu lillahi va subhanallohi va la ilaha illallohu vallohu akbar, va la havla va la quvvata illa billah», yoki «Allohumma ig’fir liy», (ey Allohim, gunohlarimni kechir), desa yoki duo qilsa, ijobat bo’ladi. Agar tahorat olsa, o’qigan namozlari ham qabul qilinadi», dedilar. Imom Buxoriy va Termiziy rivoyatlari 251/2. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi uyg’onsalar: «La ilaha illa anta subhanakallohumma astag’firuka lizambiy va as`aluka rohmatak. Allohumma zidniy ‘ilman va la tuzig’ qolbiy ba’da iz hadaytaniy va hab liy mil ladunka rohmatan innaka antal vahhab», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Sendan boshqa iloh yo’q. Ey Rabbim, Seni poklab yod eturman. Gunohlarimga istig’for aytaman. Sendan Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 68 rahmatingni so’rayman. Ey Rabbim, ilmimni ziyoda qil. Meni hidoyatga boshlaganingdan keyin qalbimni undan og’dirib qo’yma. Va o’zingning huzuringdan rahmat ber. Albatta, Sen ko’plab ato etguvchi zotsan.) Abu Dovud rivoyatlari 252/3. Yana ummul mo’minin Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi uyg’onsalar: «La ilaha illallohu vahidul qohhar robbus samavati val arzi va ma baynahumal ‘aziyzul g’offar», deb aytardilar». (Ma’nosi: Qahhor sifatli yakkayu yolg’iz Allohdan boshqa iloh yo’q. U yeru osmon va uning orasidagi bor narsalarning rabbi bo’lgan aziz va g’affor sifatli zotdir.) Ibn Sunniy rivoyatlari 253/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Agar Alloh bir musulmon bandaga kechasi o’z nafsini qaytarib bersa (ya’ni, o’ldirmasa), Allohga tasbih va istig’for aytsin va duo qilsin, undan duolarini qabul qiladi», dedilar. Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. 254/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz kechasi to’shagidan turib, so’ng unga qaytsa, uni izorining bir tarafi bilan uch marta qoqib yuborsin. Chunki unda nima borligini bilmaydi. Agar yonboshlasa: «Bismikallohumma vazo’tu jambiy va bika arfa’uh, in amsakta nafsiy farhamha va in rodadtaha fahfazha bima tahfazu bihi ‘ibadakas solihiyn», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening noming ila yonboshimni yerga qo’ydim va Sening noming ila turaman. Agar mening nafsimni olsang, rahm qil. Agar uni yana hayotga qaytarsang, solih bandalaringni saqlaganingdek muhofaza qil.) Imom Termiziy, Ibn Moja, Ibn Sunniylar rivoyatlari 255/6. Imom Molikdan rivoyat qilinadi. Abu Dardo (r.a.) agar yarim kechasi tursalar: «Namatil ‘uyunu va g’orotin nujum va anta hayyun qoyyum», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ko’zlar uxladi, yulduzlar botdi. Sen esa, Allohim, tirik va qoyimsan.) 63-bob. To’shakda bezovta bo’lib, uxlay olmaganda aytiladigan zikrlar 256/1. Zayd ibn Sobit (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uyqusizlikdan shikoyat qildim, u zot: «Allohumma g’orotin nujumu va hada`atil ‘uyunu va anta hayyun qoyyum, la ta`xuzuka sinatun va la navm, ya hayyu, ya qoyyumu, ahdiy layliy va anim ‘ayniy, deb ayt», dedilar. Shu duoni aytgan edim, Alloh mendan uyqusizlikni ketkazdi». (Ma’nosi: Allohim, yulduzlar botdi, ko’zlar tindi. Sen tirik, qoimdirsan. Seni mudroq ham, uyqu ham olmaydi. Ey tirik va qoyim bo’lgan Zot, kechamni tinch qilib, ko’zimga uyqu ber.) Ibn Sunniy rivoyatlari 257/2. Muhammad ibn Yahyo ibn Habbondan rivoyat qilinadi. Xolid ibn Valid (r.a.) uyqusizlikka chalinganlarida, Rasulullohga shikoyat qildilar. Shunda Rasululloh sollallohu Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 69 alayhi vasallam: «Uxlayotgan paytingda Allohning mukammal kalimalari bilan Uning g’azabidan, bandalarning yomonidan, shayton hozir bo’lib vasvasa qilishidan panoh tila», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 258/3. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Xolid ibn Valid (r.a.) Rasulullohga uyqusizlikdan shikoyat etganlarida, Rasulullohi alayhissalom: «Agar to’shagingga yotsang: «Allohumma robbas samavatis sab’i va ma azallat, va robbal arziyna va ma aqollat va robbash shayatiyna va ma azallat, kun liy jaron min xolqika kullihim jamiy’an an yafruta ‘alayya ahadun minhum va an yabg’iya ‘alayya, ‘azza jaruka va jalla sanauka va la ilaha g’oyruka va la ilaha illa anta», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen yetti osmon va uni soyalantiradigan narsalarning parvardigorisan, yer va u ko’tarib turgan narsalarning parvardigorisan, shayton va u adashtirgan narsalarning parvardigorisan. Menga biror kishi zo’ravonlik qilib, haddan oshmasligi uchun hammasining ustidan o’zing menga himoyachi bo’l. Sening himoyang aziz, sanoing oliy bo’ldi. Sendan boshqa iloh yo’q. Faqat Sengina ilohdirsan.) Termiziy bu hadisni zaif deganlar. 64-bob. Uyquda qo’rqqanda aytiladigan duo 259/1. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyqusida qo’rqqanlarga: «A’uzu bikalimatillahit tammah min g’ozobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish shayatiyni va an yahzuruni», deb aytishni o’rgatganlar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari bilan Uning g’azabidan, bandalarining yomonligidan, shayton hozir bo’lib, vasvasa qilishidan panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy va Ibn Sunniylar rivoyatlari Abdulloh ibn Amr shu duoni aqli kirgan bolalariga o’rgatar edi. Agar aqli kirmagan bo’lsa, uni yozib bo’yniga osib qo’yardi. 65-bob. Tushida yaxshi yoki yoqtirmagan narsani ko’rganda aytiladigan zikrlar 260/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birontangiz tushida yaxshi narsa ko’rsa, u tushi Alloh tomonidandir. Buning uchun Unga hamd aytsin va uni odamlarga so’ylayversin. (Ba’zi rivoyatlarda: «faqat yaxshi ko’rgan kishisiga so’ylasin», deyilgan.) Agar yomon tush ko’rsa, u shaytondandir. Uning yomonligidan panoh so’rasin va uni hech kimga so’ylamasin. Shunday qilsa, unga zarar bermaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari 261/2. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshi tush (boshqa rivoyatda: «solih tush») Alloh tomonidandir. Alg’ov tush esa, shaytondandir. Kim yoqtirmagan narsasini ko’rsa, chap tomoniga uch marta tuflab, shaytondan panoh tilasin. Ana shundoq qilsa, unga zarar bermaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 70 262/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birontangiz yomon tush ko’rsa, chap tomoniga uch marta tuflab, shaytondan Allohning nomi ila uch marta panoh tilasin. So’ng boshqa tomonga ag’darilib olsin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari 263/4. Abu Hurayradan (r.a.) marfu’ holatda rivoyat qilingan hadisda u kishi aytganlar: «Agar birontangiz yomon tush ko’rsa, hech kimga gapirmasin va turib namoz o’qisin». Imom Termiziy rivoyatlari 264/5. Ibn Sunniyning rivoyatlarida Abu Hurayra (r.a.) bunday deganlar: «Agar birortangiz o’zi yoqtirmagan tush ko’rsa, uch marta tuflab: «Inniy a’uzu bika min ‘amalish shaytoni va sayyiatil ahlami», desa, unga hech narsa bo’lmaydi». (Ma’nosi: Men shaytonning amalidan va bulg’angan tushdan Sening isming ila panoh tilayman.) 66-bob. Tushini aytib bergan kishiga qilinadigan javob 265/1. Ibn Sunniyning kitoblarida rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga kim tush ko’rdim, desa: «Xoyron roayta va xoyron yakun» (Yaxshisini ko’rding, yaxshi bo’ladi), derdilar. Boshqa rivoyatda: «Xoyron talqohu va sharron tavaqqohu, xoyron lana va sharron ‘ala a’daina, valhamdu lillahi robbil ‘alamiyn» (Yaxshisiga yo’liqasan va yomonidan saqlanasan. Bu ko’rgan tushing bizning foydamizga, dushmanlarimiz zararlariga bo’lsin. Olamlar rabbi Allohga hamd bo’lsin), deb aytar edilar, deyilgan. 67-bob. Kechaning ikkinchi yarmida istig’for aytish va duo qilishga undash 266/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kechaning oxirgi uchdan biri qolganida Rabbimiz dunyo osmoniga tushib: «Kim Menga duo qiladi, ijobat etaman, kim Mendan so’raydi, so’raganini beraman, kim Menga istig’for aytadi, gunohlarini kechiraman», deydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari Imom Muslimning rivoyatlarida: «Kechaning uchdan biri o’tgan paytda Alloh taolo dunyo osmoniga tushib: «Men podshohman, Men podshohman, kim Menga duo qilsa, ijobat etaman, kim Mendan so’rasa, beraman, kim Menga istig’for aytsa, uni kechiraman», deydi. Mana shu holat tong otgunigacha, (boshqa bir rivoyatda: «kechaning yarmigacha yoki uchdan ikkisi o’tguncha») davom etadi», deyilgan. 267/2. Amr ibn Abasadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Banda Rabbiga yaqin bo’ladigan payt kechaning ikkinchi yarmidir. Ana shu soatda Allohni zikr qilishga qodir bo’lsang, zikr qil», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 71 68-bob. Ijobat bo’ladigan soatlarga to’g’ri kelishini umid etib, kechaning hammasida duo qilish 268/1. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kechasida bir soat bor. Musulmon kishi ana shu soatga to’g’ri kelib, Allohdan dunyo va oxirat yaxshiliklarini so’rasa, Alloh unga beradi. Bu soat har kechada bo’ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari 69-bob. Allohning go’zal ismlari A’rof surasining 180-oyatida: «Allohning chiroyli ismlari bor. U bilan duo qilinglar», deb aytilgan. 269/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taoloning to’qson to’qqizta – bir kam yuzta ismi bor. Kim uni sanasa, jannatga kiradi. Alloh toqdir, toqni yaxshi ko’radi», dedilar. Bu hadisni shu yergacha Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan. Davomida Imom Termiziy va boshqalar Alloh taoloning ismlarini keltirishgan: Alloh taoloning ismlari: 1. Alloh. Alloh lafzi «alaha» fe’lidan olingan «iloh» masdariga mansub bo’lib ma’bud-ibodat qilingan zot ma’nosini anglatadi. Arablarda «iloh»ning alif va lom harflari kiritilgan va «alilohu» hosil bo’lgan. So’ngra hamzaning harakatini lomi ta’rifga naql qilingan va bir jinsdagi ikki harfni idg’om qilingandan keyin «Alloh» lafzi hosil bo’lgan. Alloh lafzi yakkayu yagona ma’budi haqqa ism bo’lib qolgan. U zotdan boshqaga bu ism ishlatilmagan. 2. Rahmon. Ulug’ ne’matlarni beruvchi. Bu sifat faqat Allohga xos bo’lib, barchaga kofirga ham, mo’minga ham mehribon va ne’mat beruvchi ma’nosini anglatadi. Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib bo’lmaydi. 3. Rahiym. «Rahiym» latif ne’matlarni beruvchi. Bu sifat xosroq bo’lib, qiyomat kuni faqat mo’minlarga rahm qiluvchi ma’nosini anglatadi. Va Allohdan o’zgalarga, jumladan Payg’ambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi. 4. Malik. Barcha narsani egasi. «Malik» haqiqiy egadir. Undan o’zga ega yo’qdir. Shuning uchun bandalar faqat unga qul bo’ladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xo’jayin bo’lmaydi. Shuning uchun insonlar o’zlariga o’xshagan insonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul bo’lishlari lozim. 5. Quddus. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 72 «Quddus»-barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning o’zigagina xosdir. 6. Salom. «Salom»-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi degani. Alloh «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi. 7. Mo’min. Mo’min-iymon va omonlikni beruvchi. 8. Muhaymin. Hamma narsani qamrab oluvchi. Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh bo’lib turadi. Undan hech narsa maxfiy qolmaydi. 9. Aziz. Barchaning ustidan g’olib. Undan biror narsa g’olib kelolmaydi. 10. Jabbor. «Jabbor» oliy qadar ulug’, Uning oldida hamma o’zini xor tutadi. 11. Mutakabbir. «Mutakabbir»- kibriyosi va ulug’ligi behad. Uning oldida boshqalar qul bo’lib turadi. 12. Xoliq. Asli va o’xshashi yo’q narsaning o’lchovini mos qilib yaratuvchi. Alloh maxluqlarni yaratishdan oldin ham Xoliq degan vasfga ega edi. U xaloyiqni xalq qilganidan keyin Xoliq ismini olgani yo’q. Xoliq mutlaq vujudga keltiruvchidir. 13. Bori’. Yo’qdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi. Bori’ning vujudga keltirishida tafovut yo’qdir. 14. Musavvir. Musavvir mahluqotlarning suvratini shakllantiruvchi, har bir narsaga o’ziga xos suvrat beruvchi. 15. G‘affor. Ko’plab mag’firat qilib, bandalarning aybini o’z fazli ila kechib yuboruvchi. 16. Qahhor. Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni o’z hukmiga yuritib va qudrati ila bo’ysundirib turuvchi. 17. Vahhob. Ne’matlarni behisob beruvchi. 18. Razzoq. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 73 Ko’plab rizq beruvchi. Rizqlarni va ularning vositalarini yaratuvchi. Razzoq maxluqotlariga hech bir og’irliksiz, qiyinchiliksiz, yordam so’ramasdan rizq beruvchidir. 19. Fattoh. Ko’plab narsalarni ochuvchi. O’z rahmati xazinasini bandalarga ochuvchi 20. Aliym. Har bir narsani biluvchi. Bo’lgan va bo’ladigan, avvlgi va oxirgi zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi. Download 5.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling